2. Mavzu: Jahon qishloq xo’jalik geografiyasi reja: Jahon er fondi tarkibi


Download 51.5 Kb.
bet1/4
Sana24.03.2023
Hajmi51.5 Kb.
#1290378
  1   2   3   4
Bog'liq
2-МАВЗУ 160420222515



2. Mavzu: Jahon qishloq xo’jalik geografiyasi

REJA:
1.Jahon er fondi tarkibi.
2.Qishloq xo‘jaligini hududiy tashkil etilishi va tabiiy zonalari bo’yicha ixtisoslashuvi.

Qishloq xo‘jalik erlari quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: haydaladigan erlar (sug‘oriladigan va lalmikor erlar), bog‘ va uzumzorlar, pichanzorlar, yaylovlar, bug‘u yaylovlari, o‘rmonlar, butazorlar va h.k.


Jahonda sug‘oriladigan erlar haydaladigan (shudgor qilinadigan) erlarning 15 foizini tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich Xitoyda 30 foiz, Hindistonda 28 (foiz, AQSHda 15 foiz, Pokistonda 70 foizni) tashkil qiladi.
Tabiiy sharoit va aholi extiyojlari turlicha bo‘lganligi sababli, qishloq xo‘jaligi hamma joyda bir xilda rivojlanmagan. SHuning uchun ham tabiiy sharoitga qarab, ma’lum bir joyning qishloq xo‘jaligi muayyan mahsulot etishtirishga ixtisoslashadi. Ixtisoslashishga tabiiy sharoitning zonalar bo‘yicha o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatadi. Har bir tabiat zonasida qishloq xo‘jaligining muayyan bir tarmog‘i etakchi hisoblanadi va boshqalaridan keskin farq qiladi.
1. Arktika va Antarktikaning muz cho‘llari zonasi. Bu erlarda hozircha qishloq xo‘jaligining hech qanday tarmog‘i rivojlanmagan.
2. Subarktika mintaqasining tundra va o‘rmon-tundra zonasida qishloq xo‘jaligi asosan bug‘uchilikka ixtisoslashgan. Bug‘uchilik bilan birga ovchilik qilinadi va baliq tutiladi, Iqlim sharoiti murakkab hamda noqulay, tuproq qoplami yupqa, botqoqlashgan, o‘rtacha yillik harorat past bo‘lganligi sababli bu erlar dehqonchilik uchun yaroqsiz. Subantarktika mintaqasi deyarli okean suv yuzasidan iborat bo‘lganligi uchun (Antarktika yarim orolining shimoliy qismidan tashqari) asosan mavsumiy baliqchilik rivojlangan.
3. SHimoliy mo‘tadil mintaqaning o‘rmon zonasida chorvachilik, daryo vodiylarida va ochiq joylarda hamda kesilgan o‘rmonlar o‘rnida dehqonchilik rivojlangan. SHimoliy Amerikaning igna bargli o‘rmonlarida asosan yirik shoxli qoramolchilik rivojlangan. Markaziy tekislikdagi aralash va keng bargli o‘rmonlarning o‘rnida hozirgi paytda dehqonchilik va chorvachilik rivojlangan. O‘rmonlar faqat Appalachi tog‘larida va Ogayo daryosining yuqori oqimida saqlanib qolgan. Aralash va keng bargli o‘rmonlarning shimoliy qismida bog‘dorchilik, markaziy va janubiy qismlarida esa makkajo‘xori etishtiriladi. Dehqonchilik bilan birga qoramolchilik va cho‘chqachilik yaxshi rivojlangan. G‘arbiy Evropaning igna bargli o‘rmonlar zonasining (Skandinaviya yarim oroli) shimolida bug‘uchilik, janubida qo‘ychilik va qoramolchilik rivojlangan. Ayrim erlarda orol ko‘rinishida dehqonchilik rayonlari joylashgan. Bu rayonlarda yaylov va o‘tloqlar bo‘lgani uchun qoramolchilik ham yaxshi rivojlangan. G‘arbiy Evropada aralash va keng bargli o‘rmonlar o‘tgan asrdayoq kesib tashlanib o‘rnida dehqonchilik (bug‘doy), qand lavlagi etishtirish, bog‘dorchilik yaxshi rivojlandi. Chorvachilikning qoramolchilik va cho‘chqachilik tarmog‘i etakchi.
SHarqiy Evropada igna bargli o‘rmonlarning janubiy qismida va aralash o‘rmonlarda (Boltiqbo‘yidan Uralgacha) zig‘ir, o‘t va em-xashak ekinlari etishtiriladi, shuning asosida bu erlarda sut chorvachiligi rivojlangan. Sanoat shaharlari atrofida, shuningdek, aralash o‘rmonlar zonasining Belorussiya qismida kartoshka etishtiriladi. Sut va kartoshkani qayta ishlash chiqindilari asosida cho‘chqachilik rivojlangan.
Osiyo igna bargli o‘rmonlarining g‘arbiy qismining (G‘arbiy Sibir) janubida katta maydonlarda donli ekinlar etishtiriladi, em-xashak ekinlari kam, shuning uchun chorva mollari tabiiy yaylovlarda va pichanzorlarda boqiladi. Sut chorvachiligi yaxshi rivojlangan, Osiyoning sharqiy qismida (Markaziy Yoqutiston), igna bargli o‘rmonlar zonasida chorvachilik bilan dehqonchilik yaxlit hududda olib boriladi
Mo‘‘tadil mintaqaning o‘rmon-dasht va dasht zonasida asosan eng hosildor qora tuproqlar tarqalganligi uchun bu zona hududi hamma materiklarda deyarli o‘zlashtirilgan hamda asosiy dehqonchilik rayoni hisoblanadi. Ushbu hududlarda (Shimoliy Amerikada — Buyuk tekisliklar) asosan bug‘doy va makkajo‘xori etishtiriladi. Chorvachilikning qoramolchilik va cho‘chqachilik tarmog‘i keng miqyosda rivojlangan. Bu rayon Shimoliy Amerikada bug‘doy mintaqasi deb ataladi. Evrosiyoning o‘rmon-dasht zonasida donli ekinlar bilan almashlab ildiz mevali em- xashak ekinlar, dukkakli don ekinlari, kartoshka etishtiriladi. Kartoshka va g‘alla chiqindilari asosida qoramolchilik, cho‘chqachilik va parrandachilik rivojlangan. O‘rmon-dasht zonasining iliq va sernam janubi-garbiy qismida qand lavlagi etishtiriladi va unga almashlab kuzgi bug‘doy hamda makkajo‘xori ekiladi. Bog‘dorchilik yaxshi rivojlangan Sharqiy Evropa tekisligining dasht zonasida bug‘doy va makkajo‘xori ekiladigan erlar katta maydonlarni egallaydi. Makkajo‘xori asosida go‘sht-sut chorvachiligi va parrandachilik yaxshi rivojlangan. Moyli ekinlardan kungaboqar ko‘p ekiladi. G‘arbiy Sibir va Qozog‘iston dashtlarida asosan bahorgi bug‘doy ekiladi. Qoramollar tabiiy yaylovlarda, qurg‘oqchil janubiy qismida esa quy boqiladi. G‘arbiy Sibirning suv bosadigan o‘tloqlarida sut-go‘sht qoramolchiligi rivojlangan Uzoq Sharqda esa donchilik, soyachilik va sut-go‘sht chorvachiligi rivojlangan.
Mo‘tadil mintaqaning cho‘l va chala cho‘llarida go‘sht-jun va teri etishtiriladigan qo’ychilik rivojlangan. Qo’ylar bahorgi cho‘l yaylovlaridan tog‘ yaylovlariga haydab boqiladi, kuzda yana cho‘lga qaytarib kelinadi. Turkiston cho‘llarida qorako‘lchilik bilan shug‘ullaniladi.


  1. Download 51.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling