Pedagogika fanlari tizimi.
Shaxs kamolotini ta’minlash, uning intellektual, ma’naviy-axloqiy hamda jismoniy
jihatdan rivojlanishiga
erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning o‘ziga xos
jihatlari, shuningdek,
bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish
maqsadga muvofiqdir. Yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi
pedagogik fanlar tomonidan o‘rganiladi.
Ko‘rsatib o‘tilgan ushbu fanlar qanday pedagogik masalalarni o‘rganadi?
Pedagogika nazariyasi – ta’lim
yoshidagi bolalar, o‘smirlar va o‘spirinlarni
tarbiyalash va ularga ta’lim berish masalalarini o‘rganadi.
Pedagogika tarixi – ta’lim-tarbiyaga oid pedagogik fikrlarning rivojlanish,
taraqqiy
etish tarixini, shaxsni o‘qitish va uni tarbiyalashning tarixiy shakllarini,
shuningdek, asrlar davomida pedagogik jarayonda qo‘llanilib
kelingan metod va
vositalarni o‘rganadi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni
tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va
jismoniy jihatdan kamolotga
yetkazish masalalarini o‘rganadi.
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi – boshlang‘ich sinflar o`quvchilarini
tarbiyalash, ta’lim berish, ularning o‘ziga xos psixologik, fiziologik xususiyatlarini
tadqiq etish, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy kamolotga yetkazish
masalalarini o‘rganadi.
Korreksion (maxsus) pedagogika – rivojlanishida turli psixologik va
fiziologik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni tarbiyalash va o‘qitish bilan bog‘liq
muammolarni o‘rganadi. Korreksion pedagogika tarkibiga turli sohalar kiradi.
YA’ni:
Surdopedagogika va surdopsixologiya – eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni
rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalash masalalarini o‘rganadi.
Oligofrenopedagogika va oligofrenopsixologiya –
aqli zaif bolalarni
rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalash masalalarini o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: