2-Mavzu: O'simliklarda suv almashinuvi fiziologiyasi reja
Download 74.85 Kb.
|
2-mavzu (2)
Go'zaning suv rejimi. Ma'lumki paxta mamlakatimiz iqtisodiyotining asosini tashkil qiladi. Shuning uchun ham g'o'zaning suv rejimini o'rganishga anchagina ilmiy izlanishlar bag'ishlangan. Masalan X.S. Samevning (1979) ma'lumotlariga qaraganda g'uzaning suv rejimida unga berilayotgan o'g'itlarning ahamiyati juda kattadir. Xususan azotli-fosforli o'g'itlar g'o'za barglari suvlilik darajasiga ta'sir qilib, hujayralarda bog'langan suv miqdorini, jumladan osmotik va kalloid bog'langan suv miqdorini oshiradi. Buning natijasida barglarning transpirasiyaga qarshi suvni ushlab qolish xususiyati kuchayadi.
Go'zaga fosforli o'g'itlarni ko'p miqdorda berish uning suv rejimiga muqobil ta'sir ko'rsatadi, ayniqsa suv etishmagan sharoitda o'simliklarning o'sishi va rivojlanishiga oxir oqibatda ularning hosildorligiga yaxshi ta'sir ko'rsatadi. Azotli o'g'itlarni g'o'zani oziqlantirish uchun besh muddatda, ya'ni ekish bilan birga, o'sish va rivojlanishning 4-5 haqiqiy barglar, shonalash, gullashdan oldin va yoppasiga gullash fazalarida berib, oxirgi oziqlantirishni birmuncha ilgari surib gullashdan oldin tugallash uning barglarida erkin suv miqdorining kamayib, bog'langan suv miqdorining esa oshishiga olib keladi. Bu holat tuproqning past namligida ham g'o'za so'ligunicha davom etadi. Shuning uchun ham yuqoridagi sharoitlarda o'stirilgan g'o'za o'simligi qurg'oqchilikni nisbatan kamroq zararlanib o'tkazadi. Go'zani azotli o'g'itlar bilan gullash fazasidan so'ngi davrda oziqlantirish esa erkin suvning bog'langan suvga nisbatining oshishiga olib keladi. Umuman bir dona g'o'za o'simligining normal o'sib-rivojlanib mo`ljaldagi hosilni berishi uchun 232 kg suv talab qilinadi. Go'za ildizlari orqali, suvning eng ko'p surilishi, tuproq namligi uning to'la namligidan 70% bo'lganda kuzatiladi. Buning natijasida erkin suv miqdori oshib bog'langan suv miqdori kamayadi. Shuningdek ushbu holda barglarning suv so'rishi va ushlab turishi qobiliyati pasayadi hamda hujayralarning so'rish kuchi, shirasining kontsentratsiyasi va osmotik bosimi pasayadi. Transpirasiyaning miqdori esa ortadi. Go'zaning suv bilan ta'minlanish darajasi birinchi navbatda eng muhim fiziologik jarayonlarga, ya'ni fotosintez va nafas olish jarayonlariga ta'sir qiladi. Masalan muqobil darajada o'z vaqtida suv bilan ta'minlangan g'o'za o'simliklarida fotosintez jadalligi oshadi, nafas olish intensivligi esa pasayadi. Go'zaga suv yetishmagan sharoitda nafas olish jadalligi ortadi, chunki bunda hujayralardagi gidrolitik jarayonlar kuchayib bog'langan suv miqdori ortadi va bu o'z navbatida o'simlikning suv taqchilligiga nisbatan chidamliligini birmuncha oshiradi. Go'zaning yoppasiga gullash va ko'sak tugish fazasida, tuproq namligi 70% atrofida bo'lganda uning barglariga 0,02% li xlorxolinxlorid eritmasini sepish transpirasiya jadalligini pasaytirib o'simliklar tomonidan suvning birmuncha muqobil sarflanishiga olib keladi. Ushbu o'simliklarda suv almashinuvi qismida bayon etilganlardan kelib chiqib qo'yidagilarni aytish mumkin. O'simlik og'irligining 70-95% suvning hissasiga to'g'ri keladi. Suvning hujayraga kirishi hujayraning tarkibiy qismiga bog'liq bo'lgan, vakuola shirasi va turgor bosimi (gidrostatik bosim ) hamda osmotik bosim ko'rsatkichlaridan kelib chiquvchi so’rish kuchining kattaligiga (suv potentsialiga ΨH2O ) bog'liqdir. Ildiz hujayralariga osmotik yutilgan suv ildizda apoplast hamda simplast bo'yicha radial harakatlanib ksilema to'qimalarigacha borib etadi. Ksilema to'qimalari bo'ylab suvning tashiluvi ildiz bosimi (pastki harakatlantiruvchi kuch) va transpiratsiya (yuqorigi harakatlantiruvchi kuch) natijasida yuzaga chiqadi. Ksilema to'qimalari bo'ylab suvning yuqoriga harakatlantiruvchi kuchning asosini suvning tuproqdan yutilishidan to uning atmosfera havosiga bo'g'langunicha davom etuvchi suv potentsiallarining gradienti tashkil qiladi. O'simlik ildizlariga yutilgan suvning ko'p qismi transpiratsiya natijasida bo'g'lanib ketadi va faqatgina uning 0,2% hujayralarning turgori, metabolizmi va floema to'qimalari bo'ylab organik moddalarni tashiluvida ishtirok etadi. Hujayralarda suv etishmasligi hujayra metabolizmiga, o'simlikdagi barcha fiziologik jarayonlarga ta'sir qilib hosildorlik kamayishiga olib keladi. Download 74.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling