2. Mavzu: Jahon qishloq xo’jalik geografiyasi reja: Jahon er fondi tarkibi


Download 51.5 Kb.
bet3/4
Sana24.03.2023
Hajmi51.5 Kb.
#1290378
1   2   3   4
Bog'liq
2-МАВЗУ 160420222515

6. Subekvatorial iqlim mintaqasida savanna va siyrak o‘rmonlar hamda mavsumiy nam o‘rmonlar zonasi joylashgan. Janubiy Amerikaning savanna va siyrak o‘rmonlarida tabiiy kauchuk, kakao, paxta, kofe va banan etishtiriladi. CHorvachilikning qoramolchilik tarmog‘i rivojlangan. Shimoliy subekvatorial mintaqada banan, shakarqamish va kofe etishtiriladi. Qirg‘oqbo‘yi rayonlarida baliqchilik rivojlangan. Afrikaning subekvatorial mintaqasida ham dehqonchilik yaxshi rivojlangan. Bu erlarda paxta, kofe, banan, kakao, araxis(eryong’oq) etishtiriladi. Osiyoda ham asosan dehqonchilik yaxshi rivojlangan (Hindiston va Hindixitoy yarim orollari). Bu erlarda asosan shakarqamish (Shimoliy Hindistonda), sholi, suli, tabiiy kauchuk, choy, paxta etishtiriladi.
7. Ekvatorial mintaqaning doimiy yashil nam o‘rmonlar zonasida asosan tabiiy kauchuk etishtiriladi (Amazoniya, Kongo havzasi, Sumatra, Kalimantan, Sulavesi orollari).
8. Tog‘li rayonlarning katta qismida chorvachilik, o‘rmonlarning ochiq, qishloq xo‘jaligi uchun yaroqli, sernam va issiq etarli joylarida qisman dehqonchilik rivojlangan. Xitoyda tog‘ oldi va qiyaligi, uncha katta bo‘lmagan tog‘larda asosan sholi ekiladi.
9. Yirik shaharlar atrofida shahar atrofi qishloq xo‘jaligi tarkib topgan. Dehqonchilikning sabzavot va polizchilik, chorvachilikning ko‘proq parrandachilik tarmog‘i yaxshi rivojlangan.
SAVOLLAR:
1.Qishloq xo‘jaligining asosiy o‘ziga xos hususiyatlarini tushuntirib bering.
2.Ekstensiv va intensiv xo‘jalik deganda nimani tushunasiz?
3.Qishloq xo‘jaligi xodimlarini asosiy vazifalari nimalardan iborat?
4.Dehqonchilikning qanday tarmoqlari mavjud?
5.Bug‘doy jahonda nechta mamalakatda etishtiriladi?
6.Chorvachilik qanday tarmoqlardan iborat?
7.Qoramolchilik va qo’ychilik sohasi qaysi mamlakatlarda rivojlangan?
8. Subarktika mintaqasida asosan qishloq xo‘jaligi qaysi sohaga ixtisoslashgan?
9.Tog‘li rayonlar qishloq xo’jaligining qaysi tarmog‘iga ixtisoslashgan ?


  1. Download 51.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling