2-mavzu. Milliy dinlar


Download 150.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana31.01.2024
Hajmi150.94 Kb.
#1831446
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu. Milliy dinlar

Sadduqiy oqimining nomi miloddan avvalgi o’n birinchi asrlarda yashab o’tgan 
Dovud payg’ambar davrida yashagan ruhoniy Sadduq ismidan olingan. O’sha 
paytlarda mansabdor ruhoniylarning ko’pi sadduqiy bo’lganlar. Ular faqat Tavrot 
kitobining tarkibiga kiruvchi Muso payg’ambarning besh kitobini tan olganlar. Bu 
kitobda oxirat va qiyomat haqida hech narsa deyilmagani uchun sadduqiylar oxirat, 
qiyomat va o’lganlarning qayta tirilishiga ishonmaganlar.
Farziy degan nom qadimiy ibroniy tilidagi “tushuntirish”, “ajratib ko’rsatish” 
so’zidan olingan. Farziylar muqaddas manba sifatida Muso qonuni va boshqa 
payg’ambarlarning muqaddas bitiklarini, hatto o’zlarining urf-odatlarini ham qabul 
qilganlar va ularning hammasiga sinchkovlik bilan amal qilganlar. Ular 


qiyomatning albatta yuz beriishiga va o’lganlarning qayta tirilishiga, u dunyoda 
hisob-kitobning bo’lishiga ishonganlar.
Yesseylar. Miloddan avvalgi ikkinchi va milodning birinchi asrlarida Quddusdagi 
ko’pgina ruhoniylar Xudo talab qilgan tarzda yashamas edilar. Undan tashqari 
rimliklar diniy mansablarga nomunosib shaxslarni tayinlar edilar. Bundan norozi 
bo’lgan bir guruh ruhoniylar Quddusni tashlab sahrolarga bosh olib ketishgan va 
o’sha yerlarda o’z jamoalarini tashkil etganlar. Ularni Yesseylar deb atashgan. Ular 
dualizm g’oyalari-ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi kurashning muqarrarligiga
pirovardida ezgulikning g’olib chiqishiga va taqdirga ishonganlar. Mulkning 
umumiy bo’lishiga va asketizmni targ’ib qilganlar.
Veda va veda dinlari. 
Vedalar dini miloddan avvalgi I ming yillikda Hindiston aholisi ko’pchiligi e’tiqod 
qilgan din bo’lib, unda dastlab tabiat hodisalari ilohiylashtirilgan. Vedalar dinida 
ularning xudolari ilk bor tabiat kuchlari va hodisalari inson qiyofasiga o’xshatib 
tasavvur etilgan: Agni-olov xudosi, Indra-atmosfera, yomg’ir va momoqaldiroq 
xudosi, Sur’ya-quyosh, Varuna(D’yaus) - osmon, Soma - oy hamda kayf 
qildiradigan ichimliklar xudosi, Britra-qurg’oqchilik xudosi. Bulardan tashqari 
ularning Mitra, Adita, Vishnu, Krishna va h.k. kabi xudolari bor.
Ijtimoiy tengsizliklar kuchayganidan keyin, xudolarning vazifasi va ahamiyatlari 
ham o’zgardi, chunonchi: Indra urush xudosiga, Varuna oliy hakam va adolat 
posboniga aylandi. Keyinchalik Indra xudolar podshohiga va Yerdagi xudolar 
homiysiga aylangan.
Bu dinda xudolarga qurbonlik qilish, sig’inish asosiy ibodat hisoblanib, xudolarga 
ovqat, hayvonlar, maxsus ichimliklar (soma) ehson qilish va boshqa rasm-
rusmlarni bajarishdan iborat bo’lgan.
Dastlab alohida ruhoniylar va ibodatxonalar bo’lmagan. Keyinchalik kohinlar, 
ularning yuqori tabaqalari-brahmanlar kelib chiqdi. Ruh, narigi dunyo ruhlari, 
xudolari orasidan joy oldi va ular bilan birga Yerdagi insonlardan qurbonliklar 
qabul qiladigan bo’ldi. Gunohkorning ruhi esa duzahga(naraka)ga tushadi, ularga 
Yama xudosi jazo belgilaydi.
Bu dinda ijtimoiy adolatsizlik Xudo tomonidan abadiy o’rnatilgan tartibdir deb 
e’tirof etiladi.
Vedalar dinidan keyinchalik brahmanlik dini kelib chiqdi.
Vedalar (Sanskritcha) “muqaddas bilim” degan ma’noni bildiradi.
Eramizdan taxmiman bir yarim, ikki ming yillar avval Hindistonga bizga 
noma’lum sabablarga ko’ra Shimoldan yerlik aholidan tillari va ranglari bilan farq 
qiluvchi xalqlar kirib kela boshladilar. Ular Yevropa tillariga o’xshash bo’lgan 
sanskrit tilida so’zlashar, o’zlarini oriylar, ya’ni aslzodalar deb atar edilar. Ular 
o’zlari bilan birga muqaddas bitiklari-yozuvlarini ham olib keldilar. U bitiklar 
sanskrit tilida “muqaddas bilim”, “muqaddas bashorat” degan ma’noni bildiruvchi 
“Vedalar” deb atalar edi. Bu so’z ayni mahalda “muqaddas kitob”, “oliy 
donishmandlik” degan ma’nolarga ham ega bo’lgan.
Vedalar tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir qancha kitoblar kirgan bo’lib, ular 
ibodat, marosimlar, falsafiy ta’limotlar, tarixiy axborotlarni o’z ichiga olgan. 
Vedalarning boshqa muqaddas kitoblardan farqli tomoni shunda bo’lganki, ular 


nihoyasiga yetkazilmagan va oxiri ochiq-tamomlanmagan holda qolgan. Unga 
keyinchalik ruhoniylar tomonidan ham qo’shimchalar qo’shish imkoni bo’lgan. 
Shuning uchun keyinchalik bu yozuv-bitiklar juda ham kengayib ketdi. Ammo bu 
muqaddas bitiklarning asosiylari to’rtta-“Rig” veda, “Yajur” veda, “Sama” veda va 
“Atxarba” veda bo’lgan.
Upanishad (sanskritcha) ustozning yonida haqiqatni bilish uchun o’tirmoq degan 
ma’noga ega bo’lib, Vedalarga yozilgan diniy-falsafiy izohlardir. Upanishadlar 
miloddan avvalgi VII-III asrlardan boshlab, milodiy XIV-XV asrlargacha tuzib 
borilgan, 250 ga yaqin asarlar kiritilgan. Upanishadlar nasriy va she’riy uslubda 
yozilgan dastlabki va so’nggi izohlarga bo’linadi.
Upanishadlarning asosiy vazifasi brahmanlik va buddaviylikka asos bo’lgan bir 
qancha g’oyalar, xususan, insonlarga yomonlikni ravo ko’rmaslik, chunki 
hayotning o’zi azoblardan iborat ekanligi haqidagi ta’limotni asoslab berishdir. 
Bunda inson umrining o’zi qurbonlikdir degan tasavvur olg’a suriladi. Yakka jon 
va ilohiy jonning qo’shilishi to’g’risidagi ta’limot, yakka tug’ilishlar zanjiridan 
xalos bo’lish aqidasini vujudga keltiradi.
Upanishadlarda Brahma oliy ibtido, jism va hodisalar asosi va sababi, barcha 
borliqning boshi va oxiri deb talqin qilinadi (Brahma-qiyofasiz xudo, mutlaq 
kuch). Barcha narsalar o’shandan paydo bo’lgan, o’sha bilan yashaydi va o’lgach, 
yana o’shanga qaytadi. Barcha narsalar Brahmadir, Brahma esa Atmandir deyiladi 
(Atman-nafas, ruh, jon, umumiy-ilohiy jon). Shunday ekan, aytishimiz mumkinki, 
barcha narsalar xudodir, xudo esa nafas, ruh, jon, umumiy jondir.
Bu ta’limotga ko’ra, moddiy dunyo, jumladan, inson ham, atman-brahmadan 
paydo bo’lgan va yana o’shanga aylanadi, insonning joni avvalgi mohiyatiga 
butunlay qaytib, u bilan yana qo’shilib ketadi.
Har bir inson ilohiy kuch tomonidan belgilangan hayot kechirish tarzi-qonuniga 
muvofiq yashashi kerak, kimki bu qonunni buzsa, uning joni kelgusida biron 
hayvon yoki hashorat tanasida qayta dunyoga keladi, bu qonunni buzmagan 
odamning joni esa kelgusida yuqori tabaqa vakillariga mansub inson tanasida qayta 
paydo bo’ladi, deb ta’lim beriladi. Insonning yashashdan maqsadi ham ana shunda 
deb tushuntiriladi.
Upanishadlar keyingi davrlarda shakllangan barcha hind falsafiy tizimlar
maktablar va ularning vakillari dunyoqarashlariga o’z ta’sirini ko’rsatgan.

Download 150.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling