Teylor va gilbertlar oddiy ishchidan muvafaqqiyatga erishib, shuxrat qozonib, martabaga minganlar. Aynan shu tajriba ularning boshqaruv tug`risidagi tushunchalariga keskin ta`sir etgan. Ulardan farqli o`laroq. Mumtoz ma`muriy maktabning asoschilari: Yirik biznes sohasida mashhur boshqaruvning yuqori bo`g`inida esa yuksak tajribali amaliyotchi rahbarlar bo`lishgan. Ularni tashvishlantirgan bosh masala – bu umumtashkilot miqyosida samaradorlikka erishish bo`lgan. Shunday maqsad quyilgan bo`lsa-da, ular boshqaruvning sotsial jihatlariga unchalik e`tibor berishmagan, ustiga-ustak ularning ishlari shaxsiy tuzatuvlar doirasidan chiqmagan. Shu sababli ularning yondoshuvlari ilmiy usulologik asosga ega bo`lmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |