Nitratli ― azot nitrat kislota tuzlari hilida (NO3-) oksidlangan shaklida bo‘ladi: natriyli selitra NaNO3, kaltsiyli selitra Ca(NO3)2.
Ammoniy-nitratli ― azot ikki shaklda mavjud: ammoniyli va nitratli; ammiakli selitra (NH4NO3);
Amidli – azot amidli shaklda NH2 – bo‘ladi – karbamid (mochevina), kaltsiy tsianamid (CaCN2).
Fosfatli o‘g‘itlar suvda eriydigan va suvda erimaydigan shakllarda ishlab chiqariladi. Suvda eruvchan fosfatli o‘g‘itlarga apatit va fosforitlardan olinadigan oddiy superfosfatlar (muvofiq ravishda 10...21% R2O5 umum va 8...15% R2O5 uzl va qo‘shaloq superfosfatlar (ishlatiladigan xom ashyo va fosfat kislotaga muvofiq ravishda 40...50% R2O5 suv) kiradi.
Qiyin eriydigan o‘g‘it – fosforit unining ko‘p miqdori to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Bunday fosforit uni yuqori darajada maydalangan bo‘ladi va undagi R2O5 miqdori katta chegarada o‘zgarishi mumkin. Suvda erimaydigan o‘g‘it sifatida pretsipitat ham ishlab chiqariladi. Hozirgi paytda suvda erimaydigan o‘g‘itlar qatorida ftorsizlangan fosfatlar, tomas shlaklari ham ishlatilmoqda.
Murakkab o‘g‘itlar. Ularga tarkibida ikkita va uchta ozuqa elementi bo‘lgan murakkab o‘g‘itlar (ammofos, diammofos, UFAKS, NKFU, nitroammofoska, nitrofoska va boshqalar), murakkab-aralash va aralash o‘g‘itlar, shuningdek suyuq murakkab o‘g‘itlar kiradi.
Fosforli o‘g‘itlar – suvda eriydigan va suvda erimaydigan xilda ishlab chiqariladi. Suvda eriydigan o‘g‘itga oddiy superfosfat (apatitdan P2O5 o‘zlashtirilishi 20...21%, Qoratau fosforitidan P2O5 o‘zlashtirilishi 14...15% va Markaziy Qizilqum fosforitidan P2O5 o‘zlashtirilishi 10...13%) va ikkilanma superfosfat (fosfor kislotani olish uchun qo‘llaniladigan fosfat xom-ashyosiga bog‘liq holda tarkibida 40...50% o‘zlashtiriladigan P2O5 bo‘lgan) kiradi.
Bugungi kunda quyidagi fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarilmoqda: UFAKS (o‘g‘it fosfor, azot, kaltsiy, sera); NKFU (nitrokaltsiy fosfat o‘g‘iti N:P2O5=12-13:10-17%); ASF (ammoniy sulfat fosfat N:P2O5=15-18:23-15%, TSH 6-12-96); superfos – NS (N:P:Mg:Ca:S).
Kaliyli o‘g‘itlar – asosan suvda eriydigan kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqariladi, ularga kaliy xlorid, kaliy sulfat, aralashgan tuzlar va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |