2-mavzu. Korxonalarning tashkiliy-xuquqiy shakllari
Korxona biznes - rejasining mohiyati, tuzilishi va
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznes - reja
- Biznes rejani tayyorlashda quyidagi shartlarga diqqat qaratilishi kerak
Korxona biznes - rejasining mohiyati, tuzilishi va
vazifalari Tadbirkorlik faoliyatini rejalashda, xorijda biznes - reja keng qo’llaniladi, amaliyot esa shunga asoslangan. Biznes - rejani ishlash tartibi va tarkibi qat’iy chegaralanmagan, u asosan moliyaviy iqtisodiy faoliyatda yutuqlarga erishishga mo’ljallangan bo’ladi. Biznes - reja 3 – 5 yilga tuziladi. Birinchi va ikkinchi yillar uchun topshiriqlar kavrtallarga bo’lingan holda, uchinchi yildan boshlab esa yillik ko’rsatilishi mumkin. Jahon amaliyotida biznes rejalarning 5 bo’limdan, to 18 bo’limgacha variantlari mavjud. Biznes rejalar ikki xil maqsadga tuzilishi mumkin. Birinchidan, investorlar uchun ya’ni, loyihani amalga oshirish jarayonida tadbirkorning shaxsiy mablag’lari yetarli bo’lmasligi mumkin. Bu holatda ular mulkdorlarning bo’sh mablag’laridan foydalanishga majbur bo’ladi. Loyihaning samarasi biznes rejalarda asoslangan bo’ladi. Bunday biznes rejalar nisbatan qisqa bo’lib, korxonaning nozik tomonlarini o’zida to’la aks ettirmaydi. Ikkinchidan – korxona rahbarlari uchun tuziladi. Bu biznes rejalar oldingiga nisbatan kengroq ma’noni anglatadi. Ishlab chiqarishdagi muhim masalalarga ham ehtibor beriladi. Biznes rejani tayyorlashda quyidagi shartlarga diqqat qaratilishi kerak: 1. Biznes reja qoliplashgan bo’lishi kerak, tarkibi va tashqi ko’rinishiga xukm chiqarish, tadbirkorlar vazifasiga kiradi. Bu xujjat tezda tushunish va foydalanish uchun yetarli darajada bo’lishi kerak. 2. Biznes reja boblarga bo’linishi kerak. Albatta birinchi bo’limda tadbirkorlik ishi va maqsadi vazifasi yoritilishi kerak. Biznes reja shunday tuzilishi kerakki, har qanday investor uni qiziqtiruvchi bo’lim, qism punktlarini oson topishi kerak. Ushbu maqsadda har bir bo’lim va boblarda kerakli vazifalar ko’zda to’tilishi kerak. Berilgan ma’lumot ktarli, to’liq va ko’rinuvchan, qabul qilish osonlashishi uchun jadvallar, sxemalar, diagrammalar, profillardan foydalanilishi zarur. 3. Biznes - reja ob’ektiv baholanishi kerak. Hammadan ham buni tadbirkor jamoalarni barcha a’zolari bilan tanishtirish kerak. Hisobchi yoki bosh hisobchi moliyaviy hisoblarni sinchiklab tekshirishi kerak. Imkoniyatiga qarab biznes rejaga xulosani auditor berishi zarur. Boshqa so’z bilan aytganda, xech bir potentsial investor biznes rejadan qandaydir xato topa olmasligi ehtibor beriladi. 4. Biznes rejaning tarqalib ketishini nazorat qilishi zarur, chunki u biznesda tadbirkorlar yoki tadbirkorlar guruhini ichki sir axborotlaridan tashkil topadi. SHuningdek har bir nusxasi nomerlanadi. Har kanday holatda ham potentsial investor bilan birinchi marta topishganida, unga qisqa ma’lumot yoki berilgan hisobot va agar investor o’zini qiziqishini bildirsa, shu taqdirda unga detallashgan rejani ko’rsatish mumkin. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling