2-mavzu: odam irsiyatining moddiy asoslari


Hujayraning meyoz bo’linishi


Download 1.81 Mb.
bet7/8
Sana18.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1586099
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
52476 2-mavzu.ODAM IRSIYATINING MODDIY ASOSLARI

6.Hujayraning meyoz bo’linishi
Meyoz jinsiy yo‘l bilan ko‘payadigan organizmlarda uchraydi. Meyoz bo‘linishda xromosomalari diploid to‘plamga ega hujayralardan gaploid to‘plamli xromosomalari bor gametalar rivojlanadilar. Meyoz gametogenez – jinsiy hujayralarning rivojlanish jarayonida kuzatiladi. Meyoz ketma-ket keladigan ikki: reduksion va ekvatsion bo‘linishdan tashkil topadi.
Ularning har ikkisida ham profaza, metafaza, anafaza, telofazalar mavjud. Shu sababli reduksion va ekvatsion bo‘linish fazalarini farqlantirish maqsadida reduksion bo‘linish fazalari oldiga I rim raqami, ekvatsion fazalari oldiga esa II raqami yoziladi.
Meyoz xuddi mitoz singari interfazadan boshlanadi. Meyoz bo‘linishning I profazasi ayniqsa juda muhim sanaladi. Chunki u uzoq muddatli murakkab jarayonlarni qamrab oladi. I profazada ikkita xromotiddan iborat bo‘lgan xromosomalar har biri spirallasha boshlaydi, yo‘g‘onlashadi va kattalashadi.

16 - rasm.Meyozning asosiy bosqichlari
So‘ngra bolagaot va onadan o‘tgan har bir juft xromosomalar uchlari bilan bir-birlariga yaqinlashadilar, keyin uzunasiga yopishib yonma-yon joylashadilar. Shunday holatni xromosomalar tetradasi deb nomlanadi. Gomologik juftli xromosomalarning o‘zaro uzunasiga yopishishini konyugatsiya hodisasi deyiladi. Ba’zi vaqtlarda konyugatsiyalashgan xromosomalar bir-biri bilan o‘z xromatidlarining o‘xshash qismlari bilan almashinadilar. Bu hodisa 16-rasmda aniq ko‘rsatilgan.
Gomologik juft xromosomalarning ayrim qismlari bilan o‘zaro almashinuvi xromosomalar chalkashuvi yoki krossingover hodisasi deb ataladi. Krossingover hodisasi genlarning, ularning ta’sirida rivojlanadigan belgilarning birikkan holda irsiylanishida va duragaylar avlodida yo ota yoki ona belgilarinigina emas, balki ularning ayrim belgilarini o‘zida mujassamlashtirgan organizmlar rivojlanadilar.
I profazada krossingoverdan tashqari mitozning profazasiga o‘xshash yadro qobig‘i parcha-lanadi, yadrochalar yo‘qoladi, sentriolalar ikki qutbga yo‘naladilar. I metafazada xromosomalar juft-juft holatda hujayraning markaziy qismga to‘planadilar.
I anafaza esa juft-juft xromosomalar o‘z sentromeralarini saqlagan holda ikki qutb tomon harakatlanadilar.
I telofazada xromosomalar soni ikki marta kamaygan holda bo‘ladilar.
Masalan, I profazada krossingoverdan oldin odam hujayrasi 46 juft xromatidlar bo‘lgani holda, I telofazada ikki marta kam 23 juft bo‘ladi.
Meyozning reduksion bo‘linishidan so‘ng interkinez kuzatiladi. Interkinezda DNK molekulasi xromosomalari ikki marotaba ko‘payishi ro‘y bermaydi.
Meyozning ekvatsion bo‘linishi reduksion bo‘linishiga nisbatan tez bo‘ladi.
II profazada xromosomalar hosil bo‘ladi, yadro qobig‘i parchalanadi, yadrochalar yo‘qoladi, sentriolalar ikki qutb tomon yo‘naladilar.
II metofazada juft-juft xromosomalar hujayra markaziga to‘planadilar.
II anafaza esa xromosomalar juftligini ta’minlagan sentriolalar ikkiga bo‘linishi tufayli xromosomalar juft holatdan yakka holatga o‘tadilar va ularga birlashgan mikronaychalarning qisqarishi natijasida ikki qutb tomon xarakatlanadilar.
Yagona ona hujayraning reduksion bo‘linishi oqibatida hosil bo‘lgan ikkita qiz hujayraning har biri ekvatsion bo‘linish natijasida ikkiga ajraladi. Ularning har birida gaploid to‘plamli xromosomalar bo‘ladi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling