2-mavzu. Jahon iqtisodiyotining rivojlanish ko'rsatkichlari va resurs salohiyati. Semenar rejasi
Jahon iqtisodiyotida inson resurslari
Download 262.41 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq2 мавзуJahon iqtisodiyotining rivojlanish ko\'rsa 230330 110247
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aholining (xalqaro) migratsiyasi
- Nazorat uchun savollar
- Dars yakuni
Jahon iqtisodiyotida inson resurslari. Inson resurslari jahon iqtisodiyoti
resurslarning muhim ko‘rinishlaridan biridir. XX-asr yer shari aholisining keskin va tez o‘sish davri hisoblanadi. Aholini o‘zgarishini o‘rganish dinamikasini tahlili asosida ko‘rsatilgan demografik koeffitsientlar natijasida qo‘yidagi o‘ziga xos bosqichlar yoki populyasion sikllarni ajratish mumkin. Jahon iqtisodiyotida inson resurslari shakllanishida va rivojlanishida aholining ko‘payishi muammolari muhim rol o‘ynaydi. Aholining differensialanishida esa uni iqtisodiy belgilarga qarab qo‘yidagi kichik bosqichlarga bo‘lish mumkin: 1. Aholining mehnat qilish qobiliyatiga qadar bo‘lgan bosqich; 2. Aholi mehnat qilish qobiliyati bosqichi; 3. Aholi mehnat qilish qobiliyatidan so‘ngi davri hisoblanadi. Aholining biologik mezoni bo‘yicha erkak va ayollar uchun differensialash davri bir yillik, besh yillik va o‘n yilik guruhlar asosida olinadi. Jahonda umumiy qabul qilingan aholi tasnifi yo‘q, biroq hozirgi kunda quyidagi tasniflardan keng foydalanilmoqda. 1. Yoshlikning bolalik va o‘smirlik yillar 15 yoshdan 19 yoshga qadar; 2. Yoshlikning va katta davri 15 yoshdai to 65 yoshga qadar; 3. Qarilik yosh 65 yoshdai qadar (yoqdan 60 yoshdan yuqorisi). Jahon iqtisodiyotida inson resurslariga baho berish va tahlil qilishda ularning professional strukturasi va ish bilan bandlik nuqtaiy nazaridan hisobga olinishini talab etadi. Davlatlar aholisining professional strukturasi doimo iqtisodiy, ijtimoiy omillari majmuasining keng xarakterli natijasida shakllanadi. Aholining (xalqaro) migratsiyasi hozirgi sharoitda jahon mamlakatlari aholisining migratsiyasi yangi o‘ziga xos xususiyatiga egadir. Avvalom bor jahon migratsiyasining ro‘y berishida mehnat migratsiyasi tobora katta o‘rin egallaydi. Aholi migratsiyasi siyosiy, diniy, etnik, va irqiy va boshqa bir qator sabablarni o‘rganish muhimdir. Xalqaro migratsiya ko‘lamining doimiy o‘sishi kunda harakterli tusga kirib bormoqda. Jahon xo‘jaligida ko‘p millionli qamrab olgan migratsion harakatlar ijtimoiy hayotda doimiy muammolardan biri bo‘lib kelmoqda, ma'lumotlarga qaraganda 90- yillar boshida jahon bo‘yicha 25 mln. dan ortiq mehnatkash aholini qamrab migrantlar olgan mavjud bo‘lgan. Xalqaro migrantlarning 60 %i rivojlangan mamlakatlarga to‘g‘ri kelib, taxminan ularning 2/3 qismi sanoati rivojlangan yetakchi mamlakatlarga boradi. Ishchi kuchini import qiluvchi davlatlarda migratsiya holatlarni tartibga soluvchi quyidagi davlat boshqaruv tizimi paydo bo‘ldi: - “Huquqiy qonunlar xaqida“, immigrantlariing siyosiy va professional huquqlari; - Immigrantlarning milliy xizmati; - Migratsiya sohasidagi davlatlararo shartnomalar. Zamonaviy xalqaro migratsiyaning xarakterli tomonlaridan biri shuki, yuqori malakaga ega bo‘lgan kishilar orasida migrantlar massasi juda tez o‘sib bormoqda. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda import qilingan bu mutaxasisliklar juda katta samara bermoqda. Ishchi kuchlarini eksport qiluvchi davlatlar faoliyati keltirilayotgan daromadlarning asosiy shakli quyidagilardan iborat: - Vositachilik qiluvchi firmalardan olinadigan soliq hisobiga olinadigan foyda; - Migrantlar tomonidan o‘z valyutalarini bevosita o‘z vatanlarida o‘tqazib turishi hisobiga kelayotgan foyda; - Xususiy investor migrantlar tomonidan milliy iqtisodiyotni zarur bo‘lgan vositalar bilan ta'minlab turishi hisobiga keladigan foyda. Faktlarga qaraganda, o‘z vatanlariga qaytayotgan migrantlar oldin o‘tkazilgan ma'lum qiymatga ega bo‘lgan jamg‘armalardan kam bo‘lmagan summa bilan qaytar ekanlar. Nazorat uchun savollar: 1. Jahon xo‘jaligining tabiiy resurslari deganda nimalarni tushunasiz? 2. Jahon iqtisodiyotida inson resurslarining ahamiyati nimada? 3. Jahonda aholining migratsiyasi haqida so‘zlab bering. 4. Zamonaviy xalqaro migratsiyaning xarakterli tomonlari haqida gapiring. Dars yakuni:O‘qituvchi darsga yakun yasar ekan,muhokama qilingan masalalar bo‘yicha umumiy xulosalarni bayon qiladi, darsda faol ishtirok etgan talabalarni baholaydi,mustaqil ishlash uchun vazifalar beradi. Download 262.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling