Xom ashyo va yarim mahsulotlarning mahsulot tannarxidagi qismi
Tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan xom ashyo
Mahsulotning turi
|
1 tonna tayyor mahsulot uchun sarflanadigan xom ashyo, t
|
Ammiak (koks gazi asosida)
|
1,7
|
Atsetilselluloza
|
3,3
|
Kapron
|
7,4
|
Polietilen
|
3,0
|
Soda
|
2,7
|
Sintetik kauchuk
|
2,5-3,0
|
Fenol-formaldegid smola
|
2,3
|
Fosfor
|
16,5
|
Furfurol
|
22,2
|
Brom
|
20,0 dan ko`proq
|
Xom ashyo, yarim mahsulot, yordamchi materiallarni tashkil etadi. Bularni yuqoridagi jadvaldan ko`rish mumkin.
Darhaqiqat, ko`p birikma va materiallarni ishlab chiqarish uchun juda ko`p miqdorda xom ashyo sarflanadi. Buni yuqorida berilgan jadvaldan yaqqol ko`rish mumkin.
Shuning uchun ham sanoatda xom ashyo masalasi asosiy masalalardan biridir. Lekin sanoatning xom ashyosi haddan tashqari xilma-xildir.
Bu elementlarning Yer shari bo`ylab (quruqlik, suv, atmosfera) tarqalishi bir xil emas. Yer shari og`irligining yarmiga yaqinrog`i kislorod va 26% ini kremniy, 7,45% ini alyuminiy, 4,2% ini temir, xullas 9 element Yer shari og`irligining 98% ini tashkil qiladi, 2% ini esa qolgan 93 element tashkil etadi. Hayot uchun zarur bo`lgan uglerod Yer shari og`irligining atigi 0,35% ini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |