2-MAVZU: PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISHI TO‘G‘RISIDAGI FAN. ILMIY-PEDAGOGIK TADQIQOTLAR METODOLOGIYASI VA METODLARI. YAXLIT PEDAGOGIK JARAYON. Katta o’qituvchi: Tashmetova SH.X Reja: - 1.Pedagogika fanining predmeti va uning asosiy tushunchalari.
- 2.Pedagogika fanining paydo boʻlishi va rivojlanishi.
- 3.Pedagogik fanlar tizimi. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
- 4. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlarning metodologiyasi va tadqiqot usullari.
- 5. Yaxlit pedagogik jarayon tushunchasi va uning tuzilishi.
- 6. Yaxlit pedagogik jarayonning qonuniyatlari, tamoyillari va bosqichlari.
- 7. “Individ” va “shaxs” tushunchasi.
- 8. Shaxs rivojlanishining ijtimoiylashuv bilan aloqadorligi.
- 9. Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit va tarbiyaning tutgan oʻrni.
- 10. Shaxs rivojlanishining yosh va psixologik xususiyatlari.
Tayanch so‘zlar: pedagogika, maqsad, vazifa, ob’yekt, predmet, kategoriya, pedagogikaning sohalari, pegagika fani metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot metodlari jarayon, pedagogik jarayon, pedagogik tizim, yaxlit yondashuv, komponent, yaxlit pedagogik jarayon, qonuniyat, tamoyil, pedagogik antropologiya, individ, shaxs, individuallik, o‘sish, rivojlanish, ijtimoiylashuv, irsiyat, muhit, tarbiya, yosh davrlari.
Pedagogika fanining predmeti va uning asosiy tushunchalari. Pedagogika (yunoncha paidagogike bo‘lib, paida – “bola” va gogike – “yetaklayman”) ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g‘oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi.
Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos “o‘rgatuvchi”, didasko “o‘rganuvchi”) ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, qonun va qonuniyatlari, tamoyillari, o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyati, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari kabi masalalarni tadqiq etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |