o‘ qituvchilar;
o‘quv qo‘llanmalar: kitoblar, doskalar, xaritalar, filmlar, laboratoriyalar va boshqalar;
o‘quv jarayoni uchun zarur bo‘lgan bino;
texnologiya - ta’ limda foydalaniladigan barcha metod va usullar;
bilimlarni baholash va nazorat qilish: qabul qilish, baholash, imtihonlar, tayyorgarlik sifati qoidalari;
bilimlarni oshirish va tizimni takomillashtirshi uchun tadqiqot ishlari;
ta’lim samaradorligi ko‘rsatkichlari xarajatlari.
Professor I.P.Rachenko ta’lim tizimidagi tarkibiy qism(komponent)larni quyidagicha strukturalashtiradi:
tizim faoliyatini aniqlashtiruvchi maqsad va vazifalar;
ta’lim va tarbiya mazmuni maqsad va vazifalarining amalga oshishini ta’minlovchi pedagogik kadrlar;
tizimning ilmiy asosda ishlashini tashkil etuvchi ilmiy kadrlar;
ta’limoluvchilar(ta’limoluvchilar);
moddiy-texnik ta’ minot;
tizim va uning samaradorligi ko‘rsatkichlarining moliyaviy ta’minoti;
shart-sharoit(psixofiziologik, sanitar-gigienik, estetik va ijtimoiy);
tashkil etish va boshqarish.
Yaxlit pedagogik jarayonning qonuniyatlari, tamoyillari va bosqichlari. Pedagogik jarayon qonuniyatlari - bu obyektiv mavjud bo‘lgan, takrorlanadigan, barqaror hodisalar orasidagi ma’lum aloqadorlik, mazkur jarayonning alohida tomoni.
Pedagogik jarayon qonuniyatlari - bu ob’yektiv mavjud bo‘lgan, takrorlanadigan, barqaror hodisalar orasidagi ma’lum aloqadorliklar yig‘indisi.
Pedagogik taraqqiyot sifatidagi bu qadar murakkab, katta va dinamik tizimda ko‘plab turli tavsifiy aloqalar namoyon bo‘ladi.
Zamonaviy pedagogikada pedagogik jarayon qonuniyatlarning yagona tasnifi mavjud emas. Shu sababli quyida mavjud tasniflardan ba’zilarini ko‘rib o‘tamiz.
I.P.Podlasiy tasnifi bo‘yicha:
-Tarbiya va ijtimoiy tizimlarning aloqadorligi: aniq tarixiy sharoitlardagi tarbiya xarakteri jamiyatning ehtiyojlari, iqtisodiy, milliy-madaniy o‘ziga xosliklari bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |