2-mavzu. Jamiyat falsafasi. Hozirgi zamon jamiyatning global muammolari va jamiyatni rivojlantirish istiqbollari. Pedagogik amaliyotda mantiqiy fikrlashning ahamiyati. Etika fanining predmeti, asosiy muammolari va kasbiy axloq
“Etika” fanining predmeti, mohiyati, uning asosiy belgilari va tuzilmasi
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
tezXuZt5HdhSlLX4N4qkYUxs0xTUTCwP
“Etika” fanining predmeti, mohiyati, uning asosiy belgilari va tuzilmasi.
Bizda «Ilmi ravish», «Ilmi axloq»,» Axloq ilmi», «Odobnoma» singari nom bilan atab kelingan. Ovro`poda esa «Etika» nomi bilan mashhur, biz ham yaqin- yaqingacha shu atamani qo`llar edik. Uni birinchi bo`lib yunon faylasufi Arastu muomalaga kiritgan, Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch guruhga bo`ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga u falsafa, matematika va fizikani; ikkinchi guruhga - etika va siyosatni; uchinchi guruhga esa -san'at, hunurmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi ta'limotni fan darajasiga ko`targanlar va «Etika» (ta yethika) deb ataganlar. Hozirgi kunda bu fanni ilmiy va zamonaviy talablar nuqtai nazaridan «Axloqshunoslik» deb atashni maqsadga muvofiq deb o`ylaymiz. Axloqshunoslik axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o`rganadi. «Axloq» so`zi arabchadan olingan bulib bu «xulq;» so`zining ko`plik shaklidir. «Axloq» iborasi ikki xil ma'noga ega: umumiy tushuncha sifatida fanning tadqiqot ob'ektini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe'l-atvori va xatti-harakatining eng qamrovli qismini bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo`lsak doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini xulq eng kamqamrovli qismini axloq egallaydi. Odob — inson haqida yoqimli taassurot o`ygotadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo`lmaydigan, milliy urf- odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o`z ichiga oladi. Xulq - oila, jamoa, mahalla-kuy miqyosida ahamiyatli bo`lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta'sir ko`rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti- harakatlarning majmui. Axloq esa - jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo`la oladigan ijobiy hatti-harakatlar yig`indisidir. Albatta, har uchala axloqiy hodisa va ularning ziddi nisbiylikka ega. Chunonchi, hozirgina misol keltirganimiz prokurorning axloqsizligi darajasi bilan o`z yakka hukmronligi yo`lida millionlab begunoh insonlarni o`limga mahkum etgan Lenin, Stalin, Xitler, Pol Pot singari shaxslar orasida farq bor: agar prokurorning axloqsizligi bir millat yoki mamlakat uchun zarar qilsa, totalitar tuzum hukmdorlari xatti-harakatlari umumbashariy miqyosdagi fojialarga olib keladi. Etika faning predmeti, mohiyati uning asosiy belgilari va tuzilmasi Etika yoxud axloqshunoslik eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi bir necha ming yillik vaqtni o’z ichiga oladi. Axloq (arab. хulqning ko’pligi; lot. moralis- hulq-atvor)-ijtimoiy ong shakllaridan biri. Axloq-kishilarning tarixan tarkib topgan xulq -atvori, yurish turishi, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o’zaro, shuningdek, jamiyatga bo’lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi barqaror, muayyan norma va qoidalar yig’indisi. Аxloq- butun boshliq jamiyat a’zolari, millat, хаlq, shaxs аmal qiladigan ijtimoiy tartib-qoida bo’lib,ushbu tartib- qoidalar yordamida inson hatti-harakati tartibga solinadi, ya’ni boshqariladi Axloq –ijtimoiy borliqning ta’sirchan omillaridan biridir. Davr o’zgara borgan sari har qanday hodisa kabi axloq ham o’zgaradi, rivojlanib, Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling