2-mavzu. Jamiyat falsafasi. Hozirgi zamon jamiyatning global muammolari va jamiyatni rivojlantirish istiqbollari. Pedagogik amaliyotda mantiqiy fikrlashning ahamiyati. Etika fanining predmeti, asosiy muammolari va kasbiy axloq
Estetika fani falsafiy bilimlar tizimida o’ziga xos o’rni egallaydi
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
tezXuZt5HdhSlLX4N4qkYUxs0xTUTCwP
Estetika fani falsafiy bilimlar tizimida o’ziga xos o’rni egallaydi. U, eng
avvalo, falsafiy bo’lib, uning nazariy va uslubiy asoslarini falsafiy tafakkur nazariyasi va tarixi tashkil etadi. Masalan, voqelikni estetik va badiiy o’zlashtirish jarayonlarini o’rganishda xolislik, tarixiy yondoshish, bilish jarayonida amaliy tajribaning ahamiyati kabi uslubiy asosni qo’llash ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin.
Estetika fani mustaqil bilim sohasini tashkil etgan holda u falsafaning rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadi. Masalan, bilish nazariyasining yanada rivojlanib, mazmunan boyib borishida badiiy bilish ham muhim o’rin tutadi. Bilish nazariyasi, badiiy madaniyat qadriyatlari, voqelikka estetik munosabat, estetik tushunchalar, ayniqsa ijtimoiy ong, uning nisbiy mustaqilligi haqidagi fikr – mulohazalar ham qup jihatdan san’at bilan bog’liqdir. Estetika fani mazmunan sotsiologiya bilan aloqadordir. Estetika sotsiologiya fani bilan uch tarkibiy qism orqali bog’lanadi: Ijtimoiy voqea va xodisalar hamda jarayonlarning uslubiy asosi hisoblangan umumsotsiologiya nazariyasi estetikaning ham ilmiy – nazariy asosi b°lib xizmat qiladi.
Sotsiologiya ijtimoiy voqea - hodisalarning xususiy, alohida, nisbiy mustaqil sohalari (siyosat, davlatlar, millatlar, san’at turlari va ko`rinishlari)ni qamrab olgan holda estetika va badiiy ijod jarayonlarining ayrim tomonlari bilan uzviy bog’liqlikda namoyon bo`ladi. Aniq sotsiologik tadqiqotlar orqali olinadigan dastlabki ijtimoiy axborotlar, ma’lumotlar estetik va badiiy faoliyat jarayonlarini ham qamrab oladi. Shunday qilib, estetika sotsiologiyaning barcha bilim darajalari bilan u yoki bu ko’rinishlarda o’zaro aloqadorlikda bo’lib, bu aloqadorlik xilma – xil yo`nalishlarda namoyon bo’ladi. Masalan, estetika umusotsiologik nazariyaga tayangan holda o’zining g’oyaviy – mafkuraviy, ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy – axloqiy yo`nalishlari va maqsadlarini shakllantiradi. Sotsiologiya san’at bilan jamiyat o’rtasidagi turli – tuman aloqalarni tadqiq etadi. Estetika fani ruxiyatshunoslik (psixologiya) fani bilan ham chambarchas bog’liq. Voqelikka estetik munosabatning barcha tomonlari estetik did yoki estetik his – tuyg’u, badiiy ijod yoki badiiy idrok qilish jarayonlarining hammasi ruhiyat mezoni bilan o’lchanadi. Chunki estetika u yoki bu darajada insonning ruhiy, xis – tuyg’u holatini ifodalaydi. Ruhiyatshunoslik (psixologiya) fani estetik munosabatlarning barcha tomonlarini, jumladan, badiiy ijod va idrok jarayonlarini amaliy va nazariy jihatdan tadqiq etadi. Ayni paytda estetika fani inson ruhiy hayotining eng murakkab va nozik tomonlarini qamrab oladi. Estetikaning tarkibiy qismlarini ruxiyatshunoslik fanining erishgan yutuqlari va xulosalarida keng foydalanmasdan turib tasavvur etib bo’lmaydi. Estetika fanining hozirgi davrga xos xususiyatlaridan biri shuki, bu soxaga kibernetika, matematika kabi fanlarning usul va vositalari ham izchil kirib kelmoqda. Estetika san’atshunoslik bilim sohalari uchun boshlang’ich nazariy va uslubiy asos bo’lib xizmat qildi. Estetikasiz san’atshunoslik bo’lolmaydi, ya’ni u ayrim voqea hodisalar sharhi bilan shug’ullanishiga majbur bo`lib qoladi. Shuni alohida e’tiborga olish kerakki, estetika xususiy san’atshunoslikning umumiy qonuniyatlari, eng avvalo, nafosat tabiati va estetik timsol qonuniyatlarini o’zida namoyon qiladi. Estetika amaliyoti adabiy – badiiy tanqidda yaqqol namoyon bo’ladi. Badiiy tanqid bilan estetik nazariya o’rtasida azaldan uzviy bog’liqlik mavjud. Bu bog’liqlikni «tanqid – bu harakatdagi estetikadir» degan ibora mazmunida ham ko`ramiz. Adabiy – badiiy tanqid – bu estetika fani bilan san’at amaliyoti o`rtasidagi o`zaro bog’liqligi ramzidir. Estetik nazariya san’atkor dunyoqarashi shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Estetika fani san’atdan baxramand bo’luvchilar – tomoshabin, kitobxon, tinglovchi uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Estetika fani san’at haqida faqat bilimlar beribgina qolmay, kishilarda badiiy ijodga nisbatan xurmat uyg’otadi. Eng avvalo aqliy va jismoniy kuch talab qiladigan soha ekanligidan boxabar qiladi. Estetik nazariya jamiyat hayotining barcha sohalariga kirib boradi va ularni ma’naviy boyitadi, ijtimoiy – ma’naviy ishlab chiqarishning muhim omili sifatida odamlar estetik madaniyatini shakllantiradi. U boshqa fan sohalari kabi bevosita
ishlab chiqarishda qatnashadi. Ayni paytda u jamiyat estetik ongining tarkibiy qismiga aylanadi, jamiyat umumiy taraqqiyotiga munosib hissa qo’shadi. Har bir fan o`z tadqiqot obyekti doirasidagi vazifalarni ma`lum bir tushunchalar kategoriyalar va tamoyillar orqali bayon qilgani kabi estetika fani ham o`z tadqiqot doirasida ma`lum bir kategoriyalarga egadir. Jumladan, nafosatshunoslik fanining eng asosiy kategoriyalaridan biri “Go`zallik” tushunchasi bo`lib, “G’o’zallik”ning tugal ilmiy ta’rifi haqida biror-bir qat’iy fikr mavjud emas. Biroq, go’zallikning idrok etilishi , tabiatda namoyon bo’lishi, san’atda aks etishi hamda uning jamiyat rivojiga ta’siri haqida bildirilgan fikrlar, ilgari surilgan g’oyalar, yaratilgan ta’limotlar o’zining salmog’i bilan ahamiyatlidir. Inson va uning ruhiy-jismoniy, axloqiy-estetik faoliyati, tabiat va undagi hodisalar, jamiyat va unda ro’y beryotgan ijtimoiy-ma’naviy, siyosiy- iqtisodiy jarayonlar go’zalikka yondoshuvning tarixan tarkib topgan asosiy obyektlaridir. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, go’zallik haqidagi qarashlar va nazariyalar markaziga “Go’zallik nima?” degan savol qo’yiladi-yu, ammo ularning aksariyatida “Nima go’zal?”degan javobini ko’ramiz. Shuning uchun ham odatda, go’zallik ikki omil asosida yuzaga keladi. Bular: inson tafakkuri va mehnatining mahsuli natijasida yaratiladigan go’zallik; inson tafakkuridan tashqarida, insonga bog’liq bo’lmagan holda yuzaga keladigan go’zallik. Birinchisida aql, ruh va hissiyot ustuvor bo’lsa ikkinchisida makon va zamon salmoqli o’rinni egallaydi. Nafosat falsafasi go’zallikni bilishning mahsuli deb biladi. Chunki, voqelikdagi har qanday narsa-hodisaning go’zalligi uning ishonchlilik, haqqoniylik va realligi bilan belgilanadi. Zero, inson nazari tushgan go’zallikkina qadriyatga aylanadi. Bundan tashqari, inson go’zallik haqidagi dastlabki ma’lumotni 5ta sezgining eng rivojlangan turi bo’lmish ko’rish sezgisi orqali o’zlashtiradi, undan so’ng eshitish, ta’m bilish, hid bilish va tana sezgisi natijasida go’zallik anglanadi hamda his etiladi. Masalan,xarid qilmoqchi bo’lgan kiyimingizni, iste’mol qilmoqchi bo’lgan taomni, turmushingiz uchun zarur bo’lgan jihozni avvalo ko’rasiz, o’rganasiz, tomosha qilasiz, so’ngra sifatiga , qulayligiga ishonch hosil qilganingizdan keyin ehtiyojingiz uchun ishlatasiz… Yarashmagan kiyimni kiyish naqadar kulgili va hunukligini tasavvur qilish qiyin emas. Shunday ekan, go’zallik xususiyatlarining namoyon bo’lishida sezgilarning alohida ahamiyatga ega ekanligini e’tibordan chetda qoldirmaslik zarur. Shuningdek, go’zallik haqidagi qarashlar tahlili shundan dalolat beradiki, mazkur besh sezgi ham go’zallikni to’laqonli aks ettirish uchun yetarli emas. Go’zallikning namoyon bo’lishi, shakllanishi va his etishida muayyan unsurlar mezoniy vazifasini o’taydi. Bular- me’yor, maqsadga muvofiqlik, tartiblilik, uyg’unlik, hamohanglik, moslik, yaxlitlik, birlik, muyanosiblik, tenglik
va hokazo. Mazkur tushunchalar narsa-hodisalardan bevosita yoki bilvosita ishtirok etib, undagi go’zallikni namoyon ettiradi. Masalan, bahor faslining go’zalligi tabiatning uyg’onishi, ko’klamning yuz ochishi bilan, qish fasli esa oppoq qor bilan o’ziga xos go’zallikni moslik va mutanosiblik unsuri muhim ahamiyat kasb etadi. Go’zallik sifatlari tug’yoniylik, maftunkorlik, foydalilik, mo’jizaviylik singari tushunchalar orqali izohlanadi. Go’zallikning xususiyatlari esa qulaylik , manfaatdorlik, yoqimlilik, chiroylilik tushunchalari bilan belgilanadi. Unsurlar, sifatlat va xususiyatlar uyg’un bo’lgan narsa-hodisalargina chinakam go’zallikni aks ettirishi mumkin. Zero, chiroyli narsaning sifatli bizning manfaatimiz uchun hamohang bo’lmasa yoki bizning maqsadlarimizga mos kelmasa u har qancha maftunkor bo’lmasin go’zallik sifatida baholanmaydi. Shu o’rinda go’zallik tushunchasi “chiroyli”, “ko’rkam”,“nafis”, “jozibador”, “maftunkor”, “latofatli” kabi tushunchalarga nisbatan kengqamrovli va ustuvor ekanligini alohida ta’kidlash joiz. Ayniqsa, go’zallik bilan kundalik turmushimizda tez-tez tilga olinadigan “chiroylilik” tushunchasi orasida muayyan tafovutlar mavjud.
Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling