2-mavzu: Pedagogika fanining ilmiy izlanish metodologiyasi va metodlari reja: reja


Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intelliktual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o’rganadi


Download 12.76 Kb.
bet2/5
Sana01.11.2023
Hajmi12.76 Kb.
#1737680
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-мавзу Pedagogika fan sifatida (1)

Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intelliktual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o’rganadi.

Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi – boshlang’ich sinflar o’quvchilarini tarbiyalash, ta’lim berish, ularning o’ziga xos psixologik, fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, ularni intelliktual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy kamolotga yetkazish masalalarini o’rganadi.

Korreksion (maxsus) pedagogika – rivojlanishida turli psixologik va fiziologik nuqsonlari bo’lgan bolalarni tarbiyalash va o’qitish bilan bog’liq muammolarni o’rganadi. Korreksion pedagogika tarkibiga turli sohalar kiradi. Ya’ni:

KORREKSION PEDAGOGIKA


Surdopedagogika va surdopsixologiya–eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.
Oligofrenopedagogika va oligofrenopsixologiya – aqli zaif bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.
Tiflopedagogika va tiflopsixologiya – ko’rish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.
Logopediya va nutqiy buzilishlar psixologiyasi – nutqi, motorli-harakatlanish doirasida murakkab nuqsonlar bo’lgan bolalar (ko’r, soqov va kar bolalar)ni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.

PEDAGOGIK TIZIM

  • 6. Metodika-xususiy fanlarni o’qitish xususiyatlarni o’rganadi.
  • 7.Pedagogik mahorat –bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o’rganadi.
  • 8. Pedagogik texnologiya – ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo’llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o’rganadi.
  • 9. Ijtimoiy pedagogika –shaxsni ijtimoylashtirish jarayoniga salbiy ta’sir etuvchi omillarni, ularni bartaraf etish yo’llarini, ijtimoiy yordamga muhtoj shxslar toifalariga ko’rsatiladigan ijtimoiy-pedagogik mohiyatini, turlari , shakl , metod va vositalarini o’rganadi.
  • 10. Kasbiy pedagogika –ta’lim oluvchilarga muayyan kasb yoki hunar yo’nalishida maxsus bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko’nikma hamda malakalarni shakllantirish, kasbiy faoliyatni malakali tashkil etish, kasbiy mahoratni takomillashtirish masalalarini o’rganadi.
  • 11.Ta’lim menejmenti –ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga quyish, boshqarish , nazorat qilish, istiqbolni belgilash masalalarini o’rganadi.
  • 12.Qiyosiy pedagogika –turli xalqlarning shaxsni tarbiyalashga oid pedagogik qarashlari, ta’lim-tarbiya tizimi, pedagogik ta’limotlarning mohiyati, shuningdek, jahon ta’limiga xos bo’lgan samarali shakl, metod vosita va innovatsion yondashuvlarni qiyosiy-genetik jihatdan o’rganadi.
  • 13. Konfliktologiya –ta’lim jarayonida yuzaga keladigan pedagogik muammolar, ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi o’rtasida yuzaga kelgan ziddiyatlar mohiyati, ularni samaralibartaraf etish yo’llarini o’rganadi.

Download 12.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling