2. Mavzu: Jahon qishloq xo’jalik geografiyasi reja: Jahon er fondi tarkibi


Download 51.5 Kb.
bet2/4
Sana24.03.2023
Hajmi51.5 Kb.
#1290378
1   2   3   4
Bog'liq
2-МАВЗУ 160420222515

Turkistonning (O‘rta Osiyoning) cho‘llari va tog‘ hamda tog‘ oralig‘idagi yirik daryo vodiylarida (Farg‘ona, Zarafshon, Mirzacho‘l, Surxon, Sherobod, Xorazm, Chu va boshqa vodiy va vohalar), Kavkazning sharqiy qismida sug‘orma dehqonchilik rivojlangan.

  • Janubiy mo‘tadil mintaqaning juda katta qismi okean suvlaridan iborat. Ushbu mintaqada janubiy baliqchilik zonasi joylashgan. Orollar asosan o‘rmonlardan iborat, Janubiy Amerikaning mo‘‘tadil mintaqa qismida asosan qo’y boqiladigan yaylovlar va ayrim joylarda shudgor qilinadigan erlar uchrab turadi (sharqiy qismi Patagoniyada). G‘arbiy qismi o‘rmon bilan qoplangan.

    Shimoliy subtropik mintaqaning dasht va mavsumiy nam hamda musson o‘rmonlari zonasida don ekinlari, paxta, janubiy qismlarida eryong’oq etishtiriladi (Shimoliy Amerikada). Janubiy yarim sharning subtropik dashtlarida makkajo‘xori, bug‘doy etishtiriladi, ular asosida qoramolchilik rivojlangan (Argentina pampalarida). G‘arbiy Evropaning sernam subtropik mintaqasida bog‘dorchilik, uzumchilik, sitrus ekinlari etishtirish rivojlangan. Chorvachilikning qo‘ychilik tarmog‘i yaxshi rivojlangan. Osiyo cho‘llarida qo‘ychilik va tuyachchilik yaxshi rivojlangan. Afrikaning shimolida sitrus ekinlari etishtiriladi, janubida esa makkajo‘xori ko‘proq ekiladi. Avstraliyaning subtropik mintaqasida bog‘dorchilik mahsulotlari etishtiriladi.
    5. Tropik mintaqaning shimoliy va janubiy yarim shardagi qismlarida cho‘l, chala cho‘l va savannalar ko‘proq tarqalgan. Dengiz bo‘ylarida esa nam tropik o‘rmonlari tarqalgan. Markaziy Amerikaning tropik qismida shakarqamish, banan, sholi, kofe, tamaki, makkajo‘xori etishtiriladi. Qirgoqlar o‘rmon bilan qoplangan. Janubiy Amerikada esa paxta, shakarqamish, banan etishtiriladi. Afrikaning tropik cho‘llarida asosan cho‘l yaylovlari keng tarqalgan. Vohalarda xurmo daraxti, daryo vodiylarida paxta etishtiriladi, Osiyodagi tropik cho‘llarda qo‘ychilik, tuyachilik rivojlangan. Vohalarda xurmo etishtiriladi. Avstraliyaning tropik cho‘llarida qo‘ychilik yaxshi rivojlangan. Shimoliy va shimoli-sharqiy qismida ko‘ychilik bilan birga qoramolchilik ham rivojlangan. Avstraliyaning sharqiy qirgoqlarida nam tropik o‘rmonlar tarqalgan, bu erlarda shakarqamish, tamaki, bug‘doy, ananas etishtiriladi.

    Download 51.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling