6.Marketingkorxonaning uzoq muddatli natijaviylikka yo’naltirilgan-ligini ko’zda tutadi. Marketing tadbirlarini rejalashtirish va realizatsiya qilish faoliyatining uzoq davrini talab qiladi. Avval savdo bozori sinchiklab tahlil qilinadi, keyin mos keluvchi mahsulotlar ishlab chiqariladi, bozorga joriy etiladi.
7. Firmaning hamma xodimlari uchun marketingga xos fikr-mulohazalarning zarurligi Firma rahbariyati shunday tashkiliy madaniyatni shakllantirishi kerakki, unga ko’ra firmaning hamma ishchilari o’zaro kelishgan holda mehnat qilishlari, kompaniyaga nisbatan rivojlangan vatanparvarilk tuyg’usiga ega bo’lishlari, jamiyatning muhim muammolarini yechishdagi uning rolidan faxrlanishlari, mijozlarni hurmat qilishlari zarur.
Marketing prinsiplari:
1. Bozor konyunkturasi, talab dinamikasi holatini hamda iste’mol qarorini qabul qilish hisobi
2.Bozor talablariga maksimal darajada ishlab chiqarishni tashkil etish uchun sharoit yaratish.
3. Iste’molchilarga aynan shu tovarlarni sotib oldirish maqsadida ularga ta’sir o’tkazish.
Professor E.P. Golubkov marketing faoliyatining quyidagimaqsadlar strukturasini taklif etgan:
Samarali marketing siyosatini yuritish orqali kompaniya maqsadlariga erishish.
Alohida bozorlarva tovarlar guruhiga yo’naltirilgan maqsadlar.
Marketing kompleksining alohida elementlariga yo’naltirilgan maqsadlar, narx, sotishni tashkil qilish, iste’molchiga samarali yo’llar bilanyetkazib berish.
Maqsadlar iyeraxiyasi
|
Maqsadlar ko’rsatkichlari
|
Bozorni egallash
|
bozor ulushi, tovar aylanmasi uning ahamiyati va roli yangi bozorlarni egallash (qamrash).
|
Rentabellik
|
Foyda, aylanmaning rentabelligi, o’z kapitalining rentabelligi, umumiy kapital rentabelligi
|
Moliyaviybarqarorlik
|
Kredit qobiliyati, likvidlilik, o’z-o’zini moliyalash darajasi, kapital tarkibi
|
Ijtimoiy maqsadlar
|
O’z ishidan qoniqish, daromad va ijtimoiy himoya darajasi, ijtimoiy integratsiya, shaxsning rivojlanishi
|
Bozordagi mavqei
|
Mustaqillik, imij, siyosiymuhitgamunosabat, jamoae’tirofi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |