takomillashib
,
ma’naviy madaniyatning ko’rinishlaridan biriga aylanib boradi. Axloqni alohida
falsafiy fan-o’rganadi..
Axloq –ijtimoiy borliqning ta’sirchan omillaridan biridir. Davr o’zgara
borgan sari har qanday hodisa kabi axloq ham o’zgaradi, rivojlanib, takomillashib,
ma’naviy madaniyatning ko’rinishlaridan biriga aylanib boradi.Axloqni alohida
falsafiy fan-o’rganadi..
«Etika –burch haqidagi fandir» degan fikr haqiqatga yaqindir. Chunki, burch-
axloqning asosiy tushunchalaridan biri bo’lib, u shaxsning jamiyatga bo’lgan
munosabatidir. «Burch shaxsning axloqiy faolyatinig ifodalovchi ma’suliyat,
onglilik vijdon kabi tushunchalar bilan chambarchas bog’liqdir» Zero, fikrlar
xilma-xilligi umuminsoniy- axloqiy qadriyatlarni ma’naviy idial tarkib vositasida
jamiyatga singdiradi.
Odob–(аrab.adаb so’zining ko’pligi)-хulq –атvor, jamiyatda e’tirof etilgan
xulq me’yori shaxs ma’naviy hayotining tashqi jihatini ifodalaydi va u bilan
munosabatda namoyon bo’ladi. Оdob asosida axloqiy tamoyillar, me’yorlar ,
tarbiyalanganliklar darajasi va estetik ideal talablari yotadi. Odob kishining jamoat
orasida o’zini qanday tutishi, odamlar bilan qay yusinda muomala qilishi,
o’z
turmushi
, bo’sh vaqtini qanday tashkil etish, inson tashqi qiyofasi qanday
bo’lishi lozimligiga mansub qoidalar.
Misol uchun, faylasuf olim V. Semyonovning fikricha, bugungi jamiyatning
axloqiy muhitini talab darajasida saqlab qolish etika fani zimmasiga tushadi va
bunda etika insonni quyidagi olti jihatdan o’stirish hamda rivojlantirishga diqqat
qilishi lozim:
Insonni hayotiy maqsadga o’rgatish.
Insonni ma’naviy-axloqiy o’stirish.
Insonda ijodkorlikni rivojlantirish.
Insonni jismoniy va ma’naviy jihatdan uyg’un rivojlantirish.
Insonni erkinlikka o’rgatish.
Insonni maqsadli tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |