2-mavzu. Jamiyat falsafasi. Hozirgi zamon jamiyatning global muammolari va jamiyatni rivojlantirish istiqbollari. Pedagogik amaliyotda mantiqiy fikrlashning ahamiyati. Etika fanining predmeti, asosiy muammolari va kasbiy axloq
Davlatimiz madaniy –ma’naviy mustaqilligini ta’minlashda sharqona
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
tezXuZt5HdhSlLX4N4qkYUxs0xTUTCwP
Davlatimiz madaniy –ma’naviy mustaqilligini ta’minlashda sharqona
odob, axloq, milliy qadriyatlar, urf – odat va an’analarimiz asosida tarbiyalash nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Bozor iqtisodiyoti jumhuriyatimizga xorijiy mamlakatlarning sarmoyasi, yangi texnologiyasi , zamonaviy boshqaruv usullari bilan bir qatorda ularning madaniyati, turmush tarsi , dunyo qarashi kabilarni ham olib kelmoqda . Davlatimiz madaniy –ma’naviy mustaqilligini ta’minlashda sharqona odob, axloq, milliy qadriyatlar, urf – odat va an’analarimiz asosida tarbiyalash nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Bozor iqtisodiyoti jumhuriyatimizga xorijiy mamlakatlarning sarmoyasi, yangi texnologiyasi, zamonaviy boshqaruv usullari bilan bir qatorda ularning madaniyati, turmush tarsi, dunyo qarashi kabilarni ham olib kelmoqda. Jamiyat rivojlanib borgan sari uning axloqiy tizimi ham o’zgarishlarga ehtiyoj sezib boradi. Shu manoda shaxs «jamiyat ehtiyojlariga ko’ra axloqiy jihatdan saqlanib borsa, u ijtimoiylashadi» . Hozirgi rivojlanish bosqichida jamiyatimizning manaviy- axloqiy muhitini ba’zi kuchlar tomonidan buzishga intilishlar borligi sir emas.
Kishilarning, ayniqsa yoshlarning ongi, ruhiyati va kayfiyatini milliy istiqlol g’oyasi bilan ta‘minlash, yoshlarning axloqiy darajasini yuksaltirish va har tomonlama kamol topgan zamon kishisi tarbiyasini nazariy asoslashdek o’lkan vazifalar turibdi. Bu vazifalarni faqat axloqqa yangicha yondashuvlar asosidagina amalga oshirish mumkin. Yangicha yondashuvlarning biri – axloqshunoslikda milliy g’oya va mustaqillik mafkurasiga e‘tiborni kuchaytirish bilan bog’liqdir. «Milliy g’oya va istiqlol mafkurasi haqida gap borar ekan, - deb ta‘kidlagan edilar birinchi prezidentimiz I.A.Karimov, - biz nihoyatda keng qamrovli, murakkab, serqirra, insoniyat tarixida aniq va mukammal ifodali, tugal namunasi hali-hanuz yaratilmagan , tushunchalarni o’zimizda tasavvur qilishimiz kerak deb o’ylayman. Bu tushunchalar Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi yuksak g’oyalarning ma‘no-mazmunini teran anglab yetishga xizmat qiladi». Har bir fan o’z kategoriyalar sistemasiga ega bo’lgani singari etika fanining ham maxsus kategoriyalar sistemasi mavjuddir. Kategoriya (lot) – hukm ta’rif ma’nosini anglatadi. Etika kategoriyalari jumlasiga: yaxshilik va yomonlik, burch, adolat, vijdon, sha’n va or-nomus kabilar kiradi. Etika kategoriyalarining o’ziga xosligi shundan iboratki ularda fan sifatida etikaning amaliy asosini tashkil etuvchi aniqlik eng muhim tomonlari va elementlari umumlashtirilgan holda o’z ifodasini topadi. Etika kategoriyalari axloqiy munosabatlarning ob’ektiv qonuniyatlarini jamiyat axloqi hayotini hamma tomonlari va rang-barangligini aks ettiradi. Ularda kishilar xatti-harakatlari , qiliq va xulq atvorlari maqullanishi yoki qoralanishi o’z aksini topadi. Axloq kategoriyalari o’z mazmuni jixatidan ob’ektivdir. Etika kategoriyalarining ko’pchiligi qutbiy, qarama-qarshi harakterga ega, chunonchi yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik kabi. Har bir kategoriyaning o’ziga xos xususiyatlari bor va uning bilan jamiyat o’rtasidagi aloqaning ma’lum tomonlarini aks ettiradi, ilmiy bilimning turli pogonalarini ifodalaydi. Ba’zi bir kategoriyalar axloq sohasini nisbatan juda keng kamrab oladi va o’z mazmuniga ko’ra bir muncha umumiy hisoblanadi, boshqalari esa nisbatan tor kategoriyalar bo’lib, axloqiy munosabatlarni shaxsning ichki dunyosi orqali bir muncha yakqol aks ettiradi. Yaxshilik va yomonlik axloqiy ongning birmuncha umumiy tushunchalariga mansub bo’lib, axloqlik va axloqsizlikning ma’nosi, mazmuni shuningdek farqi hamda qarama-qarshiligini yaxlit bir shaklda ifoda etadi. Insonlar bu kategoriyalar yordamida tevarak atrofimizda, kundalik hayotimizda ruy berayotgan hamma xodisalarni baholaydilar hamda ma’no mazmuniga yetadilar. Yaxshilik va yomonlik o’zaro munosabatli, ayni vaqtda kutbiy va bir-birini inkor etuvchi kategoriyalaridir. Agar yaxshilik kategoriyasida birmuncha ijobiy ya’ni axloqiy idealiga mos keladigan narsalar haqida tasavvurlar jamlanib, yomonlik tushunchasida kishilarning idealiga zid keladigan, baxtga erishishga, odamlar orasidagi munosabatlarda insoniylik o’zaro hurmat-izzatga tuskinlik qiluvchi tushunchalar va tasavvurlarni ifodalaydi. Axloq ulamosi insonlarning xulqlarini ikkiga bo’ladilar: nafis tarbiya topib, yaxshilik qilishga odatlangan yaxshi xulqli va yomonlikka tavsif qilib yomon xulqli deb ataganlar. Insoniyatning axloqiy taraqqiyoti qandaydir tugal bo’lishi mumkin emas. Yaxshilik hamisha konkretdir va o’zining ziddi yomonliksiz bo’lmaydi. Yomonlik hamisha ham bizga ko’rinavermaydi, ba’zan xatto yaxshilik nikobi ostida ham ruy berishi mumkin. Uni fosh etish va unga qarshi kurashish garchi kiyin bo’lsada sharafli vazifadir. Yaxshilik stixiyali ravishda tantana qilmaydi. Yomonlikni yo’qotish ko’p kuch va ko’rbonlar talab qiladi. Faqat yomonlikka qarshi aktiv kurash olib borishgina kishilarning axloqiy o’zaro munosabatlarida yanada insonparvarrok pog’onalarga kutarilishiga yordam beradi. Yaxshilik va yomonlikning individual rivojlanishi manfaatlariga mos keladigan birmuncha yuksakrok , oliyjanobrok nisbatning vujudga kelishiga sabab bo’ladi.
Xalqimizning axloq andisha, sharmu xayo, halollik va pokizalik, inson qardu- qimmati to'g'risidagi tasavvurlarga zid bo’lgan Yevropa xalqlarining kuchayib borishi milliy inqiroz alomatlarining kuchayishiga olib keladi. Shu sababli ma’naviy tubanlikning chuqurlashishiga G’arb mamlakatlarida keng tarqalgan bag’ritoshlik, qotillik, maishiy buzuqlik kabilar aks etgan filmlar, jurnallar, adabiyotlar ta’siri ham juda katta bo’ldi. Milliy mustaqillik tufayli jamiyat hayotining barcha sohalarida asta-sekin amalga oshirilayotgan harakatlar tobora oydinroq ko’zga tashlanmoqda. Donolar yaxshilik to'g'risida quyidagi fikrlarni, yaxshi xikmatlarni aytadilar: Yaxshilik yo’lidan yurdingmi, bu yo’ldan chiqma. Yaxshilik – issik, yomonlik – sovuq. Inson hayoti yaxshilik zaminida yaratilgan. Kim yaxshilikka boshlasa uni do’stim deb bilgin. El-yurt uchun yaxshilik qilish yaxshiliklarning gultoji hisoblanadi. Burch- axloqning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Burch har bir kishining o’z vazifalarini to’liq bajarishi, odamlarga to'g'ri munosabatda bo’lish kabi fazilatlarni ifodalaydi. Burch – shaxsning jamiyatga bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’ladi. Aql-zakovat, tafakkur asosida ularga tayanib o’z burchini bajarish ma’naviyatining asosiy fazilatlaridan biridir. Burch – shaxsning asosiy fazilatini ifodalovchi ma’suliyat, onglilik, vijdon kabi fazilatlar bilan chambarchas bog’likdir. Burch muqaddas narsa. Burchga sodiklik Vatanga sodiqlikdir. O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov Sharof Rashidov tavalludining 75 yilligiga bagishlangan tantanali nutqida «Sh.Rashidov o’z xalqi va Vatanga fidoyi farzand edi , u o’z xalqining ertasini va kelajagini hammadan ham ko’p o’ylardi» deb ta’kidlagan edi. Bugungi kunda mustaqil O'zbekiston fuqarolarining burchi chinakam insoniy jamiyat ko’rish va ijtimoiy insonni tarbiyalash bo’lmogi kerak. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaisida fuqarolarning burchlariga aloxida to’xtalib o’tilgan. Uning 11-bobida barcha fuqarolarning konstitutsiyada belgilab qo’yilgan burchlarini bajarishga, qonunlarga rioya qilishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari sha’ni va qard-qimmatni hurmat qilishga, O'zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy madaniy merosini avaylab asrashga, atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga, qonun bilan belgilangan soliklar va mahalliy yig’imlarni to’lashga majburlar va O'zbekiston Respublikasini himoya qilish – O'zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir.
Burch o’z-o’zidan shakllanmaydi, tarbiya jarayonida kamol topadi. Burchni tarbiyalash jarayonida o’z-o’ziga talabchanlik rivojlanadi. Xotin-qizlarga g’amxurlik qilish har bir erkak kishining burchidir. Vijdon – imonning o’z xalqini muayyan axloq normalari nuqtai nazaridan turib axloqiy baholash va nazorat qilish, o’z xatti-harakatlariga bog’lik bo’lgan his- tuyg’ularini, kechinmalarini tahlil qilishdir. Insoniy madaniyat usishi bilan vijdon tushunchasi rivojlanib, boyib boradi. Vijdon kategoriyasi boshqa kategoriyalar singari o’zining rivojlanish tarixida umuminsoniy ma’no elementlari bilan boyib boradi. Unda ko’p jixatdan axloq, adolat va odamgarchilikning oddiy normalari o’z aksini topadi. Vijdon – bu kishining kundalik faoliyati , qilmishi, fe’l atvori uchun oila, jamiyat, jamoa, Vatan oldida ma’naviy mas’uliyat his qilishdir. Shu yuksak axloqiy tushuncha shaxsiy ijobiy xatti-harakatlarga undab va shunga moyil qilib, o’z faoliyatiga o’zi baho berishga olib keladi. Vijdonli kishi nohaq, adolatsiz ishlardan g’azabga keladi, o’z faoliyatining yaxshi tomonlaridan kanoatlanib, xursand bo’lsa, yomon tomonlaridan norozi bo’lib, ruxan eziladi. Vijdon tugma hislat deguvchilar ham bor. Vijdon kishilarning yashab turgan sharoitiga, olgan ta’lim-tarbiyasiga bog’lik deb hisoblovchilar ham mavjud.Vijdon ko’p yoki oz bilimlikka, boy yoki kambag’al bo’lishlikka bog’lik emas. Iymon arabcha so’z bo’lib, lug’oviy ma’nosi ishonchdir. Shariyatda esa payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) ollox taolo tomonidan keltirilgan barcha xabarlariga til bilan ikror etib, dil bilan tasdiqlashga iymon deyiladi, yani Qur’oni Karimda va Hadisi Shariflar orqali Allox to'g'risida, jannat va do’zax to'g'risida, qiyomat kabi g’aybiy narsalar to'g'risida berilgan xabarlarga ishonch iymondir. Qalbida iymon bo’lmagan odam har qancha savodli ish qilsa ham unga savob yozilmaydi. Qisqacha qilib aytsak uch narsaning butunligidan iymon hosil bo’ladi.
Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling