2-mavzu: O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi va boshqa kredit muassasalari Reja
Download 190.12 Kb.
|
2-mavzu O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi va boshqa kredit m
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bankning hozirgi zamon vazifalari
Bankning vazifalari
Ko‘pchilikning tasavvurida bankning iqtisodiyotda tutgan o‘rni faqatgina omonatlarga mablag‘larni jalb qilish va kreditlar berishdan iboratdir. Lekin zamonaviy banklar o‘zlarining raqobatbardoshligini saqlash va ja’miyatning talablarini qondirish maqsadida yangi vazifalarni ham bajarishni o‘rganishi lozim. Bugungi kunda bu vazifalar quyidagilardan iborat Bankning hozirgi zamon vazifalari
Bank o‘z faoliyati jarayonida quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisob varaqalarini ochish va yuritish hamda hisob varaqlar bo‘yicha hisob-kitob qilish; omonatlarni jalb qilish; o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan o‘z nomidan kreditlar berish; chet el valyutasini naqd pul va naqd bo‘lmagan pul shakllarida yuridik hamda jismoniy shaxslardan sotib olish, sotish va ayirboshlash; pul mablag‘lari veksellar, to‘lov va hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish; uchinchi shaxs nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish; uchinchi shaxs nomidan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish; qimmatli qog’ozlarni chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobni yuritish va saqlash, ularni boshqarish va boshqa operatsiyalarni bajarish; davlat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash; kichik va o‘rta tadbirkorlikni kredit bilan ta’minlash; trast xizmatlari - ishonch qog‘ozlar orqali mijozlar aktivlarini boshqarish; faktoring xizmatlarni amalga oshirish; moliyaviy lizingni bajarish; iste’mol kreditini berish; moliyaviy maslahat va axborot xizmatlarini bajarish; naqd pul mablag‘larini boshqarish; yuqori tavakkalchilikka ega kreditlar berish; sug‘urta xizmatlarini sotish; qimmatliklar bilan bo‘ladigan operatsiyalarda brokerlik xizmatlarini amalga oshirish; investitsiya va boshqa xizmatlarni ado etish. Barcha zamonaviy banklar muomalaga pul chiqaradilar va kredit beradilar, ya’ni qarz oluvchining qarzini qaytarib berishi to‘g‘risida majburiyatini oladilar. Bu qanday amalga oshiriladi? Hozirgi vaqtda barcha yirik rivojlangan davlatlarda tovarlar va xizmatlar uchun olinadigan haq asosan chek ko‘rinishida bo‘ladi. CHek hujjatlarining ikki turi mavjud: Birinchisi, mijozga kredit berilganda, u oddiy vekselga imzo chekadi va o‘z o‘rnida bank unga talab qilib olinguncha depozit hisob varag‘ini ochadi. Qarzdorning oddiy vekseli pul hisoblanmaydi, undan tovarlar va xizmatlar uchun to‘lov sifatida foydalanish mumkin emas. Lekin bankning depoziti pul hisoblanib, undan mijoz xohlagan vaqtda xohlagancha sarf qilishi mumkin. SHunday qilib, bank qarz berib, o‘z mijoziga depozit ochib, muomalaga pul chiqaradi va mijoz undan erkin foydalana oladi. Ikkinchidan, bank tizimidagi barcha banklar mijozlarga kreditlar berib, pul ishlaydilar. Bu kreditlar boshqa banklarga depozit mablag‘ bo‘lib tushadi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bank jalb qilgan depozitlarini kafolatlash uchun zaxiralar fondini tashkil qiladi. SHunday qilib, har bir jalb qilingan depozit qo‘yilmasi zaxiralar hajmining ortib borishini ta’minlaydi va bu mablag‘lar kredit sifatida ishlatilishi mumkin. Kreditlar boshqa banklarga depozit ko‘rinishida oqib o‘tadi va yangi kreditlar berish imkoniyati yuzaga keladi. Oxir oqibatda, banklarning kredit berish vazifasiga asosan, ularning depozit hisob varaqalarida turgan pul mablag‘lari mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Banklarning pul ishlash qobiliyatiga ega ekanligi ular faoliyatining davlat tomonidan tartibga solib turilishining asosiy sababidir. Banklarning o‘zaro kredit olishlaridan maqsad o‘z mablag‘larini to‘ldirish, ular hisobidan ortiqcha kreditlar berish hamda qo‘shimcha daromad olishdan iboratdir. Banklarning ana shu pul ishlash qobiliyati ularning davlat tomonidan qattiq nazorat qilinishining asosiy sababidir. Banklar faoliyatidagi xizmat turlarining ortib borishi va kengayishi yaqin kelajakda ularning hozirgi banklarga qaraganda butunlay o‘zgarib ketishiga olib kelishi mumkin. Bu o‘zgarishlarning sodir bo‘lishiga quyidagilar ta’sir ko‘rsatmoqda: Xizmat turlari va ularning sifatlariga bo‘lgan talabning ortishi. Ba’zi bir zamonaviy banklar sug‘urta kompaniyalari faoliyatida ishtirok etish, sug‘urta savdosida brokerlik qilish, loyihalarni investitsiyalash, qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalarda brokerlik qilish, moliyaviy rejalashtirish, soliq tizimiga, xususiy shaxslarga maslahatlar xizmatini taklif qilmoqdalar. Raqobatning o‘sishi. Banklar va bankdan boshqa moliya institutlari xizmat turlarini kengaytirishi natijasida ular o‘rtasidagi raqobat kuchayadi. Bu raqobat kelajakda banklarning xizmat turlarini yanada kengaytirilishiga olib keladi. Texnologiya sohasidagi o‘zgarishlar, ya’ni to‘lovlarning yangi integratsiyalashgan vositalarini yuqori sur’atlar bilan shakllantiradigan bank operatsiyalarini kompyuterlashtirishning texnologik inqilobi. Banklarning xizmat ko‘rsatish doirasi va uning hududiy jihatdan kengayishi. Bankrotlik (inqiroz) xavfining ortishi va depozitlarning, sug‘urta tizimining kuchsizlanishi, o‘sib borayotgan raqobat banklarning sinishiga olib keladi, bu esa sarmoyalar bozorida va investitsiyalar sohasida yangi sharoitlarni vujudga keltiradi. Mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi uchun banklar samarali faoliyat ko‘rsatishlari lozim. CHunki, ular davlat korxonalarini moliyaviy jihatdan qo‘llab- quvvatlaydilar, xususiy shaxslarni moliyalashtiradilar va davlatning pul-kredit siyosatini amalga oshishini ta’minlaydi. Bu o‘rinda, banklarning samarali faoliyat ko‘rsatishlarida bank boshqaruvchilarining tutgan o‘rni juda katta ekanligini esdan chiqarmaslik lozim. Bank boshqaruvchilari quyidagi fazilatlarga ega bo‘lishi kerak: professionalizm, ishga ijodiy yondoshish, qat’iylik, o'ziga ishonch va ishga fidoyilik; yangicha fikrlash, topqirlik, tashabbuskorlik va g‘oyalarni hayotga tatbiq eta olish qobiliyati; odamlarga ruhiy ta’sir ko‘rsata olish salohiyati; chiqishimli bo‘lish va yutuqni hisob qilish; hissiyotga berilmaslik va ruhiy zarbalarga chidash; ochiq ko‘ngillilik, tadbirkorlik va yuz berayotgan o‘zgarishlarga oson moslashish; vaziyatni boshqara olish va korporativ tuzilmalarda shaxsga xos g‘ayrat-shijoat ko‘rsatish; o‘zini-o‘zi o‘stirishga va o‘zini safarbar etishga ichki ehtiyoj sezish; serg‘ayrat va bardoshli bo‘lish; o‘zini muvaffaqiyatli himoya qilishga moyillik va samarali hujumga o‘ta olish; o‘z ishi va qabul qilingan qarorlari uchun mas’uliyatni his qilish; jamoada va jamoa bilan ishlashga o‘zida ehtiyoj sezish. Download 190.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling