2-mavzu. Jag‘li va konusli maydalagichlar reja
–rasm. Gidravlik uzatmali jag‘li maydalagich chizmasi (fransiyada ishlab chiqarilgan)
Download 1.72 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2–rasm. Gidravlik uzatmali jag‘li maydalagich chizmasi (Polshada ishlab chiqarilgan).
1–rasm. Gidravlik uzatmali jag‘li maydalagich chizmasi (fransiyada ishlab chiqarilgan).
Maydalagich ishlashi quyidagi ketma–ketlikda amalga oshiriladi. Suyuqlik asosiy va yordamchi silindrlarga hamda akkumlyatorga nasos bosimi bilan yuboriladi. Pastga nasos porshenining keyinchalik harakatida yordamchi gidrosilindr orqali suyuqlik uzatilishi berkitiladi. Keyin akkumlyatorda maydalanishning tegishli kuchlanishi bosimigacha gaz (havo) siqiladi. Maydalanadigan material buziladi, parchalanadi. Undan keyin vakuum hisobidan yuqoriga nasos porshenining harakatida nasosning pastki qismida hosil bo‘ladigan suyuqlik asosiy gidrosilindr orqali siqib chiqariladi. Porshendagi taqsimlovchi klapanning keyinchalik yuqoriga harakatida yordamchi silindr orqali moy chiqariladi. Akkumlyator maydalanmaydigan jism maydalagich og‘ziga tushishida saqlaydigan qurilma hisoblanadi. Qo‘zg‘aluvchan jag‘lar yurishi burama (10) va gayka orqali yordamchi gidrosilindr porsheni o‘rnini almashtirish yo‘li bilan boshqariladi. Yuk tushirish tirqishi enining boshqarilishi yordamchi nasos orqali suyuqlik (chiqarish) tizimga yoki qo‘shish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Qo‘shimcha silindr qo‘zg‘aluvchan jag‘lar orqa tomonidagi holatida va maydalagichning yuk tushirishi vaqti davomiyligida joyini topishida vaqtni ko‘paytirish uchun mo‘ljallangan. Gidravlik uzatmali jag‘li maydalagichning ishlash prinsipi 2–rasmda ko‘rsatilgan. . Porshenning pastga harakatida ishchi suyuqlik silindrga (3) beriladi. Shunday qilib, porshen (4) va unga o‘zaro bog‘langan sharnirli qo‘zg‘aluvchan jag‘lar (5) ishchi yurishi bajarishida chapga joyini o‘zgartiradi. Porshenning (2) yuqoriga harakatida qo‘zg‘aluvchan jag‘lar tutashtiruvchi vositasi orqali qurilma boshlang‘ich holatiga qaytadi (chizma bo‘yicha o‘ngda). 2–rasm. Gidravlik uzatmali jag‘li maydalagich chizmasi (Polshada ishlab chiqarilgan). Maydalagichning uzatmasi nasos va gidravlik silindr montaj qilingan kurpusdan tashkil topgan. Maydalagich quyidagi tartibda ishlaydi. Krivoship (to‘g‘ri chiziqli harakatni aylanma harakatga aylantiraditan mexanizmlarning zet (z) simon qismi) – shatunli mexanizm orqali elektrodvigateldan nasos porsheniga (2) ilgarilanma–qaytuvchi harakat xabar beradi. Porshenning pastga harakatida ishchi suyuqlik silindrga (3) beriladi. Shunday qilib, porshen (4) va unga o‘zaro bog‘langan sharnirli qo‘zg‘aluvchan jag‘lar (5) ishchi yurishi bajarishida chapga joyini o‘zgartiradi. Porshenning (2) yuqoriga harakatida qo‘zg‘aluvchan jag‘lar tutashtiruvchi vositasi orqali qurilma boshlang‘ich holatiga qaytadi (chizma bo‘yicha o‘ngda). Porshenning (2) keyingi yurishi vaqtida ishchi suyuqlik gidravlik akkumlyatorga yo‘naladi. Keyinchalik sikl ishlarida takrorlanadi. Maydalagichning bunday sxemasi maydalagichning ishchi yurishi vaqtini kamayishiga imkon beradi. Maydalagichning yuksiz yurishi vaqti esa maydalangan materialni tushirish uchun yetarlicha qoldiriladi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling