2-mavzu. Milliy dinlar


va ahloq asoslarini tashkil etadi


Download 150.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana31.01.2024
Hajmi150.94 Kb.
#1831446
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu. Milliy dinlar

va ahloq asoslarini tashkil etadi.
Zardusht butun borliq, olam, hamma narsa ibtidoiy va abadiy iloh Axura 
Mazdadan kelib chiqqan deb uqtiradi. Shuning bilan birga, Zardusht yovuz ruh, 
ya’ni o’z tabiatiga ko’ra harom va buzuqlik, bag’ritoshlik, razillik ramzi bo’lgan 
Ahrimanni insonlarga ta’riflab beradi. Yomonlikni ifodalovchi shafqatsiz, qabih 
Ahriman yovuzlik, iblis, hamma yaxshi narsalarni inkor etuvchi ruh, yolg’onchilik, 
adolatsizlik, o’zboshimchalik va o’lim homiysi bo’lib, doim buzg’unchilik bilan 
shug’ullanadi, odamlarni yo’ldan uradi va Axura Mazdaga qarshi ish olib boradi. 
Ular o’rtasidagi kurash abadiy, dunyo turguncha davom etadi. Pirovardida Axura 
Mazdani yo’q qiladi. Hayotdagi turli o’zgarishlar qaysi kuchlarning g’alaba 
qilishiga bog’liq. Shunga ko’ra inson ham tana, ham ruhning qarama-qarshiligidan, 
inson ahloqi esa yahshi va yomon xulq-odatlarning kurashuvidan iborat deb 
tushuntiriladi. Cheksiz abadiy fazo va vaqt ham ikki qarama-qarshi qismdan-
yahshilik va Ahura Mazda hukmron bo’lgan abadiy yorug’lik, hamda yomonlik va 
Anhra Maynu homiysida bo’lgan abadiy qorong’ulik, zulmatdan tashkil topadi 
deyiladi.
Shunday qilib, Zardushtiylikning asosiy g’oyalarida-dunyodagi hamma tartibotlar 
yahshilik va yomonlik, yorug’lik va qorong’ulik, hayot va mamot o’rtasidagi 


kurashga bog’liq deb qaraladi. Bu dinda ta’kidlanishicha, Ahura Mazda 
tarafdorlaiga o’lgandan so’ng jannat, abadiy rohat-farog’at ato etiladi. Anhro 
Maynu tarafdorlari esa do’zahga mahkum qilinib, har hil azoblarga duchor bo’ladi. 
Oxirat kuni Tangri O’zining qayta tiriltirgan bandalarini so’roq qilib, ularga bu 
dunyoda qilgan yahshi yoki yomon amallari uchun tegishli ajrini beradi.
Zardushtiylikda tabiatga, yerga, suvga, butun jonzotlarga, daraxtu -o’simliklarga 
mehr bilan qarash targ’ib qilinadi. Olamning dastlabki bosh unsurlari - yer, suv, 
havo, olov ulug’lanadi. Ayniqsa, olovga gunohlardan tozalovchi sehrli kuch deb 
qaraladi. Ibodatxonalarida esa mangu olov yonib turgan. Shuning uchun ham bu 
dinni “otashparastlik dini”, muxlislarini esa “otashparastlar”, “majusiylar” deb ham 
ataydilar. Zardushtiylikni butkul otashparastlik deb atash, bizningcha, noto’g’ri. 
Bunday qarash zardushtiylikdek qadimiy, murakkab dinning yaxshilik va 
yomonlik o’rtasidagi kurash haqidagi falsafiy mazmuni qolib, uni faqat o’tga 
sig’inish marosimlaridangina iboratdek qilib qo’yadi va shu jihatlari e’tiborni jalb 
qilib, asosiy maqsaddan chalg’itadi. Chunonchi, otashparastlik, ya’ni o’tga 
sig’inish boshqa davrlarda, boshqa xalqlarning ham e’tiqodlari bo’lgan. Olovni 
muqaddas deb bilish hozirda ham yahudiylik, nasroniylikning ba’zi urf-odatlarida 
saqlanib qolgan.
Bu dinda murdani yerga ko’mish yoki kuydirish ta’qiqlanadi. Murda maxsus joyga 
qo’yilgandan keyin, etini qushlar yeb ketadi, tozalangan suyaklar esa maxsus 
quduqqa sochib yuboriladi.
Zardusht diniy marosim va bayramlarni ham joriy qildi. Qadimgi Eron va unga 
qo’shni bo’lgan xalqlarning marosimlarini o’sha davr ehtiyojlariga, yangi din 
qoidalariga moslashtirdi. O’shanda Parvardigori olam - Ahura Mazda uchun bir 
kunda 3 marta namoz o’qish odati bo’lib, kunning sahar, peshin, nomozshom 
vaqtlarida amalga oshirilar edi. Zardusht o’zining diniga e’tiqod qo’yganlardan bir 
kunda 5 mahal namoz o’qishni talab qildi. Namoz o’qishdan oldin yuz, qo’l, 
oyoqlardagi changlar yuvilib, poklanish shart edi. Zardushtiylik dinida yetti 
bayram nishonlangan, ular Axura Mazdaga bag’ishlanar edi. Shunday 
bayramlardan eng kattasi Navro’z edi. Zardushtiylarga xos 5 vaqt namoz va yetti 
bayram, umuman, uning ta’limoti, tariqati, ma’rifati, aqidalari katta kuch bo’lib, 
ming yillar davomida, yashash va odamlarga ilohiy ta’sir o’kazish vositasi bo’lib 
keldi.
Ba’zi olimlar hozirgacha zardushtiylikni ko’pxudolik yoki ikki xudolik dini deb 
keladilar. Bu masalaga tadqiqotchi olim, falsafa fanlari doktori, professor Ibrohim 
Karimov o’zining “Ma’naviyat, falsafa va hayot ” kitobida bildirgan fikrlari aniqlik 
kiritadi. “Hozirgi va kelajak avlod mustaqil, teran fikrlay oladigan ijodkor, zukko 
odamlar qadimdan shu diyorlarimizda ham bo’lganini, ularning sa’y-harakatlari 
bilan jahon madaniy taraqqiyoti rivojlanganini aniq va ravshan bilishlari lozim. Bu 
o’rinda gapni jahon xalqlariga yakkaxudolikka asoslangan birinchi kitobiy din 
bergan ulug’ vatandoshimiz Zardusht Spitoma faoliyatiga, u asos slogan 
zardushtiylik diniga va uning tarixiy taqdiriga burmoqchiman,” - deb yozadi 
Ibrohim Karimov.
“Zardusht miloddan ancha avvalgi davrlarda yashab o’tgan, shu hozirgi O’rta 
Osiyo hududida faoliyat ko’rsatgan ilohiyotchi, faylasuf, shoir va tabiatshunos 


olim bo’lib, ko’pxudolik diniy tasavvurlariga, tabiat hodisalariga, jumladan, olovga 
sig’inish e’tiqodlariga qarshi chiqib, yakkaxudolikka asoslangan birinchi kitobiy 
din – Avestoni yaratgan va zardushtiylik dinining payg’ambari sifatida e’tirof 
etilgan tarixiy shaxsdir”, - deb ta’kidlaydi olim.
Axuramazdaning rasmiy tus olishiga qadar uning Zardusht orqali vahiy qilingan 
ilohiy xabarlari Turon va Eron zamini xalqlari orasida asrlar davomida turli diniy 
marosimlar, duolar, madhlar, sura va oyatlar sifatida yig’ila boshlagan. Bular 
Zardushtning o’limidan keyin muqaddas kitobga to’plangan va bu kitob Avestodeb 
atalgan (o’rnatilgan, qat’iy qilib belgilangan qonun-qoidalar).
Avesto haqidagi buyuk olim Abu Rayhon Beruniyning “O’tmish xalqlardan qolgan 
yodgorliklar” nomli asarida yozib qoldirilgan. Jumladan, bu asardagi quyidagi 
fikrlar diqqatga sazovordir: “Podshoh Doro ibn Doro xazinasidagi 12 ming 
qoramol terisiga tillo matn bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar 
(A.Makedonskiy) otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o’ldirgan 
vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun Avestoning beshdan uchi yo’qolib 
ketdi”. Binobarin, Avesto Makedonskiyning Osiyoga qilgan harbiy yurishlariga 
qadar mavjud edi. AvestoMakedonskiyning hukmronligi tugagach, miloddan 
avvalgi 250-yilda arshohiylar davrida qayta tiklana boshlangan va yangi matnlar 
bilan to’ldirilgan. Milodning III asrida esa sosoniylar podshosi Shopur I davrida 
kitob holatiga keltirilgan. “Avesto”ning tiklangan kitoblaridan 3 tasi asl tilida, 
bittasi esa pahlaviy tilida tiklangan.
O’lkaning arab bosqinchilari tomonidan istilo etilishi va Islom dininig tarqalishi 
natijasida zardushtiylik dini, uning muqaddas kitobi Avesto qattiq ta’qibga 
olingan. Natijada Eron zardushtiylaridan bir qismi sharqiy o’lkalarga, xususan, 
Hindistonga ko’chib ketib jon saqlaganlar. Ularning avlodlari hozirgi kunda 
Hindistonning Bombay va Gujarot viloyatlarida zardushtiylikni saqlab kelayotirlar. 
Ular forslar (ba’zi adabiyotlarda parslar) deb ataladi. Ular nafaqat zardushtiylikni, 
ayni paytda uning muqaddas kitobi Avestoto’la saqlanmagan. Uning 21 kitobidan 
diniy marosimlar uchun eng zarur deb hisoblangan, odatda, asosan, diniy 
jamoalarda yod olinadigan qismlarigina saqlangan, xolos.
Biz yuqorida Avestoning tiklangan kitoblari haqidagi qayd etib o’tgan edik. Bu 
tiklangan (4 ta kitob) kitoblarning birinchisi “Vadovdot” (Devlarga qarshi qonun) 
deb ataladi. U 22 bob bo’lib, asosan Zardusht bilan Axuramazdaning savol-
javoblari va muloqotlaridan iborat. Ikkinchi kitob “Yosin” deb ataladi va uning 
mazmuni asosan Zardushtning xatlari (nomalari) tashkil etadi. U 72 ta “Ha”, ya’ni 
bashoratlardan iboratdir. Birinchi bashoratda tabiat va halolliklar hukmdori, 
hamma narsani biladigan va narsaga qodir Axuramazdaning vahiylari haqligini 
iymon keltirishga doir duolar mavjuddir.
Avestoning uchinchi kitobi “Visporat” deb nomlangan. U 24 bobdan iborat bo’lib, 
olamni bilishga doir pand-nasihatlardan iboratdir. Uni ibodat namozlari yig’indisi 
ham deyishadi. U ayni paytda “Yosin”ga qo’shimcha hisoblanadi.
To’rtinchi kitob “Bundahash” deb atalib, u qadimiy eron tilida-pahlaviy tilida-
yozilgan. U xudoni zolim kuchlarga qarshi kurashda ulug’lovchi o’ziga xos 
qadimiy qo’shiqlardan iborat, qo’shiqlari 22 tadir.


Avesto haqidagi eng muhim manba IX asrga oid “Denkard” (Din amallari)” 
asaridir. Unda “Avesto”ning 21 kitobi to’la ta’riflab berilgan. Bu ta’riflar: savobli 
ishlar yo’riqnomasi; diniy marosimlar va rasm-rusumlar qoidasi; zardushtiylik 
ta’limoti asoslari; dunyoning Axuramazda tomonidan yaratilishi;oxirat kuni va 
undagi hisob-kitob; falakiyot; ijtimoiy-huquqiy qonun-qoidalar; Zardushtning 
tug’ilishi va bolaligi; haq yo’lini tutish; jamiyat a’zolarining haq-huquqlari; devlar, 
jinlar kabi yovuz kuchlarga qarshi o’qiladigan duolar, amallar va boshqalardan 
iboratdir.
Zardushtiylik dini haqidagi ingliz olimi Dj. Buger, fransuz olimi A. Dyupperon 
juda qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. Masalan, A.Dyupperon 1755 - yilda 
Hindistonga ilmiy safar qilib, u yerdagi zardushtiylar orasida 3 yil yashagan, 
ularning ibodatlari, urf-odatlarini yaxshi o’rgangan va “Avesto”ni fransuz tiliga 
tarjima qilgan. 3 jildlik tarjima 1771 - yilda nashr etilgan. Ayni paytda shuni ham 
ta’kidlash joizki, olimlarimizning fikricha, Avesto G’arbiy Yevropa, Eron va 
Hindiston tillari orqali bizga yetib kelgani uchun undagi nomlar, terminlar 
aksariyat hollarda asliga to’g’ri kelmaydi. “Avesto”dagi turkona jihatlar kam 
qolgan.

Download 150.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling