2-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari


Download 139.3 Kb.
bet10/21
Sana16.01.2023
Hajmi139.3 Kb.
#1095786
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
2-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik

Maslahat uslublari. Maslahat uslublari turli xil bo’lishi mumkin. Maslahatning uch turi – ekspertli, jarayon va o’rgatuvchi maslahatlar keng qo’llaniladi.
Ekspertli maslahat – konsaltingning eng passiv shaklidir. Maslahatning bu turida maslahatchi diagnostika, qaror qabul qilish va ularni joriy etishni mustaqil ravishda amalga oshiradi. Mijoz esa bunday hollarda maslahatchiga kerakli axborot yetkazib berishi zarur bo’ladi.
Jarayon maslahatida – loyihani ishlab chiqish bosqichlarida konsalting firma maslahatchilari mijoz bilan faol ish olib borib, yuzaga kelgan muammolarni hamkorlikda tahlil qiladi va kerakli takliflar beradi.
O’rgatuvchi maslahatida – mutaxassislarning asosiy maqsadi g’oyalarning yuzaga kelishi, yechimlar qabul qilish uchun asos tayyorlashdir. SHu maqsadda mijozlar uchun ma’ruzalar o’qiladi, seminarlar o’tkaziladi, o’quv qo’llanmalari ishlab chiqiladi. Umuman olganda mijozlar kerakli nazariy va amaliy axborotlar bilan ta’minlanadi. Amalda esa yuqoridagi har bir maslahat turlari sof holda qo’llanilmaydi, ular kombinatsiyalashgan shaklda uchraydi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda konsalting xizmati ko’p yillar mobaynida bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining muhim elementlaridan hisoblanadi. Konsalting xizmati statistika tomonidan maxsus tarmoq deb tan olingan. AQSH da ushbu tarmoqda 700 ming kishi band bo’lib, uning bir yillik xizmat hajmi 50 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Har bir rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda maslahatchilar fikrisiz iqtisodiyot va boshqaruvga oid jiddiy qarorlar qabul qilinmaydi.
O’zbekistonda hozirgi vaqtda xususiy konsalting firmalar soni juda kam (qiyoslash uchun Gollandiyada ularning soni 2000 dan oshiqdir).
Xususiy firmalardan tashqari maslahatli xizmatlarni davlat, o’quv, axborot, ilmiy-tekshirish muassasalar tijorat asosida bajaradilar. Mamlakatimizda hozirgi iqtisodiy sharoitni yaxshi biladigan, yuqori salohiyatga ega bo’lgan, yuqori intellektual, bozor iqtisodiyoti mexanizmini tushunadigan malakali maslahatchilar soni yildan-yilga ko’payib bormoqda. Ular chet yel konsalting firmalarining vakillari bilan hamkorlikda milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda katta ish olib bormoqdalar. Aytish lozimki, chet el konsalting firmalarining xizmati juda qimmat. Masalan, chet yel konsalting firmasi xodimining bir kunlik o’rtacha ish haqi 300 dollarni tashkil qiladi.
Konsalting xizmatlari turli xil bo’lishi mumkin. Menejment bo’yicha Yevropa maslahatchilar ma’lumot-ko’rsatikichida 84 turdagi konsalting xizmatlari ko’rsatilgan. Ular quyidagi 8 ta guruhga bo’lingan: umumiy boshqaruv, ma’muriy boshqaruv, moliyaviy boshqaruv, xodimlar boshqaruvi, marketing, ishlab chiqarish, axborot texnologiyasi, maxsus xizmatlar.

Download 139.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling