2-mavzu. Kasbiy psixologiyaning asosiy metodlari reja
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anamnez metod
- 2.4.Eksperimental metodlar.
Kavzometriya - Ye.I.Golovaxa va A.A.Kromiklar tomonidan taklif etilgan
usul bo’lib, u shaxsning psixologik vaqti va hayotiy sub’ektiv holatlarini tahlilini tadqiq etish metodi hisoblanadi. Bu intervyu quyidagi jihatlarni o’z ichiga oladi: biografik savol-javob, muhim voqealar ro’yxatini tuzish, voqealarni keltirib chiqargan sabablarini aniqlash va boshqalardir. Intervyu natijalari kavzometriya shaklida tasvirlanadi. Kavzometriya kasbiy muammo va inqirozlarni yechish uchun qo’llaniladi. Psixobiografiya -shaxslarning hayot yo’lini psixologik o’rganish metodi hisoblanadi. Avval psixobiografiya siyosatchilarining obro’-e’tiborini, 1 T. Melchert. Fondations of Professional psychology. 2011. 10-bet. 2. T. Melchert. Fondations of Professional psychology. 2011.11-bet. kishilarning individual kasbiy biografiyalarini o’rganish maqsadida qo’llanilgan. Kasb psixologiyada psixobiografiyani qo’llash orqali shaxsning kasbiy maqsadlarining paydo bo’lishi, kasbiy shakllanishdagi inqirozlar haqida qimmatli ma’lumotlarni olish imkonini beradi. Anamnez metod - bu insoning mehnat sub’ekti sifatida rivojlanish tarixi haqidagi ma’lumotlarni yig’adi. Bu usul Ye.A.Klimov tomonidan batafsil ko’rib chiqilgan. Kasbiy anamnez mehnat motivlarini o’rganish, tanqidiy voqealarni aniqlash, kasbiy faoliyatda obro’-e’tibor qozonishni oldindan tashxis qilishda qo’llaniladi.Anamneztik tadqiqot o’z ichiga suhbat tizimini olgani uchun, suhbat metodiga qo’yiladigan talablar bu usulga ham tadbiq etiladi. 2.4.Eksperimental metodlar. Kasbiy psixologiyaning asosiy metodlari : kuzatish va eksperiment metodidir. Xususiy metodlari: suhbat, so’rov, faoliyat mahsuli va jarayonini tahlil qilish hamda test metodlari. Psixologiyada tekshiriladigan psixik hayot hodisalari juda xilma-xil va murakkab hodisalardir. Bu hodisalar qanday metodlar bilan, ya’ni qaysi yo’llar bilan, qanday usullar bilan tekshiriladi, degan savol tug’iladi. Psixologiyada chinakkam ilmiy bilimga ega bo’lmoq uchun psixikani tekshirish metodlarini bilish va shu metodlardan foydalana bilish kerak. Har bir pedagog kishilar psixikasini tekshirish uchun loaqal eng oddiy usullarni bilishi lozim. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling