2-mavzu: Qadimgi turkiy obidalarning topilishi, o‘qilishi. Qadimgi turkiy yozuvlar. Reja
Download 340.97 Kb.
|
2-maruza TT 2-kurs kunduzgi
KO‘K TURK YOZUVIQadimgi turkiy bitiglarda Birinchi va Ikkinchi turk xoqonliqlari davrida (VI–VIII yuzyilliklar) yashagan turkiy xalqlar “ko‘k turk” (kök türk) deb atalgan. Bu atamadagi “ko‘k” sifati “rang” (ko‘k, zangori rang) ma’nosida emas, u “ildiz, asl, tub” ma’nosida. Bitiglardagi otidan kelib chiqib, hozirgi zamon turkshunosligida qadimgi turk davlatlarini “ko‘k turk xoqonliqlari”, ular qo‘llagan yozuvni “ko‘k turk alifbosi” deb atalmoqda. Ko‘k turk yozuvi turklarning eng eski, taxminlarga ko‘ra meloddan burungi davrlarda ota-bobolari tomonidan yaratilgan o‘z yozuvlari edi. Ko‘k turk yozuvining ildizlari va yuzaga kelgan davri to‘g‘risida tugal bir to‘xtamga kelingan emas. Turkshunoslikda bu masalada qator, hatto bir -biriga qarama-qarshi fikrlar bildirilgan. Ayrim olimlar uning asoslarini qadimgi turkiy tamg‘alar (urug‘-qabila belgilari)ga bog‘laganlar. Ularning fikricha, ko‘k turk xati ayni tamg‘alar negizida yuzaga kelgan. Boshqa bir qarashga ko‘ra, ushbu yozuv oromiy alifbolari, aniqrog‘i, sug‘d xatining negizida hosil bo‘lgan. Sug‘diyning takomillashgan shakli mazkur alifboning shakllanishida asos bo‘lib xizmat qilgan; unga ayrim o‘zgartishlar kiritish, yangi belgilar orttirish yo‘li bilan yozuv turkiy tilga moslashtirilgan. Bu madaniy jarayon ko‘k turk xoqonliqlari davrida, taxminan, VI yuz yilliklarda yuz bergan. Yozuvning genezisi masalasida yana bir fikr diqqatga molik. Unga ko‘ra, ushbu alifbo turkiy muhitda kashf etilgan, shuning uchun unda turkiyning fonetik-fonologik xususiyatlari yaxshi inobatga olingan. Shuning bilan birga, u oromiy, sug‘d, pahlaviy yozuvlarining kuchli ta’sirida bo‘lgan (Васильев 1983,5–9).Paleografik kuzatuvlar, qadimiy yozuvlarni o‘zaro qiyoslash olimlarni yana bir fikrga olib kelmoqda. A.Amanjolovning fikricha, ushbu yozuvning tarixi meloddan oldingi I ming yilliklarga tutashadi. Uning old Osiyo yozuvlariga o‘zakdosh bo‘lgan qadimgi yunon va somiy-finikiy yozuvlari bilan ayrim jihatdan bog‘liqligi bor (Aманжолов 1978, 76-87; 2003, 289-300).Download 340.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling