Fan falsafasi. Jamiyatning ilmiy salohiyatini oshirish. Fan ilmiy bilimlar
tizimidir. Fan o`zining ilmiy tushuncha uslublari va metodologiyasiga ega bo`lgan,
olamni bilish va o`zlashtirishning maxsus usuli, ilmiy bilimlar tizimidir.Fanning
mohiyatini, inson va jamiyat hayotidagi o`rnini bilishda uning quyidagi
xususiyatlarini e`tiborga olish muhimdir:
-
inson faoliyatining o`ziga xos turi;
-
alohida ijtimoiy institut sifatida fan ilmiy bilimlar yig’indisi;
-
insoniyatning ma`naviy salohiyati, olam, tabiat, jamiyat va inson
to`g’risidagi tasavvur va qarashlarni shakllantiradi;
-
olamni o`zlashtirish va o`zgartirish vositasi hisoblanadi.
Fanga olam va odamning mohiyatini bilishning yagona vositasi deb qarash,
uni ijtimoiy ongning boshqa shakllariga qarshi qo`yish ham butunlay xatodir.Fan
taraqqiyoti insoniyatga faqat qarovonlik, yaxshilik keltiribgina qolmay, cheksiz
musibat va mahrumliklar ham keltirishi mumkin.Terrorizm butun insoniyat
hayotiga jiddiy tahdid sola boshladi. Ilmiy kashfiyotlarning salbiy oqibatlarini
bartaraf etish uchun ijtimoiy – falsafiy tafakkurga “fan etikasi”tushunchasi kirib
keldi.Olimlar va tadqiqotchilar ilmiy kashfiyot oqibatlari uchun mas`uliyatni his
etishi, fan taraqqiyotining falsafiy muammolarini oqilona hal etishga intilishi
hozirgi davrning eng dolzarb vazifalaridan biriga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |