2-mavzu. Korxonalarning tashkiliy-xuquqiy shakllari


Ishlab chiqarishning ommaviy turi


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/28
Sana31.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1735489
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
Ishlab chiqarishning ommaviy turi. Ommaviy ishlab chiqarish bir xildagi 
mahsulotni uzluksiz ravishda uzoq davr davomida ko’plab va takroran ishlab 
chiqarish bilan xarakterlanadi. Uchastkada, liniyada, ish joyida ishlab chiqarish 
jarayoni qat’iy ravishda qaytariladi. Bunday korxonalar dam-badam bir yoki ikki 
xil mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. 
Ishlab chiqarishning ommaviy turi quyidagi asosiy xususiyatlari bilan 
xarakterlanadi: 


− 
mahsulotning uncha ko’p bo’lmagan nomenklaturasini doimiy 
ravishda ko’plab ishlab chiqarish; 
− 
doimiy ravishda biriktirilgan bitta operatsiyani bajarish uchun ish joyini 
ixtisoslashtirish; 
− 
maxsus uskunalar va yuqori unumli anjomlarning ulushini ma’lum 
darajada ko’paytirish; 
− 
mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan jarayonlarning ulushini 
ko’paytirish va qo’l mehnati bilan bajariladigan ishni keskin kamaytirish; 
− 
ishlab chiqarish jarayonini qisqartirish (seriyalab ishlab chiqarishga 
nisbatan); 
− 
ishlab chiqarishni boshqarish funktsiyasini markazlashtirish va operativ 
rejalashtirish. 
Korxona ishining iqtisodiy samaradorligini oshirish ko’p jihatdan o’ziga xos 
har xil tipdagi ishlab chiqarish bilan aniqlanadi va yanada ilg’or texnologiyani 
joriy qilish va ishlab chiqarishni tashkil etish bilan belgilanadi. Masalan, donalab 
ishlab chiqarishda korxonalarning maxsus qayta qurollanishiga ketadigan 
xarajatlarning tannarxdagi ulushi 1,5-2,5 foizni, seriyali turida 5-6,0 foizni va 
ommaviyda esa 8-12 foizni tashkil etadi. 
Korxonalarda qo’llaniladigan ishlab chiqarishning hozirgi zamon usullari 
quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi: a) uzluksiz (potok); b) partiyalab va v) donalab 
ishlab 
chiqarish. 
Bularning 
bir-biridan 
farqi 
ish 
joyini 
ixtisoslashtirish darajasi, mehnat buyumlarining ish joyidagi xarakat usuli, Sex va 
uchastkalarning qurilish usullari, ritmlilik va uzluksizlik darajasi bilan belgilanadi. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling