2-mavzu: odam irsiyatining moddiy asoslari


Jinsiy hujayralarni hosil bo‘linishi


Download 1.81 Mb.
bet3/8
Sana18.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1586099
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
52476 2-mavzu.ODAM IRSIYATINING MODDIY ASOSLARI

3.Jinsiy hujayralarni hosil bo‘linishi
Odamda jinsiy hujayralar – gametalar rivojlanishini – gametogenez deyiladi. Qanday jinsiy hujayra rivojlanishiga qarab gametogenez- spermatogenez (spermotozoidning rivojlanishi)va ovogenez ga (tuxum hujayraning rivojlanishi) bo‘linadi. Jinsiy hujayralarni qushilishi natijasida zigota hosil bo’ladi.(12-rasm)11

12-rasm.Spermatogenez va ovogenez jarayoni

Spermatogenez. Xomilaning generativ to‘qimalari hosil bo‘lgandan so‘ng boshlanadi. Bola balog‘atga yetgach qaytadan davom etadi. Spermatogenez shartli ravishda 4 bosqichga bo‘linadi. Bular, ko‘payish, o‘sish, yetilish va shakllanish bosqichlaridir.


Ko‘payish bosqichida xromosomalari diploid to‘plamga ega bo‘lgan boshlang‘ich hujayralar mitoz usulda bo‘linib, ko‘payadilar va natijada spermatogoniylarni hosil qiladilar.
O‘sish bosqichida diploid to‘rtlamli interfaza holatdagi hujayralar o‘sib kattalashadi va xromosomalar soni ikki martaga ko‘payadi. Bularni birinchi tartibli spermatotsit hujayralar deb ataladi. So‘ngra ular meyozning I profaza bo‘linishiga o‘tadilar.
Yetilish bosqichida hujayralar meyoz usulda ko‘payadilar. Meyozning reduksion bo‘linish davrida bitta birinchi tartibli spermatotsitdan ikkita ikkinchi tartibli spermatotsitlar hosil bo‘ladi. Meyozning ekvatsion bo‘linish davrida esa ikkita ikkinchi tartibli spermatotsitlardan to‘rtta spermatidlar rivojlanadi. Spermatidlarning hammasida 22 tadan autosomalar, ikkitasida bittadan X jinsiy xromosoma, ikkitasida bittadan U jinsiy xromosoma bo‘ladi.
Shakllanish bosqichida hujayralar va xromosomalar miqdori o‘zgarmaydi. Bu bosqichda 4 spermatidlarning hujayra tuzilishida morfologik jihatdan o‘zgarishlar – dum shakllanishi ro‘y berib - spermatozoidlar rivojlanadi. Erkak jinsiy hujayralari alohida-alohida bo‘lmay, ular sitoplazmatik ko‘priklar orqali birlashib guruh-guruh holatda bo‘ladi.
Sitoplazmatik ko‘prik orqali birlashish spermatogoniylar, spermatatsitlar va spermatidlarda bo‘lib shakllanish bosqichida spermatozoidlar ana shu ko‘priklardan halos bo‘ladilar. Odamlarda bir kunda spermatazoidlar 108miqdorgacha ajralishi mumkin12.
Ovogenez. Ayollarda jinsiy hujayralar – gametalarning hosil bo‘lishi ovogenez deyiladi. Ularda jinsiy hujayralar tuxumdonda rivojlanadi. Spermatogenezdan farq qilib ovogenezda uch bosqich – ko‘payish, o‘sish, yetilish kuzatiladi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling