Shunday qilib F. Teylor “boshqaruvning mumtoz maktabi” ni yaratishga asos soldi. U yaratgan boshqaruv maktabi faqat Amerikada emas, balki evropaning boshqa mamlakatlarida ham turli nazariya va oqimlar ko`rinishida rivojlanib bordi. F.Teylorning zamondoshi va ishining davomchisi amerikalik iqtisodchi G.Emerson mehnatni ilmiy tashkil qilish bo`yicha yirik mutaxassislardan bo`lib , u boshqarish va mehnatni tashkil qilishning kompleks, sistemali tizimini ishlab chiqqan. Uning “Mehnat unumdorligining 12 printsipi” nomli asarida yoritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |