2-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari


Tovar olib-sotish va xizmat ko’rsatish bo’yicha operatsiyalar


Download 139.3 Kb.
bet6/21
Sana16.01.2023
Hajmi139.3 Kb.
#1095786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
2-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik

Tovar olib-sotish va xizmat ko’rsatish bo’yicha operatsiyalar. Tijorat tadbirkorligining asosiy mazmunini tovar olib-sotish va xizmatlar ko’rsatish tashkil etadi. Tijorat tadbirkorlik faoliyati umumiy shaklda ishlab chiqarish tadbirkorligi faoliyatiga o’xshab ketadi. Tijorat tadbirkorligida iste’molchiga moddiy resurslar o’rniga tayyor tovarlar sotiladi. Tijorat tadbirkorligida mahsulot ishlab chiqarish o’rnini tayyor tovar egallaydi. Tijorat bitimi tuzishdan oldin bozor tahlilini o’tkazish zarur.
Umumiy ko’rinishda marketing-tijorat korxonalari va firmalari xo’jalik faoliyatining barcha tomonlarini boshqarish va tashkil etish tizimidir. Marketing yordamida savdo korxonasining hayotiy faoliyati amalga oshiriladi, ya’ni bozor o’rganiladi, tovar iste’molchiga yetkaziladi, moliyaviy ta’minot va foyda olish yo’lga qo’yiladi. SHu yerda savdo korxonasiga bir-biri bilan ikki bog’liq talab qo’yiladi, ya’ni iste’molchilarning o’zgaruvchan harakatiga o’rganish va raqobat sharoitida faoliyat ko’rsatish.
Savdo sohasida marketingni amalga oshirishning eng muhim sharti uni rejalashtirishdir. Marketing rejasi natura va qiymat ifodasidagi sotish hajmini belgilaydi. Tovarlar talabga qarab farqlanadi. Birinchi guruhga bozorni hali egallamagan tovarlar kiradi, ikkinchi guruhni esa keng talabga ega bo’lgan an’anaviy tovarlar tashkil qiladi.
Marketing tuzilmasi tezkor boshqarish ishlari bilan birga bozorni o’rganish, bashorat qilish, rejalashtirish, maqsadlarni amalga oshirish va ularni nazorat qilish funktsiyalarini o’z ichiga oladi.
Savdo firmasidagi marketing faoliyatining model-dasturini oddiy chizma ko’rinishida quyidagicha tasvirlash mumkin (2.1.2-rasm).
Agar bozorning dastlabki tahlili va bashorati tijorat bitimini tuzish foydasiga hal bo’layotgan bo’lsa, tijoratchi shu bitim aks etilgan biznes-rejani va bo’lajak xarajat va kutilayotgan natijalarni ishlab chiqishi lozim.
Har bir tijorat bitimi umumiy holatda quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- savdo-vositachi xizmatlarni bajarish uchun ishchilarni yollash (tovarni sotib olish, tashish, sotish, reklama ishini olib borish, kerakli xizmatlarni rasmiylashtirish);
- tovarni caqlash va sotish uchun kerak bo’lgan omborxona, baza, savdo do’konlarini sotib olish yoki ijaraga olish;
- tovarni keyinchalik sotish uchun sotib olish;
- amalga oshiriladigan ishni moliyalashtirish uchun pul mab-lag’larini kreditga olish va keyinchalik kredit va uning foizini qaytarish;
- vositachilik faoliyati ko’rsatayotgan boshqa tashkilot yoki shaxslar-ning xizmatlaridan foydalanish va ularga pul to’lash;
- bitimda ko’rsatilgan ishni rejalashtirish, rasmiylash-tirish va tartiblashtirish uchun kerak bo’lgan axborotni to’plash yoki sotib olish;
- tovarni haridorga sotish;
- bitimni rasmiylashtirish, barcha soliq va to’lovlarni to’lash.
Tijorat bitimining barcha muhim tadbirlari bir-biri bilan muddat jihatdan bog’liqdir. Yakunida biznes-reja va harakatlarning yiriklashtirilgan muvofiqlashtiruvchi re­jasi ishlab chiqiladi. Agar bitim yirik bo’lib, ko’p muddatga cho’zilsa, ishni bajarish reja jadvalini tuzish tavsiya etiladi.

Download 139.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling