2-mavzu. Jag‘li va konusli maydalagichlar reja


–rasm. Saqlagich qurilma chizmasi


Download 1.72 Mb.
bet3/17
Sana09.11.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1759124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
3–rasm. Saqlagich qurilma chizmasi.

Maxovik to‘g‘inida (4) tirgak (5) joylashgan, uning ariqchasiga vodilda (8) sharnirli mahkamlangan richag (7) roliki (6) kirgan. Vodil uzatmali val bilan qattiq o‘zaro bog‘langan. Yo‘naltiruvchi richakga bir tomoni bilan prujinada (3) taqaladigan va boshqa tomoni esa tirgovich xalqa (1) bilan vodilga birlashtirilgan sirg‘algich (2) joylashtiriladi. Maydalagich ishlashida ortiqcha yuklanishsiz mexanizm prujinalari tegishli tortilishi tufayli shkiv–maxovik uzatmali val nisbati bo‘yicha qattiq qayd qiladi. Mashinada ortiqcha yuklanish yuzaga kelganda rolik tirgak ariqchasida siqiladi va prujinalar qarshiligini yengib chiqib, bir necha burchak vodiliga nisbatan tirgovich xalqani va richagni buradi, ushbu holatda prujina esa ularni qayd qiladi. Shkiv–maxovik vodildan ajratiladi va valda erkin aylanadi. Ushbu lahzada oxirgi uzgich o‘chiriladi va maydalagichning elektrodvigateli uziladi.


Murakkab harakatlanuvchi jag‘li maydalagichning uzatmali vali bir maromda aylanishi maxoviklarni o‘rnatilishini ta’minlaydi va ularning ichidan biri bir vaqtning o‘zida shkiv hisoblanadi. Uncha katta bo‘lmagan maydalagichlarda ikkita maxovik o‘rniga bitta silkinishli lahza kattalashtirilgan bilan o‘rnatiladi. Ushbu holatda mashinani dinamik muvozanatlashni ta’minlash uchun val oxirining qarama–qarshi tomoniga posangi mahkamlangan.
Murakkab harakatlanuvchi jag‘larda maydalaydigan plitaning yuqori yeyilishi sodir bo‘ladi va katta miqdorda chiqindiga ketuvchi maydalik hosil bo‘ladi. Murakkab harakatlanuvchi jag‘li maydalagichlar qurilish materiallari sanoatida 60×100 mm dan (laboratoriya uchun) 600×900 mm gacha tayyorlanadi.
Murakkab harakatlanuvchi jag‘li maydalagichlar asosan quvvati uncha katta bo‘lmagan zavodlarda va qo‘zg‘aluvchan maydalab–saralagich uskunalarda tog‘ jinslarini o‘rtacha maydalash uchun qo‘llaniladi.



  1. Gidravlik uzatmali jag‘li maydalagichlar

Ko‘rib chiqilgan oddiy va murakkab harakatlanuvchi jag‘li maydalagichlar ko‘chki (qulab tushgan jins uyumi) ostida ularni ishlashida ishga tushirishni ta’minlay olmaydi. Shuning uchun maydalagichni to‘satdan to‘xtashi holatiga maydalanish kamerasiga qolib ketgan materialni tushirishni amalga oshirish zarur.


Hozirgi vaqtda jag‘li maydalagich uchun ko‘chki ostida ishga tushirishni, qo‘zg‘aluvchan jag‘larni yo‘lini avtomatik o‘zgarishi imkoniyatini, tirqishlardan yuklarni tushirish kattaliklarini va maydalanmaydigan jismlarni tushishida maydalagich mexanizmlarini ehtiyot qilishni ta’minlaydigan gidravlik uzatmani qo‘llash yo‘lga qo‘yilgan.
Gidravlik uzatmali maydalagich ishlashi jarayoni yo‘lida qo‘zg‘aluvchan jag‘lar tezligi kamayadi va maydalanish kuchlanishi kattalashadi. Bundan tashqari, ushbu maydalagichlarda vaqt birligida ishchi yurishning qisqarishi hisobiga jag‘lar tebranishi soni (shuningdek, ishlab chiqarish samaradorligi) kattalashishi mumkin.

Gidravlik uzatmali jag‘li maydalagich oddiy harakatlanuvchi jag‘lari (1–rasm) bilan staninalar (1), qo‘zg‘almas (2) va qo‘zg‘aluvchan (3) jag‘lar, asosiy (4) va yordamchi (5) gidrosilindrlar, nasos (6) va akkumlyator (7) dan tashkil topgan. Nasos uzatmasi markazi siljigan (ekssentrik) valdan (8) amalga oshiriladi. Nasos porsheni (9) bir vaqtning o‘zida taqsimlovchi klapan hisoblanadi.





Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling