Kulgililik. Estetik tafakkur tarixida kulgililik bir qadar keng o’rganilgan.
Jumladan, Aflotun ojiz va layoqatsizlarni kulgili odamlar, deydi. Nodonlik esa
insonni kulgili qiladi. Biroq, kulgililikning mohiyati, uning kelib chiqishi sabablari
haqida Aflotun biror-bir fikrni aytgan emas. Quldorlik tuzumi zodagonlarining
namoyondasi bo’lgan Aflotun uchun kulgililikning demokratik mohiyati begona
edi.
Aristotel fikricha
, kulgi ayrim xatoliklar hamda kishilarga ozor
yetkazmaydigan va zarar keltirmaydigan xunuklikni keltirib chiqadi. Insondagi
jahldorlik, sustkashlik, qizg’onchiqlik, subutsizlik, izzattalablik, shuhratparaslik
kabi illatlar kulgilik uchun obyekt bo’ladi. Aristotel fikricha, kulgi-axloq
hududlarini bezarar buzishdir. Aristotel estetikasida kulgi inkor etilib,
komediyaning xarakteri nazariy jihatdan asoslsnadi. Aristotel fikriga ko’ra, har
qanday ozod inson hazil bilan ro’baro kelishi mumkin. Bu holatda kulgi insonning
shaxsiy ihtiyojini qondiradi. Qiziqchi esa- boshqalarning ermagi, ovunchog’idir.
I.Kant kulgililikning tabiatini latifa misolida ochib berishga harakat qiladi,
F.Shiller esa hajviyani voqelik bilan ideal orasidagi qarama-qarshilik orqali
ko’rsatib o’tadi. G.Gegel kulgililikning sohasini zohiriy ishonch va botiniy
to’laqonli bo’maganlik orasidagi qarama-qarshilik orqali ifodalaydi.
Kulgi –insoniy voqlik. Inson o’zining aqli yordamida kuladi. U, albatta,
o’zining axmoqligidan ham kulishi mumkin, biroq bu kulgi telbaning mazmunsiz
kulgisi hisoblsnsdi. Kulgidagi lazzatning manbaida masxara, istehzo kabi
ob’ektlarning ustidan afzallik tuyg’usi yotadi.
Hazil-mutoyiba. Kulgililikda hazilning o’rni biqiyos. Hazil insonlarni
fikrlashga, so’zlarni o’rinli qo’llashga, qiziqarli iboralar bilan fikrni bayon etishga
undaydai.Hazilning qo’pol ko’rinishi masxara hisoblanadi. Kinoya, piching,
kesatiq so’zni hazil orqali ifodalashda muhim vositalardir.
Kulgililikning barcha shakllari ular qanchalik erkin namoyon bo’lish
imkoniyatlariga ega bo’lib borsalar,shunchalik ko’p ahamiyat kasb etadilar.
Umuman olganda, estetikaning tushunchalari doimiy hamkorlikda mustahkamlanib
boradi. Ayniqsa bu jarayonda go’zallik kategoriyasi bog’lovchilik vazifasini
bajaradi. Shuning uchun fojiaviylikda, ulug’vorlikda, xunuklikda ham go’zallik
unsurlarining uchrashi bejis emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |