2.4. Kaliyli o‘g‘itlar va ularning asosiy xom-ashyolari
2.4.1. Kaliyli o‘g‘itlarning turlari va tarkibi
Ishlab chiqarilayotgan mineral o‘g‘itlarning assortimenti o‘g‘itlarning barcha turlarini o‘z ichiga oladi: azotli, fosforli, kaliyli, mikroo‘g‘itlar, kompleks o‘g‘itlar va boshqalar.
O‘g‘itlar sifatining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib, undagi o‘simlik uchun foydali ta’sir etuvchi moddalarning miqdori hisoblanadi. Asosiy ta’sir etuvchi moddalar bo‘lib, azot, fosfor va kaliy birikmalari hisobalanadi. Ularning o‘g‘itlaridagi miqdori elementar azot, fosfor (V)-oksidi-fosfor angidrid (P2O5) va kaliy oksidi (K2O)ga hisoblaganda o‘lchanadi. Jahon matbuotida o‘g‘itlarning ta’sir etuvchi moddalarini hisoblashda (ularning miqdorini yanada aniq aniqlash uchun) oksidlardan elementlarga: fosfor (V)-oksidi P2O5 dan-R ga, kaliy oksidi – K2O dan K ga o‘tish (qayta hisoblash koeffitsientlari ilovada keltirilgan) masalasi qo‘yilmoqda.
O‘g‘itning har bir turiga standart – DST yoki texnik shartlar – TSH bilan bitta yoki bir necha ta’sir etuvchi moddalarning minimal miqdori ko‘zda tutilgan.
Standart bilan namlik va o‘simlik uchun zararli aralashmalarning miqdori, shuningdek fizik-kimyoviy va mexanik xossalari, ko‘rsatkichlari qiymatlari chegaralanadi. Namning keragidan ortig‘i o‘g‘itning yopishib qolishi va kesak-kesak bo‘lib qolishiga olib keladi; nam o‘g‘itlarning ozuqaviy moddalar miqdorini pasaytiradigan ballast hisoblanadi.
Kaliyli o‘g‘itlar. Asosan suvda eruvchan kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqariladi. Ularga kaliy xlorid, kaliy sulfat, aralash tuzlar va boshqalar kiradi.
Kaliyli o‘g‘itlar assortimenti
Do'stlaringiz bilan baham: |