2-mavzu. Marketing axboroti va marketing muhiti, bozor va iste’molchilarni o’rganish va bozor segmentatsiyasi reja


Download 118.49 Kb.
bet15/33
Sana27.10.2023
Hajmi118.49 Kb.
#1727180
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
Bog'liq
Maruza 2

Ta’minotchilar – bu korxonaning aniq tovar ishlab chiqarishi uchun zarur bo’ladigan xom-ashyo materiallari, jihozlar va texnik vositalar bilan shartnomaga binoan ta’minlab turuvchi firmalar va ayrim shaxslardir. Korxonaning u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarishi uchun zarur bo’lgan xom ashyoning o’z vaqtida yetkazib berilmasligi bu korxonaning samarali faoliyat ko’rsatishiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.
Vositachilar – bu mahsulotlarni siljitish, tarqatish va sotishda firmalarga yordam ko’rsatuvchi bozor subyektlaridir. Vositachilar savdo va transport korxonalari, sotish bilan shug’ullanuvchi firmalar va moliya korxonalari bo’lishi mumkin.
Savdo va transport vositalari mijozlarga tovarlarni sotib olish va tashish joyi, vaqti bo’yicha qulay xizmat ko’rsatib, buyurtmachilarning bu boradagi sarf xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi. Marketing xizmati ko’rsatish bo’yicha vositachilar esa, marketing tadqiqotlari o’tkazish, reklama ishlarini tashkil etish, shu tovarlarga mos bozorlarga siljitish vka hokazolar bo’yicha yordam ko’rsatadilar. Moliya vositachilari sifatida banklar, kredit va sug’urta kompaniyalari xizmat ko’rsatadilar.
Har qanday firma o’z faoliyati jarayonida turli xil raqobatchilar bilan munosabat yuritishlariga to’g’ri keladi. Raqobatchilar deganda ma’lum bir firma faoliyat yuritayotgan bozorlarda xuddi shunday mahsulotni sotishda ishtirok etayotgan korxonalar tushuniladi. Bunday korxonalar orasidagi kurash haqqoniy raqobatga, ba’zan esa g’irrom raqobatga ham asoslangan bo’lishi mumkin. Haqqoniy raqobatga asoslangan kurash deganda tannarxni pasaytirish, mahsulot sifatini oshirish, qo’shimcha xizmatlar sektorini kengaytirish va zamonaviy marketingning boshqa usullarini qo’llash natijasida boradigan kurashni tushunamiz. G’irrom raqobatga asoslangan kurash deganda esa demping, korrupsiya, shantaj, shuningdek, ikkinchi tomonni xom ashyo, ish kuchi va ta’minotchilardan mahrum etish yo’llari bilan olib boriladigan kurashlar tushuniladi. Rivojlangan mamlakatlarning ko’pchiligida raqobatchilar orasidagi kurash haqqoniy raqobatlarga asoslanganligi bilan alohida diqqatga sazovordir.
Iste’molchilar – bular mazkur firma mahsulotining xaridorlari hisoblanadigan jismoniy va huquqiy shaxslardir. Iste’molchilar jinsi, yoshi, malakasi, ehtiyojlari tarkibi, daromadlari bo’yicha ma’lum guruhlarga birlashtiriladi. Bozordagi hatti-harakatlarning strategiyasi jihatidan iste’molchilar bir-biridan farq qiladigan besh turga bo’linadi. Bular yakka iste’molchilar, oilalar yoki uy xo’jaliklari, vositachilar, ta’minotchilar, davlat va jamoat korxonalarining mas’ul shaxslari yoki xodimlaridir.
Aholining tovarlarni faqat o’zining shaxsiy ehtiyoji uchun sotib oladigan qismi yakka iste’molchilar deb yuritiladi. Oilalar yoki uy xo’jaliklari, asosan oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini o’z ro’zg’ori ehtiyoji uchun xarid qiladilar. Vositachilar esa ancha professional xaridorlardir, asosan ular tovarlarni qayta sotib foyda olish maqsadida sotib oladilar. Shu sababli ular tovar narxiga, uning o’rab joylanganligiga, bezagiga, saqlanish muddatlari kabi omillarga katta e’tibor beradilar. Ta’minotchilar firmaning xodimlari hisoblanib, ular tovarlarni moddiy-texnika ta’minoti uchun sotib oladilar. Davlat va jamoat muassasalarining mansabdor yoki javobgar shaxslari esa o’zlarining mablag’larini emas, balki jamoa mablag’larini tovar sotib olishga sarflaydilar.
Makromuhit asosan oltita asosiy kuchlardan tashkil topadi. Quyidagi 5.1-rasmda korxonaning makromuhiti keltirilgan.
Demografik muhit. Aholining uning soni, zichligi va hokazolar nuqtai nazaridan o’rganadigan fan Demografiya deb yuritiladi. Marketing bilan shug’ullanuvchilar uchun demografik muhit katta qiziqish uyg’otadi, zero bozor odamlardan tashkil topgandir. Hozirgi kunda aholi soni tez sur’atlar bilan o’sib bormoqda va dunyo aholisi 6 mlrd kishini tashkil etadi.





Download 118.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling