2-Mavzu: Korxona –kimyo va oziq-ovqat sanoatining asosiy bo’g’ini
Korxonalarni ta'sis etish va ruyxatga olish tartibi
Download 20.14 Kb.
|
2-мавзу маъруза
2.2. Korxonalarni ta'sis etish va ruyxatga olish tartibi
Korxona, odatda, mulk egasi yoki uning vakili bo’lgan tashkilot, korxona, muassasa qarori bilan, yo bulmasa, jamoa qarori bilan ta'sis etiladi. Korxona mulki egasi rozi bo’lgan holda va korxona tomonidan avval olingan majburiyatlarni bajargan holda, tashkilotlarning bir yoki bir necha bulinmasi shu bulinma jamoasi qarori bilan ajralib chiqishi mumkin. Korxonani ta'sis etish va uning faoliyatini yuritish uchun yer maydoni ajratish, zarur bo’lgan holda tabiiy resurslardan foydalanish uchun ruxsat tuman yoki shahar xoqimliklari tomonidan beriladi. Korxona davlat ruyxatidan o’tgan kundan boshlab ta'sis etilgan va yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan hisoblanadi. Davlat ruyxatidan utish tuman, shahar xoqimliklarida amalga oshiriladi. Korxona davlat ruyxatidan utkazilganligi tug’risida un kun muddat ichida moliya vazirligiga yagona davlat royxatiga kiritish maqsadida e'tibor beriladi. Korxona davlat ruyxatidan utish uchun hokimiyatga uni ta'sis etish tug’risida qaror, korxona nizomi va boshqa xujjatlar takdim etiladi. Agar korxona uch kun muddatda ruyxatdan utkazilmasa, yoki ruyxatdan utish rad qilingan takdirda, ta'sischi rad etish asoslanmagan deb hisoblagan holda u sudga murojaat etishi mumkin. Korxonani davlat ruyxatidan utkazish uchun qonunda kursatilgan miqdorda badal olinadi. Tuplangan mablaglar korxona ruyxatidan utgan shahar, tuman byudjetiga utkaziladi. Yangi ta'sis etilgan korxona yuridik shaxs hisoblanadi, uz shaxobchasini ochish, shuningdek joriy hisob rakamiga ega bo’lgan boshqa tashkiliy birliklar ta'sis etish huquqiga ega bo’ladi. Bunday bulinmalar va korxonalarni joylashtirish masalasi mahalliy hokimiyatlar bilan belgilangan tartibda hal etiladi. Korxona uz ta'sischisi tomonidan tasdiklangan nizom asosida faoliyat yuritadi. Korxona nizomida korxona nomi, manzili, faoliyat maqsadi, boshqaruv va nazorat tashkilotlari, ularning vakolatlari, korxona mulki shakllanishi va foyda (daromad)ni taqsimlash tartibi, korxonani qayta tashkil etish yoki faoliyatini to’xtatish, shartlari kursatiladi. Nizomda shuningdek, korxona faoliyati bilan bog’liq, qonunga zid bulmagan boshqa qoidalar ham kursatilishi mumkin. Download 20.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling