2-Mavzu: Korxona –kimyo va oziq-ovqat sanoatining asosiy bo’g’ini
Download 20.14 Kb.
|
2-мавзу маъруза
2.3. Korxona mulki
Korxona mulki, bu – uning asosiy aylanma fondlari hamda kiymati korxonaning mustaqil balansida aks ettirilgan boshqa boyliklardir. Korxona mulki nizomga muvofiq unga tulik mulkdorlik va egalik qilish huquqi bilan tegishli bo’ladi. Ta'sischilarning pul va moddiy badallari, mahsulot sotish va xizmat ko’rsatish, shuningdek, xo’jalik faoliyatining boshqa turlari natijalari; bank va boshqa kreditorlar karzlari; byudjetdan kapital quyilma va dotatsiyalar, tashkilot va fuqarolarning begaraz va xomiylik badallari, qonun tomonidan takiklanmagan boshqalar korxona mulki manbasi bo’lib xizmat qiladi. Korxona qonunchilikka muvofiq holda yer, suv, yer osti, urmon va boshqa tabiiy resurslarni kuriklash, tiklash va munosib ravishda foydalanish me'yorlari va talablariga uz faoliyatida amal qilish bo’yicha javobgarlikka ega. Korxona ishlab chiqarishni kengaytirish va takomillashtirish mehnat jamoasini ijtimoiy rivojlantirish maqsadida kushimcha mablaglarni jalb qilish uchun qimmatli kogozlar chiqarish huquqiga ega. Davlat korxona mulkiy huquqlarini himoya qilishni kafolatlaydi. Davlat tomonidan korxona asosiy va aylanma fondlari va boshqa boyliklarini faqat qonunda kursatilgan hollardagina tortib olinishi mumkin. Korxonaning mulkiy huquqiga fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat tashkilotlari tomonidan keltirilgan zarar sud qarori bilan qaytariladi. Davlat mulk kumitasi va uning rahbarligida to’zilgan joylardagi mulk kumitalari korxona mulkini xususiylashtirish bo’yicha qaror qabul qiladi va bu jarayonni tartibga soladi. Download 20.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling