2-mavzu. Milliy dinlar


Download 150.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana31.01.2024
Hajmi150.94 Kb.
#1831446
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu. Milliy dinlar



2-mavzu. Milliy dinlar 
 
Reja: 
1.
Yahudiylik dinining vujudga kelishi va ta’limoti.
2.
Veda va Veda dinlari.
3.
Konfutsiychilik. Daosizm.
4.
Zardushtiylik. 
Yahudiylik dinining vujudga kelishi va ta’limoti.
Yahudiylik dini yahudiy (Isroil) xalqining yakka xudolikka asoslangan dinidir. Bu 
dinning nomi yahudiylarning yahudo qabilasi nomidan olingan.
Yahudiylik dinining paydo bo’lishi jarayoni uzoq tarixiy davrni o’z ichiga oladi va 
uning asosida yahudiylikning yagona davlatga birlashishiga intilishlari yotadi.
Yahudiy qabilalari dastlab ko’chmanchi tarzda yashaganlar.
Miloddan avvalgi XIII asrda Yuqori Mesopotamiyada yashagan yahudiylar 
Falastinni bosib olganlar.
Mana shu tarixiy davrlardan dastlabki yakka xudolik dinlaridan biri-yahudiylik 
dinining shakllanish jarayoni boshlanadi. Yahudiylik dinining taraqqiyoti, uning 
bugungi ko’rinishda shu kungacha yetib kelish tarixi-yahudiy xalqining o’z 
boshidan kechirgan og’ir tarixiy sinovlari bilan bevosita bog’liqdir. Shu jihatdan 
olganda, yakka xudolikka asoslangan yahudiylik dinining taraqqiyot jarayoni bir 
necha davrlarga bo’linadi.
Xususan, bu dinning shakllanish davri-Falastin davri deb ataladi.
Falastin bosib olingandan so’ng yahudiylar o’troqlik hayot tarziga o’ta 
boshlaganlar. Miloddan avvalgi X asrga kelganda esa yahudiy xalqi tarixida yirik 
tarixiy voqea yuz berdi. Ya’ni, tarixda ular birinchi bor o’z davlatlariga ega 
bo’ldilar.
Bu davlatning vujudga kelishida yahudiylarning yahudo qabilasi asosiy rol 
o’ynagan. Bu qabila dastlabki podsholik sulolasiga asos solgan. Birinhci bor 
mamlakatni birlashtirib, Isroil-Yahudiya davlatini barpo qilgan shaxs-Dovuddir 
(1004-965). Barcha yahudiylar endilikda yagona xudo-yahudo qabilasining xudosi 
Yahvega sig’inadigan bo’lganlar. Shu tariqa, miloddan avvalgi X asrdan boshlab 
yahudiylik dini umumdavlat diniga aylangan.
Yahudiy davlati podshosi Solomon (Sulaymon) miloddan avvalgi X asrda 
hashamatli Yahve ibodathonasini qurdirgan.
Yahudiylik ta’limotiga ko’ra Muso bu dinning payg’ambaridir. Xo’sh Muso qay 
tariqa bu din payg’ambariga aylangan? Bu masala yahudiylik muqaddas kitobida 
quyidagicha talqin etiladi:
Isroil (yahudiy) xalqi Imromdan (Oliy Otadan) boshlanadi. “Isroil” so’zi 
Imromning nevarasi Ya’qubning ikkinchi nomi bo’lib, u “Xudo bilan kurashgan” 
degan ma’noni anglatadi. Ya’qub tushida xudo bilan olishgani uchun shunday nom 
bilan atalgan.
Xudo Ibrom bilan ahdlashgan va unga bunday degan: ”Sening isming endi Ibrom 
emas, balki Ibrohim (ko’pchilik otasi) bo’ladi… Sening urug’ingdan podshohlar 


kelib chiqadilar. Men sen bilan va sendan keyingi avlodlaring bilan nasldan-naslga 
o’tib, barqaror bo’ladigan abadiy ahdimni tuzaman. Sening va sendan keyingi 
ajdodlaringning xudosi Men bo’laman. Endi sen va sendan keyin tug’iladigan 
barcha avlodlaring ham Mening ahdimga rioya qilib yuringlar.
Senga va sendan keyingi avlodlaringga quyidagi ahdga rioya qilishingizni 
buyuraman: orangizdagi har bir erkak xatna qilinsin”.
Xudo Ibrohim va uning avlodlariga Misr daryosidan Yefrat daryosigacha bo’lgan 
hududlarni abadiy mulk qilib bergan. Shuningdek, ularga boshqa xalqlar vakillari 
bilan tuziladigan nikohni man etgan.
Ibrohim vafot etgach, uning butun mol-mulki o’g’li Ishoqqa qolgan.
Ishoqning egizak-Isav va Ya’qub nomli o’g’illari bo’lgan. Bu ikki o’g’il 
otalarining merosi xususida o’zaro dushmanga aylanganlar. Natijada, nohaq 
Ya’qub qochib ketgan. Isav esa amakisi Ismoilning oldiga borgan va uning qiziga 
uylangan.
Ya’qubning 12 nafar farzandi bo’lgan Bu 12 farzand ichida Ya’qub uchun eng 
suyuklisi Yusuf bo’lgan. Shuning uchun ham boshqa aka-ukalari uni yomon 
ko’rganlar va kunlardan bir kuni uni savdogarlarga sotib yuborishadi. Otasiga esa 
uni yirtqich hayvonlar yeb qo’ydi, deb aytganlar.
Savdogarlar Yusufni Misrda bir podsho saroyiga sotib yuborganlar. Oxir-oqibatda, 
taqdir taqozosi bilan Yusuf Misrda Fir’avnning ishonchli odamiga aylangan. 
Bunga uning tush ta’biri va hisobni yaxshi bilish qobiliyati sabab bo’lgan.
Oradan yillar o’tgach, yahudiylar yurtida ocharchilik boshlangan. Ular non izlab 
Misrga borganlar. Misr Fir’avni Yusufning bashoratiga amal qilib, 7 yilga 
yetadigan g’allani g’amlab qo’ygan edi. Shu tariqa yahudiylar Misrga kelib 
qolganlar.
Oradan 50 yil o’tgach, Yusuf vafot etgan. Biroq yahudiylar ichidan uning o’rnini 
bosadigan boshqa shaxs chiqmagan. Ayni paytda, Fir’avnlar chet elliklarning 
ko’payib borishidan ham qo’rqqanlar. Endilikda yahudiylar ta’qib ostiga olingan, 
hatto yangi tug’ilgan chaqaloqlarigacha o’ldirila boshlangan.
Yahudiylar butunlay qirilib ketish havfi yoqasiga kelib qolganlar. Endi yahudiylar 
uchun ikki yo’l qolgan: yo qul bo’lib qolish, yo ixtiyoriy asirlikdan qutulish 
choralarini ko’rish. Yahudiylar ikkinchisini istar edilar. Biroq, ular o’z kuchlari 
bilan asirlikdan ozod bo’la olmas edilar. Shunday paytda xudo ularga xaloskor 
yuborgan. Bu xaloskor Muso edi. Muso yahudiylarni Yahve (Allohning Tavrot 
kitobidagi ismi) yordamida Misrdan olib chiqib ketgan. Yahve Musoga Sino 
tog’ida dastlab 10 vasiyat bitigini taqdim etgan. So’ng unga yahudiylik dinining 
boshqa muqaddas kitoblari ham yuborilgan.
Muso Yahvening so’zi-muqaddas kitoblar mazmunini yahudiylarga yoya 
boshlagan. Shu tariqa Yahve yahudiy xalqini ikkinchi marta tanlagan. (Birinchi 
marta Ibrohim bilan ahdlashuv tuzgan, deb ta’lim beradi, yahudiy ruhoniylari).
Bu dinning ham o’z muqaddas kitoblari mavjud. Bular “Bibliya” (Qadimgi Ahd 
qismi) va “Talmud” (“O’rganish”) kitoblaridir.
“Bibliya” ikki qismdan-“Qadimgi Ahd” va “Yangi Ahd”dan iborat. Bibliyaning 
“Yangi Ahd” qismi-xristianlik dinining kitobi hisoblanadi.


“Bibliya”ning yahudiylik dini kitobi hisoblanadigan qismi “Qadimgi Ahd” deb 
ataladi.
“Qadimgi Ahd” (Ahd so’zi-xudo bilan ahdlashuv,kelishuv degan ma’nolarni 
anglatadi) 39 kitobdan iborat. Ularning dastlabki beshtasi “Musoning besh kitobi” 
deb ataladi va ular quyidagicha nomlanadi:
1) Borliq; 2) Chiqish; 3) Loviy; 4) Sonlar; 5)Ikkinchi qonun.
Borliq” kitobi (Ibtido)-bu, olamning va insonlarning xudo tomonidan yaratilgani; 
jannat. Unda dastlabki odamlarning hayoti, ularning gunoh ishlari va shu tufayli 
jannatdan haydalganlari; insoniyatning ko’payishi va qadimgi tarixi, butun dunyo 
suv toshqini, undan Nuh oilasining qutulib qolishi; yahudiy xalqi urug’ boshliqlari 
(Ibrohim, Ishoq, Ya’qub, Yusuf) hayoti, yahudiylarning Misrga ko’chib borishi 
haqidagi kitobdir.
Chiqish” kitobi-yahudiy qonunshunosi Musoning hayoti va faoliyati, uning 
yahudiylarni Misr qulligidan ozod etishi, shuningdek, xudoning Musoga bergan 10 
vasiyati haqidagi kitob.
Loviy”-oilaviy hayot haqidagi kitob.
Sonlar” kitobi-qonunchilik va yahudiylarning Misrdan olib chiqib ketilgan 
davrdan to Falastinni bosib olgunlariga qadar bo’lgan tarixiga bag’ishlangan.
Ikkinchi qonun”-bu, diniy qonunlar kitobidir.
Bu besh kitob bitta nom bilan-“Tora”(Qonun) deb ham ataladi. U yahudiylik diniy 
ta’limotining asosi hisoblanadi. “Qadimgi Ahd”ning ikkinchi va uchinchi qismlari 
“Payg’ambarlar” va “Yozuvlar” nomi bilan ma’lum. Yahudiylikning ikkinchi 
kitobi “Talmud”dir(“O’rganish”).
Talmudning yozilishiga nima
sabab bo’lgan?
Ma’lumki, milodning boshlarida nurab borayotgan qadimgi Rim imperiyasi 
hududida yangi din-xristian dini zo’r kuch bilan yoyila boshlagan. Bu hol 
yahudiylar oldiga o’z dinlarini saqlab qolish vazifasini qo’ygan.
Bu vazifani birgina Tavrot kuchi bilan hal etib bo’lmas edi. Shu tariqa Tavrotning 
yangi sharoitdagi ham yahudiylik, ham xristianlik tarqalayotgan sharoitdagi talqini 
- Talmud yaratilgan.
Bu kitobda yahudiylik dinining aqida va marosimlari, urf-odatlari bayon etilgan.
Yahudiylikda besh oqim-uch qadimiy va ikki zamonaviy oqim bor. Qadimiy 
oqimlarga Sadduqiylar, Farziylar va Yesseylar oqimi, zamonaviy oqimlarga 
keyinroq tashkil topgan masonizm va sionizm oqimlari kiradi.

Download 150.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling