2-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari
Maslahat loyihasini amalga oshirishni tashkil etish
Download 139.3 Kb.
|
2-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konsalting firmaning mijozlarni jalb etish usullari.
- reklama qi lishdir.
Maslahat loyihasini amalga oshirishni tashkil etish. Mijoz firma bilan aloqa o’rnatgandan keyin taklif ishlab chiqarishga kirishiladi. Taklif ishlab chiqish loyihani muhokama qilishdan boshlanadi. Bundan oldin mijoz-firma haqida batafsil axborot olishi lozim. Maslahatchi firma nima bilan shug’ullanishini, nimalarni ishlab chiqarishini, ishchilar sonini, malakasini, boshqaruv xodimlar miqdorini, ish hajmini, xarajat va daromad miqdorini, firmaning moliyaviy ahvolini, shartnomalarning bor-yo’qligini, hamkorlarning ishonchliligini bilishi kerak. Undan keyin shart-sharoit, uning o’zgarish dinamikasi va muammolari aniqlanadi. So’ng bajarilishi kerak bo’lgan ishlarning rejagrafigi tuzilib, tegishli yuridik qog’ozlar rasmiylashtiriladi. Ishning bajarilishiga alohida e’tibor berish lozim. Maslahatchining obro’si ishning o’z vaqtida yoki muddatdan oldin bajarilishi bilan belgilanadi.
Ishning qanday shaklda tugatilishini ham aniqlab olish zarur, ya’ni ish yoki xizmat muayyan natijaga erishishdan iborat ekanligini belgilash lozim. Bularning barchasi ishning reja-grafigida aks etilishi kerak. Buyurtmani bajarish jarayonida buyurtmachi firmaning psixologiyasini o’rganishi kerak. Ishning bajarilish jarayonida mijozning qiziqishi susayishi mumkin, shu sababli qiziqishni susaytirmaslik uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish kerak. Buning uchun qiziqishning eng yuqori pallasida biror-bir kichik tadbirni amalga oshirish kerak. Bu tadbir mijoz-firma rahbariyatiga qaratilgan muayyan takliflar, maslahatchining taklifini majlisda muhokama qilish, ba’zi takliflarni bajarish haqidagi qarorni tayyorlashdan iborat bo’lishi mumkin. Oxirida loyiha yoki ba’zi takliflarni amalga oshirish haqida yozma hisobot rasmiylashtiriladi. Oldindan kelishib qo’yilgan maslahat turlari bundan mustasno emas. Konsalting firmaning mijozlarni jalb etish usullari. Maslahat beruvchi bozorning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu faoliyat bilan shug’ullanuvchi firmalar o’z tovari, o’z xizmat namunasini ko’rsatish imkoniga ega emas. SHuning uchun ular faoliyatida mijozlarni jalb etish muammosi turadi. Mijozlarni jalb etish usullari turli xildir. Bunga o’z imkoniyatlarini tashviqot qilish, reklama qilish, vositachilar yordamida mijozlarni jalb qilish, firma haqida ijobiy fikr bildirgan oldingi mijozlar takliflaridan foydalanish kiradi. Eng sodda va eng keng qo’llaniladigan usul – reklama qilishdir. Firma o’z imkoniyati, xizmat ko’rsatishning taxminiy narxi, muvaffaqiyatli bajarilgan loyihalar haqida turli xildagi reklama ma’lumotlarini va reklama e’lonlarini tarqatadi. Mijozlarni jalb qilishda vositachilar yordamidan keng foydalaniladi. Vositachilar sifatida o’z rahbarining ishonchini qozongan firma xodimlari bo’lishi mumkin. G’arb mamlakatlarida bunday vositachilarni topish uchun maxsus uslublar ishlab chiqilgan. Bu maqsadlar uchun alohida mablag’lar ajratiladi. Albatta, maslahatchi firmaning obro’sini belgilab beruvchi omil – bu o’tmishda muvaffaqiyatli olib borilgan faoliyatdir. Yirik, xatto o’rtamiyona firmalarning ijobiy tavsiyasi – eng yaxshi reklamadir. Umuman firmaga maslahatchilar kerakmi? O’zbekiston iqtisodiyotini tiklanish vaqtida, ba’zi korxonalarda tubdan islohotlar olib borilayotgan davrda, nihoyatda ko’p muammolar yuzaga kelmoqda. SHu muammolarni oqilona yechish uchun maslahatchilar salohiyati oshib borishi aniq. SHu bilan birga moliyaviy imkoniyat cheklanganligi tufayli maslahatchilarni firmaning u yoki bu muammolarini yechish uchun taklif qilish maqsadga muvofiqdir. Muammolarni hal etish korxonaning strategik rivojlanish muammosini yechishdan boshlash kerak. Ana shundan keyin marketing, innovatsion imkoniyat va boshqa muammolarni hal qilishga o’tish kerak. Download 139.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling