Korxonaning asosiy vazifasi – ijtimoiy extiyojlarni yuqori iste'mol sifatlariga ega bo’lgan mahsulotlar bilan kam sarf qilib ta'minlanishi, buning asosida butun jamoa farovonligi, korxona mulki egasi manfaatlarini ta'minlashga erishishdir. Bu vazifani amalga oshirish yulida korxona quyidagilarga erishishi lozim:
ishlab chiqarishning rivojlanishi va samaradorligi ortishi; uni har tomonlama jadallashtirish, fan-texnikani tarakkiy ettirish, mehnat unumdorligini oshirish, resurslarni tejash, foydani ko’paytirish;
jamoani ijtimoiy jihatdan rivojlantirish, ijtimoiy sohaning zamonaviy moddiy asosini shakllantirish, yuqori unumdor mehnat uchun imkoniyatlar yaratish, mehnatga qarab taqsimot tamoyilini amalga oshirish, atrof muhitni himoya qilish va yaxshilash;
mehnat jamoasining uz-o’zini boshqarish, har bir ishlovchini davlat, jamoa, xususiy mulkdan xaqqiy mulkdor sifatida foydalanishga kiziktirish, shuningdek, ularda jamoa va davlat ishlariga qiziqish uygotish.
Do'stlaringiz bilan baham: |