2-Mavzu. Kaliyli tuzlarning xalq xo'jaligidagi ahamiyati. Kaliy tuzlari olish usullari. O‘quv moduli birliklari


Download 415.5 Kb.
bet3/12
Sana19.09.2023
Hajmi415.5 Kb.
#1681632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2- Ma\'ruza. Kaliyli tuzlarning xalq xo\'jaligidagi ahamiyati. Kaliy tuzlari olish usullari.

Oddiy o‘g‘itlar – o‘simliklarni oziqlantiradigan elementlardan biri: azot, fosfor, kaliy, magniy, bor va boshqalardan iborat bo‘ladi.
Azotli o‘g‘itlarsuvda eriydi, ular azotining birikish shakli bo‘yicha: ammiakli, ammoniyli, amidli va bu shakllarning turli birikmalari (ammiak-nitratli, ammiak-amidli va hokazolar) bo‘yicha farqlanadi. Yuvilib ketmaydigan yoki qiyin eriydigan azotli o‘g‘itlarning yangi turlari karbamid-formaldegidli, izobutil-lidendikarbamid, oksamid va boshqalar ishlab chiqariladi.
Fosforli o‘g‘itlar – eruvchanligi va o‘simliklarning o‘zlashtirishi bo‘yicha fosforli o‘g‘itlar uch guruhga bo‘linadi:
- suvda eriydigan o‘g‘itlar – unda fosforli birikmalarning ko‘p qismi suvda eriydi va o‘simliklar tomonidan juda yengil o‘zlashtiriladi (superfosfat, ikkilanma superfosfat, murakkab o‘g‘itlar - ammofos, nitroammofoska, nitrofoska, karboammofoska);
- sitratli eruvchan o‘g‘itlar – unda ammoniy tsitratning ammiakli eritmasida eriydigan fosfor birikmalari bor. Bu guruhga pritsepitat (dikaltsiy fosfat) kiradi.
- limonli eruvchan o‘g‘itlar – suvda va ammoniy tsitratning ammiakli eritmasida erimaydigan, lekin tsitrat kislota eritmasining 2% ligida eriydi. Ularga ftorsizlantirilgan fosfatlar, fosfor uni taalluqlidir. Bu o‘g‘itlar nordon tuproq uchun juda foydali, yaroqlidir. Bu o‘g‘itlarning fosfor birikmalari asta-sekin tuproq eritmasiga tushadi va ularning ta’siri bir necha yillarga yetadi.
Kaliyli o‘g‘itlar – kontsentratlangan (kaliy xlorid, kaliy sulfat, kaliy magneziya va boshqalar) va tuzlar xom-ashyosi (silvinit, kainit)ga bo‘linadi. Suvda erimaydigan minerallar (nefelin, dala shpati) to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlatilmay, kaliyli o‘g‘itlar olish uchun xizmat qiladi (masalan, nefelindan kaliy sulfati olish mumkin).
Mikroo‘g‘itlar – kichik dozalarda qo‘llaniladigan o‘g‘itlardir. Mikroelementlari bo‘lgan texnik tuzlar – borat kislota, mis sulfati, ammoniy molibdat va boshqalar. Tarkibida mikroelementlar bo‘lgan chiqindilar – kolchedan qoldig‘i, marganetsning shlamlari. CHo‘kkan magniy borat va boshqalar suvda erimaydi.

Download 415.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling