2-mavzu. Jamiyat falsafasi. Hozirgi zamon jamiyatning global muammolari va jamiyatni rivojlantirish istiqbollari. Pedagogik amaliyotda mantiqiy fikrlashning ahamiyati. Etika fanining predmeti, asosiy muammolari va kasbiy axloq
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
tezXuZt5HdhSlLX4N4qkYUxs0xTUTCwP
Jamiyatdagi
ulug’vorlik umuminsoniy qadriyatlar, qahramonlik, jasorat,xalqparvarlik, bunyodkorlik tushunchalari bilan uyg’unlashadi. Davlatda barqarorlik, jamiyatda adolat ustuvorligi, shaxsning erkin va hurfikirlilik asosida faoliyat olib borishi ijtimoiy tizimning ulug’vorligini aks ettiradi. San’atdagi ulug’vorlik o’zining har tomonlama ijodiy ifodasini topadi; san’atning barcha turlari uchun ulug’vorlik asosiy mezon bo’lib xizmat qiladi. Badiiy adabiyot va ifodali san’at turlari ulug’vorlikni tasvirlashda xilma – xil vositalardan foydalanib hamda ulug’vorlik mavzusini badiiy o’zlashtirib, qahramonlik eposlarni liro – epik dostonlarni, qahramonlik fojialarini, mardonavor
musiqa asarlarini (simfoniya, oratoriya)ni vujudga keltirdi. San’atdagi ulug’vorlik teatr, kino, badiiy adabiyot fojiaviylik bilan yonma – yon turadi: estetikaning bu ikki mezoniy tushunchasi o’rtasida o’ziga xos dialektik aloqadorlik mavjud bo’lib, ular milliylik va umuminsoniy xususiyatlarga ko’ra farqlanadilar. Masalan, Shekspir va Shayxzoda asarlari bir vaqtning o’zida ham ulug’vorlikni ham fojiaviylikni namoyon etadi. Farq, Ulug’bekni o’limi bilan Otteloning qismatida , xolos… San’atdagi ulug’vorlik badiiy mazmun va shaklning barcha imkoniyatlari vositasida ifodalanadi, lekin bunda hal qiluvchi rolni g’oya o’ynaydi. Muhim ahamiyati g’oya yuksak ruhlangan, mukammal shaklning zarurligini yuzaga keltirib , san’at asari darajasining yuksakligi belgilab beradi. Bu holat hayotiy haqiqatdan qochishga emas, unga xizmat qilishga da’vat etadi.
kategoriyadir. Nafosatshunoslik kategoriyalari orasida xunuklik singari kishilarda salbiy his – tuyg’u paydo qiladigan boshqa tushunchalar ham mavjud. Tubanlik ana shunday tushuncha: uni xunuklik bilan aynanlashtirib bo’lmaydi. Chunki, xunuklik kishilarda yengil noxushlik tuyg’usini paydo qilsa, tubanlik esa kuchli nafratlanish hissni uyg’otadi. Tabiat, hayvonot va nabobat olamidagi xunuklik tubanlikka aylanmaydi. Insondagi xunuklik esa tubanlik darajasiga borib yetadi. Daryoning suvi loyqalangani, ko’kalamzorlarga to’kilgan axlat, qurbaqa, ilon xunik ko’ringani bilan undan odamlar nafratlanmaydilar. Gohida muhtojlik inson tabiatidagi yovuz maylni qo’zg’altirib yuborishi natijasida insonni tubanlashtiradi. Ayniqsa, mamlakat boshiga og’ir kulfat tushganda undan o’z moddiy manfaatlari yo’lida foyfalanuvchi kimsalar ( 2001 – yil 11 – sentabrda Aqshda sodir bo’lgan fojia sabab o’g’ri “ tadbirkorlar” magazinlarni talashgan edi – H. B. ) tubanlikka misol bo’ladi. Fojiaviylik muammosi har doim falsafiy - estetik tafakkur sohiblarining e’tiborini jalb qilib kelgan. Deyarli barcha ijodkorlar yaratgan asarlarida fojiali ohanglar mavjud. Masalan, o’zbek adibi Maqsud Shayxzodaning “ Jaloliddin Manguberdi” va “Mirzo Ulug’bek” asarlarida fojiali ohanglar boshdan oyoq sezilib turadi. Mazkur dramalar maxsus fojia asari sifatida yaratilmagan bo’lsa ham, aslida, fojiali ohanglar ularda ustuvor darajada ifodalangan. Shayxzoda kabi ijodkor fojialilik ruhida idrok etishga moyildir. San’atning turi namoyon bo’ladigan fojiali to’qnashuvlar, qiyofalar, vaziyatlarni eng to’la va chuqur badiiy ini’kos etishdan kelib chiqadi. Sofoklning fojeiy asarlari, Shekspirnikidan qanchalik farqlanmasin, ular o’rtasida umumiylik baribir mavjuddir. Har qanday fojia zaminida alohida fojiali tanashuv yotadi va uning eng muhim tomoni ko’lamlilik va ijtimoiy ahamiyatga molikligidir. Xegel fojialilikni mohiyatli kuchlar to'qnashuvining natijasi, deb biladi. Chunki, bu to’qnashuvlar kurashining qanday tugallanishi pirovardida insoniyat istiqboli, taqdiri bilan bog’lanib ketadi. Bu hol fojia san’atining falsafiy jihatdan eng hajmli turiga aylantiradiki, unda ijodkorga hayotning insoniyatni butun tarixi davomida hayajonlantiradigan tub masalalarni o’z oldiga qo’yib, hal qilish imkonini beradi. Fojia qahramoni ko’pincha ijobiy tusda tasvirlanadi, u o’z davrining ijobiy orzu-umidlari , u yoki bu qirralarini o’zida mujassamlashtirgan kuchli, yorqin, ulug’vor shaxsni namoyon etadi. Lekin fojia to’qimasida boshqa turdagi qahramonlar kam aks ettirilgan bo’lib, o’z taqdirlari bilan tomoshabinda o’ta ziddiyatli his-tuyg’ular qo’zg’aydi. Ularning mudhish kirdikorlari, sodir etayotgan yozuvliklari insonda qat’iy norozilik, hatto nafratlanishni vujudga keltirishi bilan bir qatorda ularning qilmishlariga achinmas, qabih, jirkant sharoit ta’siri tushib, ular o’zlaridagi go’zal insoniy fazilatlardan begonalashganligini anglaysan. Fojiaviylikni san’atdagi ravnaqi Uyg’onish davridan ko’zga tashlana bordi. Bu vaqtda abadiy ko’ringan feodal munosabatlar zamini yemirila boshlagan edi. Bu davrda kelib, insonga munosabat tubdan o’zgardi, hissiyotli voqea-hodisalarga nisbatan e’tibor bilan nazar tashlaydigan,insonni ulug’laydigan, uning cheksiz imkoniyatlarini kuylaydigan insonparvarlik estetikasi qaror topdi… Uyg’onish davriga kelib fojeiy asarlar yangi tatixiy vaziyatni, qadimgiga nisbatan boshqa shaxs movqeini ifodalaydi. Agar avvallari fojiada shaxs hali o’zini jamiyatda ajratmagan va shuning uchun u yoki bu axloqiy g’oya-ideal namoyondasi sifatida amal qilgan bo’lsa, Uyg’onish davri fojiasida shaxsiy ehtiros va iroda bosh ohang sifatida jaranglaydi: tarki dunyo azobidan, o’rta asr tabaqaviy cheklanganligidan ozod bo’lgan inson o’z irodasini, o’zligini o’rnatishga unga hali ham qarshi turgan voqelik bilan to’qnashadi, boshqa odamlarning orzu va intilishlari bilan muqarrar kurashga kirishadi. Bu yerda qismat va taqdirga endi o’rin qolmaydi, fojia manbai- insonning o’zi, uning yer kurrasidagi hayoti, o’z maqsadi sari intilayotgan odamlar to’qnashuvi, ular boshqalarga va o’zlariga nisbatan sodir qiladigan yozuvliklardir. Shunday ziddiyatli qarama-qarshiliklarga boy Uyg’onish davri fojiasining eng to’la, badiiy qudratli ifodasi Shekspir ijodida o’z aksini topgan… Fojiaviylikning xususiyati shundaki, u insonga borliqning mazmunini ochib berishga yaqindan ko’mak beradi. Fojiaviylikda jamiyat va insoniyatning ezguligini himoya qiluvchi xususiyat mujassam. Mahmud Torobiy
qo’zg’aloni natijasiz tugashi , uning o’zi esa fitna qurboni bo’lishi ajdodlarimiz qismatidagi fojiadir. Mahmud Torobiy g’anim qo’lida emas, o’z qavmidan chiqqan-nurga emas, zulmatga talpingan kaltabin johil Olovxon Yusuf qo’lida halok bo’ladi. Biroq, Torobiy timsolidagi fojia xiyonat, sotqinlik, diyonatsizlik, zulm va zo’ravonlik boshidan kechirgan va unga qarshi kurashgan millat, xalq va Vatan fojiasidir. |
ma'muriyatiga murojaat qiling