2-mavzu: jahon media va axborot makonida raqobat muhiti. Reja: Bosma va ommaviy axborot vositalari. Aholining axborotga bo`lgan ehtiyoji


yilda tuzilgan CNN (The Cable News Network) kompaniyasi


Download 182.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana04.11.2023
Hajmi182.06 Kb.
#1747830
1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu jahon media va axborot makonida raqobat muhiti. Reja B

1980 yilda tuzilgan CNN (The Cable News Network) kompaniyasi 
bugungi kunda 24 soat davomida axborot uzatish bilan shug‘ullanadi. 
Hozirda CNN tarkibida yangilik tarqatish bilan shug‘ullanadigan 14 kabel va 
sputnik kanallari, 2 ta radiostansiya, 6 ta internet sayti va xorijiy 
mamlakatlardagi 37 ta byuro faoliyat ko‘rsatmoqda. CNN yangiliklari 38 ta 
kosmik yo‘ldosh signallari yordamida uzatiladi, uni 212 mamlakat va 
hududdagi 1,5 milliard odam bir vaqtning o‘zida ko‘rish imkoniga ega. 1991 
yilning yanvarida aynan CNN yordamida Fors ko‘rfazida olib borilgan 
harbiy harakatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri teleefirga olib berildi. 2001 yilning 11 


sentyabridagi terrorchilik amaliyoti haqidagi telesyujetlar ham shu 
kompaniya harakati tufayli butun dunyoga voqea sodir etilgan joydan 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatib turildi. 
Bi-bi-si eshittirishlar korporatsiyasiga (British Broadcasting Corporation, 
BBC) esa 20 dan ortiq telekanal va 14 ta radiokanal, bir qator saytlar va 40 yaqin 
jurnallar tegishlidir. VVS 40 dan ortiq tillarda eshittirishlar olib boradi. 
Reyter axborot agentligida dunyoning 91 mamlakatida 14 000 xodim, shu 
jumladan, 2300 jurnalist, fotomuxbir va videooperatorlar ishlaydi. Reyter agentligi 
dunyoning turli mamlakatlarida 197 ta byurosiga ega. Agentlik xabarlari bilan har 
kuni 1 milliard odam tanishadi. Ushbu misollar ham bugungi kunda OAV qamrov 
doirasining naqadar kengligini muayyan darajada tasavvur qilish imkonini beradi. 
Axborot inqilobining hosilasini juda katta axborotni qayta ishlash, xohlagan 
mamlakat kutubxonasida saqlanayotgan kitoblardan foydalanish imkoniyatining 
mavjudligida ham ko‘rish mumkin. Radio, televidenie, internet eng so‘nggi ilmiy 
yangiliklarni qisqa vaqtda butun dunyoga ma’lum qilish, ilm-fan, madaniyat
adabiyot va san’at yutuqlaridan har bir odam foydalana olishiga zamin 
yaratmoqda. 
Britaniyaning Blueclaw marketing agentligi Yer yuzidagi hayotga nisbatan eng 
asosiy tahdidlar ro‘yxatini tuzdi. Ro‘yxat How Will The World End resursida 
e'lon qilindi. 
Mazkur ro‘yxat 50 ta turli manba, jumladan, BMT statistikasi, Jahon sog‘liqni 
saqlash tashkiloti, NASA kabi tashkilotlar ma'lumotlari asosida tuzildi. Mualliflar 
to‘rtta asosiy tahdid – epidemiyalar, yadro urushi, tabiiy ofatlar va Yerga asteroid 
qulashini ajratib olishdi. 


Agentlik halokat keltiruvchi kasalliklar sifatida sil, mavsumiy gripp, vabo, 
Ebola virusi, meningit, Lassa isitmasi, o‘lat, Marburg virusini ajratib ko‘rsatishgan. 
Ular orasida eng xavflisi deb sil kasalligi e'tirof etildi. 
Yadroviy urush ehtimoli ham keyingi vaqtda eng yuqori darajadagi tahdidlardan 
biri deb topildi. Ochiq ma'lumotlarga ko‘ra, AQSh eng ko‘p – 1030 marta, Rossiya 
esa 715 marta yadroviy qurol sinovini o‘tkazgan. Agentlikning hisob-kitobiga 
ko‘ra, insoniyatni butunlay yo‘q qilib yuborish uchun AQSh 5351 marta, Rossiya 
esa 4206 marta yadroviy portlashni amalga oshirishi lozim bo‘ladi. Yerga asteroid 
qulashi ehtimoli juda kam, ammo NASA sayyoramizga yaqin yuz yil ichida yaqin 
keladigan asteroidlarni kuzatib kelmoqda. Ana shunday asteroidlardan biri diametri 
3,9 kilometr bo‘lgan Florence asteroididir. Uning zarbasi 1,2 milliard kishining 
o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin. Asosiy iqlimiy tahdid sifatida global isish 
ko‘rilmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, 2025 yilga kelib sayyoradagi havo yana ikki 
darajaga ortadi. 
Internetda yoshlar axborot xavfsizligini ta’minlash uchun 
Jahon bo‘ylab jadal tusda o‘tayotgan axborot asrining globallashuv
jarayoniga xos bo‘lgan g‘oyalar kurashi, axborot xuruji avj olgan bir davrda 
mamlakatimizda o‘sib kelayotgan avlod, yoshlarni barkamol shaxs sifatida 
tarbiyalash yanada dolzarb hamda muhim masala bo‘lib hisoblanadi. Mazkur 
masalani hal etishda yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga alohida e’tibor 
qaratilmoqda. Mamkakatimiz yoshlariga zamon talabiga mos ta’lim-tarbiya berish 
jarayoniga yangi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) 
tizimi va Internet tarmog‘i imkoniyatklarining tatbiq etilishi o‘zining samarani 
oshirish omili ekanligini allaqachon namoyon etmoqda. Jahonda shiddat bilan 
taraqqiy etib borayotgan AKT tizimi va internet tarmog‘idan samarali foydalanish 
yoshlarda ijodiy tafakkurlarini rivojlantirib, o‘zligini namoyish etishlariga imkon 
berayotganligi ham yangi zamonaviy texnologiyalarning afzalliklaridan bo‘lib 
hisoblanadi. Mazkur afzalliklardan foydalanib, yoshlarimiz o‘z intellektual 
salohiyatlari va qobiliyatlari, iste’dodlarini namoyon etishlari uchun shart-
sharoitlar yaratib berilmoqda, ularning barkamol avlod bo‘lib yetishishlari 
maqsadida ta’lim-tarbiya jarayoni zamon talabiga muvofiq tashkil etilib, barcha 
zarur texnika vositalari bilan ta’minlanmoqda. 


Shu bilan bir qatorda, olimlar, mutaxassislar, shifokorlar, pedagoglar va boshqalar 
tomonidan mazkur yangi texnologiyalar bolalar va yoshlar tarbiyasiga salbir 
ta’sirga egaligi ham ta’kidlanmoqda. Ma’lumki, Internetdan foydalanuvchilarning 
ko‘pchilik qismini yoshlar tashkil etadi. 
Yoshlar moda haqidagi blogni yuritadigan o’spirin bu olamga o’z ta’sirini ko’rsata 
olishiga, yoxud yosh musiqachi MySpace tarmog’i tufayli dunyoga mashhur bo’lib 
ketishi mumkinligiga ishonadi. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib, 
yoshlarga salbiy ta’sir etuvchi, yoshlar kamolotiga xavf solayotgan mafkuraviy 
tahdidlar va g‘oyalarga qarshi kurashishda ota-onalar ogohligi borasida alohida 
batavsil fikrlar bayon etilgan. 
Bugungi kunda Internet— inson hayotining ilk bosqichidanoq uning ajralmas 
qismiga aylanib qolgani bois, bolalarni uning xavfidan himoyalash masalasi 
bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi va mazkur muammo 
global miqyosda hal etilishi taqozo etiladi. Global tarmoqning chegara bilmasligi 
foydali axborotlar bilan bir qatorda, nosog‘lom mazmundagi axborotlarning ham 
tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy 
tarbiyasiga ziyon yetkazishi mumkin. 
Ushbu qo‘llanma Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi tashabbusi bilan 
Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligi muammolari tadqiqotlari asosida 
tayyorlangan bo‘lib, asosan tavsiyaviy mazmunga ega hamda voyaga yetmaganlar 
va ularning ota-onalariga mo‘ljallangan. 
Maqsad — bolani Internetdan ajratib qo‘yish emas, balki uning kamol topishi 
uchun mukammal vositalar yaratish 

Download 182.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling