2-mavzu. Jamiyat falsafasi. Hozirgi zamon jamiyatning global muammolari va jamiyatni rivojlantirish istiqbollari. Pedagogik amaliyotda mantiqiy fikrlashning ahamiyati. Etika fanining predmeti, asosiy muammolari va kasbiy axloq
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
tezXuZt5HdhSlLX4N4qkYUxs0xTUTCwP
Chiroylilik- narsalarning tashqi ko’rinishini, holatini, bajarilgan ish yoki
qilingan harakatdagi o’zaro hamohanglikni ifodalovchi tushuncha. Chiroylilikni insonlarda yoqimli taasurot qoldiradi, ammo ayni bir paytda o’sha chiroyli bo’lgan narsa hodisa yoqimsiz holatlarni ham vujudga keltiradi. Masalan, “ Bangidevona” o’simligining guli oppoq, chiroyli bo’ladi. Ammo, gulining hidi yoqimsiz, tanasidan sassiq hid chiqadi. Shu ma’noda aytishimiz mumkinki, chiroylilik narsa- hodisaning yoki shakl yoki mazmunidagi xususiyatni aks ettirishi bilan kishida yoqimli taasurot qoldiradi. Shuning uchun ham narsa-hodisalarning faqat shakl (tashqi) yoki faqat mazmun (ichki) mohiyatiga qarab unga go’zallik iborasini ishlatish o’rinli emas. Zero, go’zallik narsa-hodisalarning faqat bir tomoningina aks ettirmaydi, aksincha u mazmun bilan shaklning uyg’unligi, mosligi, hamohangligi, maqsadga muvofiqligi asosida shakllanadi. Shu ma’noda go’zallik ham obyektiv ham subyektiv xususiyatiga ega. Tabiat go’zalligi obyekt (inson) va subyekt (o’simlik va hayvonot dunyosi)ning tartibi va uyg’unligiga asoslanadi. Uyg’unlik va tartibning buzilishi esa tabiat va inson uchun zararli oqibatlarga olib kelishini bugungi kundagi ekologik muammolar orqali ko’rishimiz mumkin… Shaxsning ijtimoiy jarayonlar bilan bo’ladigan munosabatlarida go’zallik nisbiylik xususiyatiga ega bo’ladi. Bu holat ayniqsa, go’zallikning moddiy va ma’naviy qadriyatlar tizimidagi o’rnida yaqqol ko’zga tashlanadi. Chunki, go’zallikni har qanday tahlili shaxs va jamiyat munosabatlari bilan muqoyasa qilingandagina uning ijtimoiy-ma’naviy xususiyatlari yanada oydinlashadi. Shu
bois go’zallikning ma’naviy va moddiy qadriyatlar tizimidagi o’rniga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. Ma’naviy qadriyatlar va go’zallik. Vatanimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng milliy- ma’naviy qadriyatlarga yangicha munosabat bildirildi, xalqona, ilg’or an’analar shakllanadi , milliy iftixorni yuksaltirishga keng jamoatchilik fikri jalb qilindi. Ana shularning natijasi o’laroq, mamlakatimizda amalga oshirilgan ezgu ishlarning ko’lami kengaydi. Endilikda bunyodkorlik g’oyasi go’zallik tushunchasi bilan hamohang olib borilganligini, bilish, anglash va tasavvur qilish qiyin emas. Buni o’zbek san’tida amalga oshirilgan ishlar orqali yaqqol ko’rishimiz mumkin. Ma’lumki, san’at borliqni to’g’ridan to’g’ri ko’chib olib tasvirlamaydi, aksincha uni badiiy qiyofalar vositasida ifodalaydi. Shunga ko’ra, san’at asari insonni faqat voqelikdagi go’zalliklar bilan cheklanmaslikka, ayni paytda mavjud go’zalliklarni ongli tarzda mushohada qilishga, baholashga undaydi. Rassomlik san’ati go’zallikni bizga shu tariqa namoyon etadi. Bu borada Ro’zi Choriyevning “Bolalik xotiralari”, “Zamondoshlarim” portretlar turkumi, “Farg’ona vodiysi” kabi rangtasvir asarlari fikrimizning yorqin ifodasidir. Shu bois uning kartinalarini o’zbek estradasining yulduzi Botir Zokirov”qo’shiq deb atash mumkin” degan edi. Uning “Beshik” deb nomlangan kartinasida qizil gilamda o’tirgan ona beshik ustiga engashgan, gilamning milliy naqshlari, qadimiy o’zbek beshigi, ona ko’ylagining yorqin rangi, uning orqasiga tashlangan uzun soch o’rimi- bularning barchasi o’zbek xalq qo’shig’i- “Qora sochim” ni yodga soladi. Rassomning “Anor pishganda” kartinasi ham hayrat, quvonchga to’la yoshlik qo’shig’iday taassurot qoldiradi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling