2-mavzu: Qadimgi turkiy obidalarning topilishi, o‘qilishi. Qadimgi turkiy yozuvlar. Reja


Download 340.97 Kb.
bet18/20
Sana05.04.2023
Hajmi340.97 Kb.
#1275221
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
2-maruza TT 2-kurs kunduzgi

SIG‘NAQ XATI
Abushqa” lug‘atida ushbu yozuv to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Lug‘at tuzuvchisi sïğnaq so‘zini izohlar ekan, u muayyan yozuvning oti ekanligi, Zahiriddin Muhammad Bobur o‘z g‘azallaridan birida uni tilga olganligini ta’kidlaydi va g‘azalning o‘sha baytini misol keltiradi:
Sïğnaq – bir nav’ xatdur, Čïğatayda xatt-i bāburi va ğayri kibi-ke, Bābur Mirzā aš’ārïnda kelьr. Bayt:
Xublar xattп nasibïŋ bolmasa, Bābur, ne taŋ,
Bāburо xatп emдsdьr, xat-i sïğnaqïmudur (DDT.278).
Sïğnaq atamasi, chamasi, o‘rta asrlar Sirdaryo bo‘yidagi turk madaniy markazlaridan biri bo‘lgan shahar otiga bog‘lanadi. Ana shu o‘lkada qo‘llanilgan yozuv shunday atalgan bo‘lishi mumkin. Sig‘naq xatining namunalari hozircha ma’lum emas. Ehtimol, u qadimgi turkiy yozuvlardan biridir. Dalillar aniqlangunga qadar bu masala ochiq qoladi.
XATT-I BOBURIY
Ushbu yozuv Zahiriddin Muhammad Boburning tilshunos sifatidagi ulug‘ kashfiyotidir. Bu xatning muayyan doirada amal qilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Lekin bu yozuvda bitilgan matnlardan bizgacha yetib kelmagan yoki, bor bo‘lsa ham, fanga ma’lum emas.
Muhammad Tohir ibn Qosimning 1645 yili Balxda Said Nodir Muhammadxon topshirig‘i bilan yozilgan “Ajoib at-tabaqot” asarida xatt-i boburiy bilan bog‘liq muhim bir fakt bor (Aзимджанова 1963). O‘zbekiston FA Sharqshunoslik instituti fondida 409- hamda 411- raqamlari ostida asarning qo‘lyozmalari saqlanmoqda. Kitob yetti bo‘limdan iborat. Ularda olamning yaratilishi, payg‘ambarlar, yer va koinotning holati, ba’zi ajoyib ishlar, g‘aroyib ilmlar haqida so‘z boradi. 409-raqamli qo‘lyozmaning 241a–242b- sahifalarida Dar ta’ayyuni xutut az anvāi o (“Xatlar va uning turlarini bilish haqida”) sarlavhasi ostida muayyan tartibda o‘n to‘rtta alifbo keltirilgan. Alifbolarning boshida ularning oti ham yozib qo‘yilgan. Shulardan o‘ninchi alifbo xatt-i boburiydir. Uning boshlanishiga Xatt-i bāburо inast deb yozilgan. Shundan so‘ng xatt-i boburiyning 28 harfi keltirilib, har biri arabcha harflar bilan izohlab chiqilgan. Alifbodagi harflar sirasi quyidagicha (o‘ngdan chapga – faqat arabcha harflarni keltiramiz):
ع غ ف ق ک ل م ن و ه ﻻ ي ظ ط ه ض ص ش س ذ د خ ح ج ث ت ب ا
411-raqamli qo‘lyozmada ham xatt-i boburiy alifbosi bor (u qo‘lyozmaning 67b- betida). Biroq, ushbu qo‘lyozmada jami o‘nta alifbo namunasi beriladi. Xatt-i boburiy ularning o‘ninchisidir. Muhimi ushbu alifboda 29 harf keltiriladi. Ular ham arabcha harflar bilan izohlab chiqilgan.
Mazkur alifboda yuqoridagi alifbo harflari qatoriga ر va ز harflari ham qo‘shilgan. Bu alifbodagi harflar ketma-ketligi quyidagicha:
ي ﻻ ه و ن م ل ک ق ف غ ع ظ ط ض ص ش س ز ر ذ د خ ح ج ث ت ب ا
Ba’zi olimlar Zahiriddin Bobur o‘z yozuvini uyg‘ur xati negizida tuzgan, deb qaramoqdalar. Lekin, yuqorida keltirilgan alifbolar bu fikrni tasdiqlamaydi. Bizningcha, muallif xatt-i boburiyni boshqa biror alifbo asosida tuzgan bo‘lishi kerak.
LOTIN YOZUVI
Turkshunoslikda Codex Cumanikus deya atalgan asar 1303 yili italyan va nemis missionerlari tomonidan lotin alifbosida yozilgan. U lotincha-forscha-qipchoqcha (kumancha) lug‘at, qisqa grammatika, nasihat va duo parchalaridan tuzilgan. Undagi turkiy (qipchoqcha) matnlar ham lotin xatidadir.

Download 340.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling