Bunda masalan, nisbiy ish haqining maxsus tizimi oqilona fikr asosida qo`llanilib, unga ko`ra berilgan normani bajargan ishchilarga tarif stavkalari va koeffisentlar oshirilar (8-band), uni bajara olmagan ishchilarga esa stavkalari 20-30 % pasaytirilib, jarima solingan. Shu bilan birga berilgan vazifani yuqori darajada bajarilishi uchun sharoit ham yaratilgan. 2.3.Mumtoz menejment namoyondasi A.Fayol olg`a surgan tamoyillari. “Ilmiy menejment” namoyondalari o`z ilmiy ishlarini asosant korxona, tashkilot. Boshqaruvini takomillashtirishga bag`ishlashgan. Ular boshqaruvning quyi darajasida masalalar bilan, ya`ni faqat ishlab chiqarish darajasidagi boshqaruv bilan shug`ullanishgan. Ma`muriy maktabning vujudga kelishi munosabati bilan mutaxassislar endi umumtashkilot darajasidagi boshqaruv muammolari bilan shug`ullana boshladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |