2-mavzu: Qadimgi turkiy obidalarning topilishi, o‘qilishi. Qadimgi turkiy yozuvlar. Reja
Download 340.97 Kb.
|
2-maruza TT 2-kurs kunduzgi
Qadimgi turk xati shu qadar keng yoyilgan ediki, yozuvning ilk o‘choqlari qayerlarda bo‘lgan, degan savol tug‘iladi. Bu masalada yozuv, asosan, ko‘k turk xoqonliklari davrida Yenisey va Urxun atroflarida yoyilib, taraqqiy etgan deb qarash kifoya emas. Bir yog‘i Sibir, Oltoy o‘lkalaridan Markaziy Mo‘g‘ulistonu Sharqiy Turkistonga qadar, ikkinchi yog‘i Afg‘onistondan tortib Kaspiy tevaragi bo‘ylab Sharqiy Ovro‘pagacha bo‘lgan ulkan hududdan topilgan va topilayotgan turkiy bitiglar ilk o‘rta asrlarda ushbu tuproqlarda yozuv madaniyatining g‘oyat ravnaq topganidan dalolat bermoqda. Muhimi shundaki, mazkur yodgorliklarning xat shakli xilma-xil. Ularni paleografik jihatdan bir guruhga biriktirib bo‘lmaydi. Har qaysi hududda amal qilgan yozuv paleografik jihatdan o‘ziga xos; ayrim belgilari, ba’zi imlo xususiyatlari bilan ham farqlanib turadi. Jumladan, urxun bitiglarida qo‘llangan belgilar soni yenisey va talas bitiglaridagi belgilar bilan barobar emas. Matnlarda bir-biridan farq qiluvchi belgilar bor, ayrim harflarning shaklida ham o‘zgarish ro‘y bergan. Yoki O‘rta Osiyo tuproqlarida yozuvning o‘ziga xos ko‘rinishi amal qilgan. Yozuvning bu xususiyati ba’zi olimlarni turk runiy bitiglari bir necha alifboda bitilgan degan o‘y-xayolga ham olib kelmoqda. I.L. Kizlasovning fikricha, ushbu bitiglarda sakkiz xil alifbo amal qilgan. Urxun-yenisey yodgorliklari o‘zaro yaqin bo‘lgan ikki xil alifbo – urxun va yenisey xatida. Talas bitiglari esa ularga o‘zakdosh uchinchi alifboda bitilgan (Kызласов 1994, 33)8.O‘rxun yozuviUshbu yozuv oromiy alifbolari, aniqrog‘i, sug‘d xatining negizida paydo bo‘lgan. Sug‘d xatining takomillashgan shakli mazkur alifboning shakllanuvida asos bo‘lib xizmat qilgan; unga ayrim o‘zgartishlar kiritish, yangi belgilar orttirish yo‘li bilan yozuv turkiy tilga moslashtirilgan. Yozuvning bu bosqichi formulasi quyidagicha: belgi+nom+belgining talqini+so‘z-tushuncha. Bu ham yozuvning paydo bo‘lishi va taraqqiyotidagi muhim g‘oya bo‘la oladi. Download 340.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling