2-mavzu: kimyoviy texnologiyada xom ashyo va uni boyitish usullari reja: Xom ashyo va uning turlari
Download 87 Kb.
|
2-mavzu maruza.KIM.TEX. xomashyo va uni boyitish
Gravitatsion boyitish har xil zichlikdagi mineral bo`lakchalarning suyuqlik va gaz oqimida turlicha chiqish tezligiga asoslangan, bunda zich bo`lakchalar oldin, bo`shroq (yengil) bo`lakchalar keyinroq cho`kadi. Bu usul bilan boyitish sxemasi yuqoridagi rasmda keltirilgan.
Sanoatda ko`pincha oqizuvchilar sifatida suv va havodan foydalaniladi. Yuqoridagi bunkerga bir vaqtning o`zida suv vamaydalangan ruda tushirilib jadallik bilan aralashtiriladi va tezlik bilan ketma-ket o`rnatilgan tindirgichlarga tushiriladi. Bu tindirgichlar bir-biridan vertikal to`siqlar bialn ajratilgan bo`lib, har bir tindirgichning tagiga minerallarni yig`ish uchunbunkerlar qo`yiladi, 1-tindirgichda katta va yirik materiallar, 2-tindirgichda o`rtacha kattalikdagi va zichlikdagi minerallar, 3-tindirgichda yengil va mayday minerallar, changlar loyqa bo`lib tindirgichdan (chiqindi sifatida) chiqib ketadi. Bu usul bilan silikat materiallar, mineral tuzlar, ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom ashyolar, metallurgiya rudalari hamda ko`mirlar bilan boyitiladi. Quruq gravitatsion boyitishda markazdan qochirma kuch prinsipi asosida ishlaydigan havo separatorlari qo`llaniladi. Separator konussimon ulangan silindr 1 dan iborat. Silindr ichiga konus 4 silindr o`rnatilgan bo`lib, u tarelka 5 va elektromotor yordamida harakatlanadigan qanotsimon ventilyator 6 bilan jihozlangan. Tarelka va ventilyator harakatga keltirilganda silindr ichida (strelka bilan ko`rsatilgan yo`nalishda) havo oqimi hosil bo`ladi. Maydalangan material aylanib turgan tarelkaga tushganda u ishki silindr kesimi bo`ylab sochiladi. Materialning mayda qismlari havo oqimi bilan tashqi va ichki silindr oralig`idagi bo`shliqqa chiqarib yuboriladi va ular tashqi silindr devorchalariga urilib, konus 2 orqali chiqib ketadi. I, II, III cho`ktirish kameralari. 1-og`ir (yirik) fraksiyani chiqarish. 2-o`rtacha fraksiyani chiqarish. 3-yengil (mayda donli) fraksiyani chiqarish (maydalangan qismlar). Yirik qismlar esa ichki silindrning o`ziga tushib, silindr 1 orqali chiqib ketadi va bu qism qayta maydalanib, yana boyitish jarayoniga kiritiladi. Download 87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling