2-mavzu: kichik guruxlar


Konformizmi va nonkorformizm xodisalarining mohiyati


Download 41.3 Kb.
bet5/6
Sana16.03.2023
Hajmi41.3 Kb.
#1273205
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ижтимоий псих. 2-лекция

Konformizmi va nonkorformizm xodisalarining mohiyati
Konformizm - bu real yoki tasavvurlardagi guruhning shaxs e’tiqodi va xulq-atvoriga ta’sirini tushuntiruvchi xodisadir. U ikki xil namoyon bo`lishi mumkin:
yon berish - qalban qo`shilmasa-da, tashqi xaraktada ko`pchilik firiga ergashish;
ma’qullash - e’tiqod va qarashlarning ijtimoiy tayziqqa to`la mos kelishi.
Konformizmning tabiatini tushuntiruvchi eksperimentlar (masalan, Muzafer Sherif, Solomon Ash, Milgram va b.q.) ma’lum ma’noda bizga hayotda yoqmaydigan narsalarning kelib chiqishini, masalan, johillikning, o`g`rilik yoki boshqa illatlarning tabiatini tushunishga imkon beradi, ya’ni, johillik yoki yomonlik, albatta yomon odamlarning borligi uchun kelib chiqmaydi, balki odamlarning turli vaziyatlarda noxaqlikka ko`nikishlari yoki xudbinlik yoki yovuzlikni ko`rib o`tib ketaverish, ularga nisbatan isyonni namoyon qilmaslik oqibatidir.
Konformizm xodisasini eksperimental yo`l bilan o`rgangan tadqiqotchilarning fikricha, bu - ma’lum shart-sharoitlarning oqibatidir. Masalan, konformizm guruhning katta yoki kichikligiga, uning hajmiga bog`liq. Odamlar o`zlari uchun biroz bo`lsa-da, obro`li yoki yoqimtoy bo`lgan odamlar soni uch yoki undan ortiq bo`lgan sharoitda ularning gaplariga juda tez ishonib, ergashib ketaveradilar. Bundan tashqari, yuqori darajali konformizm xolati biror masala yuzasidan javoblar ko`pchilik ichida berilganda, yoki oldindan biror javobga sha’ma qilinmagan sharoitda tez sodir bo`ladi.
Nima uchun odamlar konformizmni namoyon etadilar, bu aslida inson tabiatiga zid emasmi? degan savol tabiiy. Yoki bo`lmasa, ko`pchilikning ta’siriga o`ylamay-netmay berilaverish yaxshimi? Bu shaxsning o`zligiga, mustaqilligiga putur yetkazmaydimi, degan savol o`rinli bo`lib, uning javobini ikki manbadan - jamiyatning insonlar uchun ishlab qo`ygan normalari tizimidan, shunga mos tarzda odamning o`zgalar tomonidan tan olinishiga intilishidan va odamlarning o`zaro kommunikativ ma’lumotlar almashinishlari jarayonida so`zlar va iboralar orqali bir-birlariga yetkazadigan ta’sirlari orqali tushuntirishga xarakat qiladi.
Kim ko`proq konformli, degan savolga ko`pchilik mualliflar ayollarning erkaklarga, yoshlarning kattalarga nisbatan ancha ishonuvchan va ta’sirlarga beriluvchan ekanliklarini e’tirof etadilar. Bundan tashqari, olimlar bu xodisaning milliy-xududiy o`ziga xosliklarini va bu kabi xulq-atvor ayrim tang, sust vaziyatlarda odam irodasining pastlashi sifatida namoyon bo`lishini aytishgan. Nima bo`lganda ham, bizningcha, shaxsning tashqi tayziqlarga berilishi, tanqidsiz u yoki bu xarakat tiplariga ergashib ketaverishi individual xususiyatlarga ega bo`lib, u odamning dunyoqarashiga, mentalitetiga va ma’lumoti darajasiga bog`liqdir.

Download 41.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling