2-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari
Download 139.3 Kb.
|
2-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savdo firmasida marketing faoliyatining model-dasturi
Moliyaviy tadbirkorlik. Tijorat banklari va fond birjalari moliyaviy tadbirkorlik uchun faoliyat ko’rsatuvchi maqom bo’lib xizmat qiladi. Ushbu bozor institutlarining mohiyati nimada?
Tijorat banki – aktsiyador turdagi moliyaviy-kredit muassasasi bo’lib, asosan pul omonatlarini (depozitlarni) qabul qiluvchi va mijoz ko’rsatmasi bilan boshqa hisob-kitob operatsiyalarni amalga oshiruvchi tijorat tashkilotlariga pulli xizmat ko’rsatadi. Tijorat banklarining daromad manbai depozit (jalb etilgan) va ssuda mablag’lari o’rtasidagi farqlardan shakllanadi. Tijorat banklari operatsiyalari passiv (mablag’larni jalb etish), aktiv (mablag’larni joylashtirish), komission-vositachi (komission to’lovlari bo’lgan mijozlarning topshiriqlarini bajarish) kabi uch guruhga bo’linadi. Tijorat banklari mablag’larni katta muddatga olib, kichik muddatga qarzga beradi. Bu banklar kreditorlarga oldindan belgilangan foizlarni to’lash bilan bog’liq tijorat tavakkaliga mubtalo bo’ladi. SHu sababli bank berilgan qarzlari turli sabablarga ko’ra o’z vaqtida qaytmasligini hisobga olib, ma’lum pul zaxirasiga ega bo’lishi kerak. Savdo firmasida marketing faoliyatining model-dasturi
Download 139.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling